Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.08.2022 19.05.2018 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.08.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish va davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq tadbirlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasida alohida ochiladigan maxsus hisobvaraqda jamlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foizidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi. Bunda, mazkur subsidiya ushbu bandining uchinchi xatboshidagi subsidiyaga qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil davomida maxsus hisobvaraq tashkil etilgunga qadar tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar maxsus hisobvaraqda jamlangan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 378-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda maxsus hisobvaraq deb ataladi) mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan ustuvor ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida shakllantirilgan tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarini moliyalashtirish maqsadida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus hisob varaq mablagʻlaridan zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida shakllantirilgan tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilmagan tadbirkorlik subyektlarining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ham foydalanilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus hisob varaq mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) ijro etuvchi direksiyasi hamda tijorat banklari oʻrtasida 3 yillik imtiyozli davr bilan kamida 15 yil muddatga foizsiz mablagʻ ajratish toʻgʻrisida bosh kelishuv imzolanadi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab pul mablagʻlarni taqdim etish va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratishning yangi tartibi belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus hisobvaraqdan tijorat bankiga mablagʻ ajratish boʻyicha bosh kelishuvda bank ushbu mablagʻlardan tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomda nazarda tutilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida kredit berish uchun foydalanishi qatʼiy belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga kredit uchun ajratiladigan mablagʻlar kredit ajratish muddatiga qarab, tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklari kredit ajratish boʻyicha buyurtmalarni bosh kelishuvga asosan Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga asosan 3 bank ish kunida kredit ajratish uchun ushbu mablagʻlarni tijorat banklarining tegishli balans hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 2019-yil 31-dekabrgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga yillik 1 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlashning yangi tartibi joriy etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklari maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan berilgan imtiyozli kreditlar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan belgilangan tartibda Jamgʻarmaga hisobot topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraq mablagʻlarini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus hisobvaraq mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma bilan birgalikda doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraqdan jalb etilgan mablagʻlarni qaytarish, tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan grafik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit mablagʻlari oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda jalb etilgan mablagʻlar tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini boshqarish Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus hisobvaraq tushumi va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar boʻyicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus hisobvaraq mablagʻlarining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi, mazkur Nizom va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, maxsus hisobvaraq budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus hisobvaraq mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 378-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar (keyingi oʻrinlarda subsidiyalar deb ataladi) ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Subsidiyalar nodavlat taʼlim muassasalariga har oyda taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan har bir bola uchun (9 va 10,5 soatlik ish rejimidagi) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatlar summasining quyidagi miqdorlarida ajratiladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — 30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahri hamda viloyat markazlarida — 40 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan hududlarda — 50 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiyalarni hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiyalar miqdorini belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasi bir yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xarajatlar smetalari roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng ularga ajratilgan mablagʻlar miqdorini umumiy bolalar soniga boʻlgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflanadigan xarajatlar summasini hisoblashda “Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar”, “elektr energiya va tabiiy gaz xarajatlarining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlanmagan 50 foizli qismi”, ixtisoslashtirilgan va sanatoriya tipidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlar va ularda qatnovchi bolalar soni hisobga olinmaydi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yil davomida qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari oʻzgargan hollarda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasi miqdori tegishli qismi boʻyicha qayta koʻrib chiqiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Subsidiyalar tegishli moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari parametrlarida taʼlim sohasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda moliya organlari deb ataladi) tomonidan rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiyalarni ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taʼlim tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan davlat-xususiy sherikchilik toʻgʻrisida kelishuv imzolagandan soʻng, subsidiyalar ajratish uchun joylashgan hududidan kelib chiqib, moliya organlariga ariza bilan murojaat qiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, tijorat bankidagi hisob raqamlar rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisida imzolangan kelishuv nusxasi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotining quvvati, faoliyatining boshlanish sanasi va ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya organi taʼlim tashkilotining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, besh ish kuni mobaynida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va taʼlim tashkilotini subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotiga subsidiyalar ajratish moliya organi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruqda subsidiyani ajratish davri koʻrsatiladi.
(10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya organi tomonidan taʼlim tashkilotiga subsidiya ajratish taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasida subsidiyalarni ajratish toʻgʻrisida tuzilgan bitimda koʻrsatilgan muddat davomida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moliya organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan yuritiladigan tegishli reyestrga kiritilmaganligi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti davlat-xususiy sherikchiligi toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan ijtimoiy majburiyatlarning bajarilmasligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining tavsiyasiga koʻra subsidiya ajratilishini rad etishga haqlidir.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim tashkiloti tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimlariga har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda taʼlim tashkilotiga haqiqatda qatnagan bolalar soni toʻgʻrisida maʼlumotni hamda taʼlim tashkilotida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan toʻlangan toʻlov hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyalar olish uchun 2-ilovaga muvofiq buyurtmanomani tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan kelishilgan holda taqdim etadi. Bunda, hisobotga oyning kamida yarmida qatnagan tarbiyalanuvchilar soni kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomaga asosan haqiqatda qatnagan tarbiyalanuvchilar soni mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq aniqlangan summaga koʻpaytiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari hududdagi taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarni umumlashtirib, subsidiyalarni ajratish uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining reyestrini tuzadi va hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun va yuqori turuvchi moliya organiga maʼlumot uchun taqdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalarning 50 foizgacha boʻlgan miqdori taʼlim tashkilotining soʻroviga koʻra oldindan toʻlov shaklida joriy oyning 10-sanasiga qadar, qolgan qismi keyingi oyning 10-sanasigacha ajratilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Gʻaznachilik boʻlinmasi ikki ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli taʼlim tashkilotining tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Belgilangan muddatda subsidiya olish uchun buyurtmanoma taqdim etmagan taʼlim tashkilotiga kechikkan oyi uchun subsidiya ajratilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) moliya boʻlimiga subsidiyani ajratish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning asosliligi va toʻgʻriligiga taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javob beradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim tashkiloti tomonidan subsidiya olish uchun tuman (shahar) moliya boʻlimiga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, ushbu muassasa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining reyestridan chiqariladi hamda buning hisobiga ortiqcha olingan subsidiyalar mahalliy budjetga qaytariladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oylik subsidiya mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Taʼlim tashkiloti

Subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan xolda ariza bilan murojaat qiladi.

zaruratdan kelib chiqib


2-bosqich

Moliya organi

Taʼlim tashkilotlarining arizasini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingandan soʻng taʼlim tashkilotini subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.

5 ish kuni davomida


3-bosqich

Taʼlim tashkiloti

Tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimlariga oʻtgan oyda taʼlim tashkilotiga haqiqatda qatnagan bolalar soni toʻgʻrisida maʼlumotni xamda taʼlim tashkilotida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan toʻlangan toʻlov hujjatlarini ilova qilgan xolda subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani beradi.

hisobot oyidan keyingi oyning
5-sanasigacha


4-bosqich

Tuman (shahar) moliya boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining reyestrini tuzadi va tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun va yuqori turuvchi moliya organiga maʼlumot uchun taqdim etadi.

hisobot oyidan keyingi oyning
10-sanasigacha


5-bosqich

Gʻaznachilik boʻlinmasi

Taqdim etilgan reyestr asosida tegishli taʼlim tashkilotining tijorat banklardagi hisobraqamlariga subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.

Hisobot oyidan keyingi oyning
12-sanasigacha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_______________________________ ga
‎ (moliya boʻlimi nomi)

‎___________________________boʻyicha
‎(tashkilot nomi)

‎‎20__ yil _____________ uchun davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan maktabgacha taʼlim tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalarni olish uchun
‎BUYuRTMANOMA

T/r‎‏

Taʼlim tashkilotida taʼlim olayotgan bolalarning‎‎‎

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami‎‎‏

Hisobot oyida‎‎‎

F.I.O‎‎

Tugʻilgan sanasi, oyi va yili‎‎

Bolaning taʼlim tashkilotiga qatnagan kunlari‎‎

Bola taʼminoti uchun toʻlangan mablagʻ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

JAMI:‎‎

X‎‎

X‎‎

‎‎ ‎‎
Taʼlim tashkiloti direktori

____________‎‎

(F.I.O)‎‎

‎‎M.Oʻ. (mavjud boʻlgan taqdirda)

imzo‎‎

‎‎
Taʼlim tashkiloti bosh buxgalteri

____________‎‎

(F.I.O)‎‎

imzo‎‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎20__ yil _______ oyi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
‎REESTRI

T/R‎

Subsidiyalar ajratiladigan taʼlim tashkiloti nomi‎‎

Joylashgan eri (pochta manzili)‎‎

STIR‎‎

Bank rekvizitlari‎‎

Hisobot oyidan oldingi chorakdagi taʼlim tashkilotining
‎bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasi‎‎

Taʼlim tashkilotiga haqiqatda qatnagan tarbiyalanuvchilar soni‎‎

Hisobot oyida ajratilgan subsidiyalar miqdori‎‎

A‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎

7=6x5‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

JAMI:‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri

______________‎‎

(F.I.O)‎‎

Tuman (shahar) moliya boʻlimi bosh hisobchisi ‎‎

______________‎‎‎‎

(F.I.O)‎‎

Gʻaznachilik boʻlinmasi masʼul xodimi‎‎

______________‎‎‎‎

(F.I.O)‎‎

‎‎20__ yil “____” ___________

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 09/18/378/1259-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)