01.06.2018 yildagi PQ-3764-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada baholash faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza shakllantirilgan, baholash xizmatlari bozorini rivojlantirish, amalga oshiriladigan baholash ishlarining natijalari va xolisligi uchun javobgarlikni oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida malaka sertifikatiga ega mingga yaqin baholovchilar mehnat qiluvchi ikki yuzdan ortiq baholovchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bir qator muammo va kamchiliklar professional baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishga hamda baholovchi tashkilotlarga boʻlgan ishonchni oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish funksiyasini xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvi organi zimmasiga yuklash oqibatida baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, baholovchi tashkilotlar kapitalining eng kam miqdoriga boʻlgan yuqori talablarning mavjudligi professional mutaxassislarning baholash xizmatlari bozoriga kirishini cheklamoqda, buning oqibatida baholash ishlari sifati ularga, ayniqsa, biznesni baholash hamda bank va sugʻurta faoliyatida ortib borayotgan talablarga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, baholovchilar malakasi va kasbiy mahoratining qoniqarsiz darajadaligi, shuningdek, turli obyektlar qiymatini baholashning alohida shartlarini hamda ularning yutuqlarini ragʻbatlantirishni hisobga olmaydigan baholovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samarasizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, baholashga yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni taʼminlamaydigan, tez oʻzgarib borayotgan bozorning zamonaviy shartlariga javob bermaydigan, ularning xalqaro standartlar bilan yetarlicha uygʻunlashmagan mulkni baholash milliy standartlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, jamoat birlashmalarining baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, baholash haqidagi hisobotlar sifatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda faolligining yetarli emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, baholovchilarning professionallik darajasi va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) baholash faoliyatini litsenziyalash va baholash tashkilotlari ustav kapitali (ustav jamgʻarmasi)ning eng kam miqdoriga boʻlgan talabni bekor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) baholovchi tashkilotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazida (keyingi oʻrinlarda — Markaz) akkreditatsiya qilish tartib-taomillarini joriy qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Davlat raqobat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchining malaka sertifikatini berish funksiyasini — Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markaziga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek, amaldagi mulkni baholash standartlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish funksiyasini — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat raqobat qoʻmitasi bir hafta muddatda ilgari berilgan baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning malaka sertifikatlari boʻyicha materiallarni Markazga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2018-yil 1-iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus kurslar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi tomonidan baholovchilarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalari amal qilish muddati 2019-yil 1-yanvardan tugatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazida har yili malaka oshirish kurslarini oʻtagan taqdirda baholovchilarning ilgari berilgan malaka sertifikatlari amal qilish muddati tugaguniga qadar ularni qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, baholovchi tashkilotning javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda sugʻurtalovchining sugʻurta qoplamasi toʻlovini amalga oshirishi yuzasidan majburiyati boʻyicha sugʻurta puli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchar mulkni baholash uchun, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno — eng kam ish haqining 2 000 baravaridan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan mustasno — eng kam ish haqining 2 500 baravaridan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun — eng kam ish haqining 3 000 baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Baholovchilarga toifa berishning sertifikatlangan baholovchilar, ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni oʻz ichiga oluvchi tizimi amaliyotga joriy etilsin hamda baholovchilarga quyidagi asosiy talablar oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam boʻlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash boʻyicha kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash boʻyicha kamida 25 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifa — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi besh yildan kam boʻlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash boʻyicha kamida 35 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda Baholovchilarga toifalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot ustav kapitali (ustav jamgʻarmasi)ning kamida 51 foizi mazkur baholovchi tashkilotning bitta yoki bir nechta shtatdagi baholovchisiga tegishli boʻlishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi boʻlishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan boʻlsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning, agar bu baholash natijasining ishonchliligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, baholovchining faoliyatiga aralashuviga, jumladan, baholash obyektini baholashda aniqlanishi yoki taʼriflanishi lozim boʻlgan masalalar doirasini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi obyektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni oʻtkazishda ishtirok eta olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan baholash tashkilotiga maʼlumot berishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektini baholashni oʻtkazganligi uchun baholovchiga toʻlanadigan haq miqdori baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdoriga bogʻliq boʻla olmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat birinchi yoki oliy toifa baholovchilar jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Affillangan shaxs boʻlgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish taqiqlansin, bunday shaxslar deb quyidagilar tan olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sugʻurtalovchisi, baholovchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori, ishchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega boʻlgan yoki mazkur bandda koʻrsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot kuzatuv kengashining aʼzosi, direktor yoki boshqaruv aʼzosi vakolatlarini amalga oshiradigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav jamgʻarmasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, davlat mulkini, shuningdek, davlat tomonidan sotib olinadigan obyektlarni baholash uchun baholovchi tashkilotni tanlash davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari buyurtmalari asosida baholash obyektini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlari qiymatini aniqlash va xizmatga haq toʻlash tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Baholovchi tashkilotlarga koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki toʻlovsiz xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Baholovchilar jamiyatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatini uslubiy taʼminlash boʻyicha maslahatlar berishni amalga oshiradigan jamoat ekspert kengashini tuzish, shuningdek, ularning murojaatlari asosida baholash haqida hisobotlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tarzda hamkorlik qilish, tahliliy sharhlardan umumiy foydalanish va axborot bilan almashinish yoʻli bilan barcha baholovchilar va baholash tashkilotlari (ayniqsa, mintaqalarda), davlat idoralari bilan samarali oʻzaro hamkorligini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan baholash xizmatlarining sifatini asosiy mezon sifatida nazarda tutgan holda baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatining reyting baholash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilar va bozorning boshqa ishtirokchilarini ishonchli maʼlumotlar bilan ishlashini taʼminlaydigan bozor axborotini yigʻish va tahlil qilish boʻyicha yagona uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy asosda seminarlar, oʻquv kurslari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, anjumanlar oʻtkazish, davlat idoralariga kiritish uchun baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni keng muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda 2016 — 2018-yillarda davlat mulkini baholash boʻyicha tuzilgan kontraktlarni hamda amalga oshirilgan baholash natijalarini tanqidiy oʻrgansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda baholash xizmatlari bozorining malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyojini hisobga olsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi baholovchilari jamiyati va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi mulkni baholash milliy standartlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish, ularni zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, yetishmaydigan mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, eskirganlarining kuchini yoʻqotish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda baholash faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi yangilangan nizom tasdiqlash, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3764-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2018-y., 07/18/3764/1292-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)