02.06.2018 yildagi 417-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.02.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik, idoralar va oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxslar abituriyent sifatida hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasalarida kirish imtihonlari oʻtkaziladigan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻqiydigan bino va auditoriyalarda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining (keyingi oʻrinlarda qoʻshimcha kvota deb ataladi) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimoti oliy taʼlim muassasalari tomonidan shakllantirilib, boʻysunuviga koʻra vazirlik va idoralar orqali har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qabul qilinganidan soʻng ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha kvotalarning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taqsimoti ikki hafta muddatda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha kvota asosida oʻqishga qabul qilish toifasiga umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti yoxud boshlangʻich professional taʼlim kasb-hunar maktabini tugatganligi haqidagi hujjatga hamda I va II guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan shakldagi maʼlumotnomaga ega I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek nogironligi boʻlgan bolalar kiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha kvota asosida oʻqishga qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ajratilgan qoʻshimcha kvotalar asosida qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan mazkur taʼlim yoʻnalishida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovada belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish va oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qabul jarayonida oliy taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda Sogʻliqni saqlash vazirligi deb ataladi) hududiy boshqarmasi vakillaridan iborat tarkibda oliy taʼlim muassasasida nogironligi boʻlgan shaxslardan hujjatlar qabul qilish komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslardan hujjatlar qabul qilish komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston nogironlar jamiyati vakili ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar nogironligi boʻlgan shaxslardan hujjatlarni qabul qilish komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar bilan kasbga yoʻnaltirish boʻyicha suhbatlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslardan ariza va hujjatlarni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Abituriyent oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasiga taqdim etishi lozim boʻlgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda nogironligi boʻlgan shaxslar nogironlikni tasdiqlovchi hujjatning aslini shaxsan (yoki ishonchli vakili tomonidan) koʻrsatgan holda, nusxasini taqdim etishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Barcha abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) abituriyentlar bazasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat test markazi har yili 16-iyulga qadar nogironligi boʻlgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻrganib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har yili 20-iyulga qadar Davlat test markaziga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra nogironligi tasdiqlanmagan shaxslar oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)ga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kirish imtihonlarini topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartiblarga muvofiq topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlarida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam boʻlmagan ball toʻplagan nogironligi boʻlgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/417/1311-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)