Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.06.2018 yildagi 417-son
Кучга кириш санаси
05.06.2018
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik, idoralar va oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxslar abituriyent sifatida hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasalarida kirish imtihonlari oʻtkaziladigan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻqiydigan bino va auditoriyalarda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2018-yil 2-iyun, 417-son Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga ILOVA Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining (keyingi oʻrinlarda qoʻshimcha kvota deb ataladi) oliy taʼlim muassasalari kesimidagi taqsimoti tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan shakllantirilib, har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qabul qilinganidan soʻng ikki hafta muddatda Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) taqdim etiladi. Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha kvotalarning oliy taʼlim muassasalari kesimidagi taqsimoti ikki hafta muddatda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. (2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son) 3. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha kvota asosida oʻqishga qabul qilish toifasiga umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti yoxud boshlangʻich professional taʼlim kasb-hunar maktabini tugatganligi haqidagi hujjatga hamda I va II guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan shakldagi maʼlumotnomaga ega I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek nogironligi boʻlgan bolalar kiradi. (3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son) 4. Oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. 5. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha kvota asosida oʻqishga qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ajratilgan qoʻshimcha kvotalar asosida qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan mazkur taʼlim yoʻnalishida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi. 7. Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bobi hamda Oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-15-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi. (7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son) 8. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 2-bob. Hujjatlarni qabul qilish va oʻrganish 9. Qabul jarayonida oliy taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda Sogʻliqni saqlash vazirligi deb ataladi) hududiy boshqarmasi vakillaridan iborat tarkibda oliy taʼlim muassasasida nogironligi boʻlgan shaxslardan hujjatlar qabul qilish komissiyasi tashkil etiladi. Nogironligi boʻlgan shaxslardan hujjatlar qabul qilish komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston nogironlar jamiyati vakili ham kiritilishi mumkin. Quyidagilar nogironligi boʻlgan shaxslardan hujjatlarni qabul qilish komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilanadi: nogironligi boʻlgan shaxslar bilan kasbga yoʻnaltirish boʻyicha suhbatlar oʻtkazish; nogironligi boʻlgan shaxslardan ariza va hujjatlarni qabul qilish. 10. Abituriyent oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasiga taqdim etishi lozim boʻlgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda nogironligi boʻlgan shaxslar nogironlikni tasdiqlovchi hujjatning aslini shaxsan (yoki ishonchli vakili tomonidan) koʻrsatgan holda, nusxasini taqdim etishi talab etiladi. 11. Barcha abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) abituriyentlar bazasiga kiritiladi. 12. Davlat test markazi har yili 16-iyulga qadar nogironligi boʻlgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻrganib chiqish uchun taqdim etadi. Oʻrganish natijalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har yili 20-iyulga qadar Davlat test markaziga maʼlum qilinadi. Oʻrganish natijalariga koʻra nogironligi tasdiqlanmagan shaxslar oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)ga qoʻyilmaydi. 3-bob. Kirish imtihonlarini topshirish 13. Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartiblarga muvofiq topshiriladi. Kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam boʻlmagan ball toʻplagan nogironligi boʻlgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar 14. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilishni tashkil etish SXEMASI (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/417/1311-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son) |
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан Об утверждении Положения о порядке приема лиц с инвалидностью в высшие образовательные учреждения на обучение по дополнительным квотам на основе государственного гранта В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 1 декабря 2017 года № УП-5270 «О мерах по кардинальному совершенствованию системы государственной поддержки лиц с инвалидностью» Кабинет Министров постановляет: 1. Утвердить Положение о порядке приема лиц с инвалидностью в высшие образовательные учреждения на обучение по дополнительным квотам на основе государственного гранта согласно приложению. 2. Министерствам, ведомствам, имеющим в ведении высшие образовательные учреждения, и высшим образовательным учреждениям совместно с Министерством здравоохранения Республики Узбекистан принять меры по созданию необходимых условий в аудиториях и зданиях, в которых будут проводиться вступительные экзамены и обучение лиц с инвалидностью. 3. Министерству высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в месячный срок привести принятые ими нормативно-правовые акты в соответствие с настоящим постановлением. 4. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан А.А. Абдухакимова и министра высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан И.У. Маджидова. Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ г. Ташкент, 2 июня 2018 г., № 417 ПРИЛОЖЕНИЕ к постановлению Кабинета Министров от 2 июня 2018 года № 417 ПОЛОЖЕНИЕ о порядке приема лиц с инвалидностью в высшие образовательные учреждения на обучение по дополнительным квотам на основе государственного гранта Глава 1. Общие положения 1. Настоящее Положение определяет порядок приёма лиц с инвалидностью в высшие образовательные учреждения на обучение по дополнительным квотам на основе государственного гранта. 2. Распределение дополнительной двухпроцентной квоты государственного гранта для лиц с инвалидностью по отношению к общему количеству приема абитуриентов в высшие образовательные учреждения (далее — дополнительная квота) в разрезе высших образовательных учреждений формируется министерствами и ведомствами, имеющими в своей системе высшие образовательные учреждения, в двухнедельный срок предоставляется в Государственную комиссию по координации процессов приема на учебу в государственные высшие образовательные учреждения (далее — Государственная комиссия) после принятия ежегодного соответствующего постановления Президента Республики Узбекистан о приеме в высшие образовательные учреждения. Дополнительная квота для лиц с инвалидностью по отношению к общему количеству приема абитуриентов в высшие образовательные учреждения в разрезе высших образовательных учреждений утверждается Государственной комиссией в двухнедельный срок. (пункт 2 в редакции постановления Президента Республики Узбекистан от 15 июня 2022 года № ПП-279 — Национальная база данных законодательства, 16.06.2022 г., № 07/22/279/0530) 3. К категории лиц с инвалидностью, принимаемых на обучение по дополнительным квотам в высшие образовательные учреждения, относятся лица с инвалидностью I и II группы, а также дети с инвалидностью, имеющие документ об окончании средней общеобразовательной (на базе 11-го класса) или средней специальной образовательной организации либо профессиональной школы начального профессионального образования, а также имеющие справку об инвалидности I и II группы, выданную в установленном порядке. 4. Приёмная комиссия высшего образовательного учреждения обеспечивает создание для лиц с инвалидностью всех необходимых условий в зданиях и аудиториях, где будут проводиться вступительные экзамены. 5. Приём в высшие образовательные учреждения лиц с инвалидностью на дополнительную квоту осуществляется по результатам вступительных экзаменов (тестовых испытаний, профессиональных (творческих) экзаменов). 6. Абитуриенты, не принятые по дополнительным квотам, выделенным лицам с инвалидностью, с набранными баллами участвуют в конкурсе по данному направлению образования на общих основаниях. 7. Абитуриенты с нарушением зрения принимаются в организации высшего образования в соответствии с порядком, установленным главой 8 Положения о порядке приема на обучение в бакалавриат организаций высшего образования и пунктами 14-15 Положения о порядке приема на обучение в магистратуру организаций высшего образования, утвержденных постановлением Кабинета Министров от 13 сентября 2025 года № 578. 8. Организация приёма на обучение в бакалавриат высших образовательных учреждений Республики Узбекистан лиц с инвалидностью по дополнительным квотам на основе государственного гранта осуществляется в соответствии со схемой согласно приложению к настоящему Положению. Глава 2. Приём и изучение документов 9. В период приёма образуется комиссия по приёму документов лиц с инвалидностью в составе представителей высшего образовательного учреждения и территориального управления Министерства здравоохранения Республики Узбекистан (далее — Министерство здравоохранения). В состав комиссии по приёму документов лиц с инвалидностью могут включаться также представители Общества инвалидов Узбекистана. Основными задачами комиссии по приёму документов лиц с инвалидностью являются: проведение собеседований по профессиональной ориентации лиц с инвалидностью; приём заявлений и документов лиц с инвалидностью. 10. В дополнение к документам, сдаваемым в приёмную комиссию высшего образовательного учреждения, требуется предоставление непосредственно абитуриентом (или его доверенным лицом) копии документа, подтверждающего инвалидность абитуриента (при этом необходимо предоставление также оригинала данного документа) 11. Вся информация об абитуриентах вносится в базу данных абитуриентов Государственного центра тестирования при Кабинете Министров Республики Узбекистан (далее — Государственный центр тестирования). 12. Ежегодно до 16 июля Государственный центр тестирования предоставляет для изучения в Министерство здравоохранения информацию об абитуриентах с инвалидностью. Ежегодно до 20 июля Министерством здравоохранения результаты проведенного изучения предоставляются в Государственный центр тестирования. Лица, по итогам изучения не получившие подтверждения инвалидности, не допускаются к вступительным экзаменам (тестовым испытаниям, профессиональным (творческим) экзаменам) для приема по дополнительной двухпроцентной квоте на основе государственного гранта в высшие образовательные учреждения. Глава 3. Сдача вступительных экзаменов 13. Лицами с инвалидностью вступительные экзамены (тестовые испытания, профессиональные (творческие) экзамены) сдаются в соответствии с порядками, установленными для приема в бакалавриат высших образовательных учреждений. Лица с инвалидностью, набравшие на вступительных экзаменах не менее 30 процентов максимально возможного балла, рекомендуются к зачислению в строгом соответствии с набранными баллами в рамках дополнительной двухпроцентной квоты на основе государственного гранта. Глава 4. Заключительные положения 14. Споры, возникающие при применении настоящего Положения, разрешаются в порядке, установленном законодательством. 15. Лица, виновные в нарушении требований настоящего Положения, несут ответственность в порядке, установленном законодательством. ПРИЛОЖЕНИЕ к Положению о порядке приема лиц с инвалидностью в высшие образовательные учреждения на обучение по дополнительным квотам на основе государственного гранта СХЕМА организации приёма на обучение в бакалавриат высших образовательных учреждений Республики Узбекистан лиц с инвалидностью по дополнительным квотам на основе государственного гранта (Национальная база данных законодательства, 05.06.2018 г., № 09/18/417/1311; 16.06.2022 г., № 07/22/279/0530) |