Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, uning tarmoqlar, hududlarni va mamlakat iqtisodiyoti sohalarini rivojlantirishdagi muvofiqlashtiruvchi rolini oshirish, axborot-tahlil ishlarini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muhim komplekslar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari boʻyicha quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi Apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Oldingi tahrirga qarang.
Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti.
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-sonli qarori bilan yangi tahrirdagi beshinchi-oltinchi xatboshilarga almashtirildi — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari apparatlarining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-tahlil departamentlari tuzilmasi va ularning xodimlari soni 5, 8, 9-ilovalarga* muvofiq;
* 5, 8, 9-ilovalar berilmaydi.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi funksional boʻlimlari tuzilmasi va ularning xodimlari soni 11-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 11-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda tasdiqlangan tuzilmalar va xodimlarning soniga muvofiq Axborot-tahlil departamentlari shakllantirilishini taʼminlasin, ularni yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin;
ikki oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan har bir Axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi funksional boʻlimlari xodimlari shtat jadvalini xodimlarning 11-ilovaga muvofiq tasdiqlangan soniga muvofiq qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Vazirlar Mahkamasi Apparatining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
4. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V. Abduqodirov) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-oktabr,
475-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 224-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 494-modda; 2005-y., 30-31-son, 224-modda, 32-33-son, 248-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 40-son, 396-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda, 44-son, 442-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda, 39-son, 394-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda,36-son, 412-modda)