18.05.2018 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil maydagi PQ-3712 son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda tumanlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish, shu jumladan lizing asosida yetkazib berishning qoʻshimcha hajmlari parametrlari 1 — 26-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishning qoʻshimcha hajmlarini moliyalashtirish manbalari va hududlar boʻyicha moliyalashtirish jadvallari 27 va 28-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda qishloq xoʻjaligi texnikasini turlari boʻyicha qoʻshimcha hajmlarda yetkazib berish jadvali 29-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalar portfelini shakllantirish ishlarini tashkil etish va qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish sxemasi 30-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish hamda lizing asosida va tijorat banklari kreditlari hisobiga yetkazib berishni moliyalashtirishni tashkil etish sxemalari 31 — 33-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmatlar koʻrsatish ishlarini tashkil etish sxemasi 34-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 34-Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov hamda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi M.A. Karimov zimmasiga — qishloq xoʻjaligi texnikasi oʻz vaqtida ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi M.A. Karimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari zimmasiga — tegishli yilning 15-oktabrigacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan buyurtmalar portfeli shakllantirilishi va hududiy yarmarkalar oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — tuzilgan shartnomalarga muvofiq qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni moliyalashtirish manbalarining oʻz vaqtida shakllantirilishi va taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga — mablagʻlarni jamlash hamda avans toʻlovlarining ushbu qarorda nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda oʻtkazib berilishi taʼminlanishi uchun masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklarining mexanizatsiyalashgan xizmatlari uchun hisob-kitoblar shartnoma jadvaliga muvofiq ularni koʻrsatishdan kamida bir ish kuni oldin xizmatlarning kamida 50 foizi miqdorida, yakuniy hisob-kitoblar xizmatlar qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-noyabrdan boshlab yetkazib beriladigan oʻzi yurar qishloq xoʻjaligi texnikasi amalga oshirilayotgan agrotexnika tadbirlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan navigatsiya va monitoring (GPS navigatsiya) tizimi bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 806-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan agrotexnika tadbirlarining monitoringini olib borish va nazorat qilish tizimini hamda hisobga olishning boshqa texnik vositalarini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan bir oy muddatda “Oʻzagroservis” AJ bilan birgalikda tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. “Oʻzagroservis” AJ 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda mashina-traktor parklari barcha oʻziyurar qishloq xoʻjaligi texnikasining navigatsiya va monitoring (GPS navigatsiya) tizimlari hamda hisobga olishning boshqa texnik vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 806-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari (Mirzayev, Otajonov, Qoʻchqorov) tugatilgan fermer xoʻjaliklari tugatilishi munosabati bilan ularning “Oʻzagrolizing” AJ va “Oʻzagroservis” AJ oldidagi qarzlari miqdorini aniqlasinlar hamda koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi oldida hosil boʻlgan qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov hamda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — trener-instruktorlarni, qishloq xoʻjaligi texnikasi operatorlarini, shuningdek, ularni taʼmirlash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻz poligoniga ega boʻlgan model oʻquv markazini tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda — operatorlarni yangi turdagi qishloq xoʻjaligi texnikasida ishlash uchun qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish va ularga servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar uchun hududiy kurslar tashkil etsin, amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va uning amalga oshirilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJga “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tizimi xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash va ularni moddiy ragʻbatlantirishni takomillashtirish masalalarini oʻrganib, zarurat boʻlganda ushbu masalalar yuzasidan 2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/373/1256-son, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)