Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-may,
384-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning “V” boʻlimi 1.1-bandidan “hamda transport vositalari uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar koʻrsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 12-apreldagi 64-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 15-son, 127-modda) 4-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira jamgʻarmasi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi MCHJ “JV Man Auto — Uzbekistan” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 7-avgustdagi 224-son qarorining rus tilidagi matnida 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“OOO “JV MAN Auto-Uzbekistan” ot uplati naloga na pribil yuridicheskix lits, naloga na dobavlennuyu stoimost, a takje obyazatelnix platejey v Respublikanskiy dorojniy fond pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 73-pozitsiyasi “Faoliyat turining nomi” ustunidan “(xom sut, sabzavotlar, mevalar, asal, teri va moʻyna)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2019-y., 09/19/951/4073-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-maydagi 170-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Toshkent shahri shahar budjetining” soʻzlaridan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2024-y., 09/24/480/0580-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-bandining ikkinchi xatboshidan “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 09/19/404/3135-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyundagi 400-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 109-modda) 13-bandining ikkinchi xatboshidan “hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) moliya boʻlimlari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-bandining uchinchi xatboshidagi “inventarizatsiya” soʻzi “kadastr” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarorining 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomning 22, 24 — 27, 30 — 32-bandlari, shuningdek, qarorga 4-ilova.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son, 15.05.2019-y., 09/19/404/3135-son, 26.11.2019-y., 09/19/951/4073-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 06.08.2024-y., 09/24/480/0580-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)