14.05.2018 yildagi PQ-3723-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligining samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish boʻyicha ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sud-tergov amaliyoti tahlili, shuningdek, xalq bilan bevosita muloqot natijalari ushbu sohada bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, jinoyat ishlari boʻyicha sudgacha va sud jarayonida qonuniylikni taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi huquqiy boʻshliqlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi huquqiy mexanizmlarning yetarli darajada samarador emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, alohida turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan jazoning muqobil turlari, ragʻbatlantiruvchi normalar va jamoat taʼsir choralari yetarli darajada qoʻllanilmasligi va samarasizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, tezkor-tergov tadbirlarini oʻtkazish sifatining qoniqarsizligi va protsessual qonunchilik talablarini buzgan holda olingan maʼlumotlardan dalil sifatida foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, xalqaro amaliyotda eʼtirof etilgan jinoyat-huquqiy institutlarning yetarli darajada implementatsiya qilinmaganligi, jumladan yuridik shaxslar jinoiy javobgarligining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, sud-tergov faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish juda past darajada ekanligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning mutlaqo yangi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari va vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining taʼsirchan va ishonchli muhofaza qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uygʻunlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan jinoyat ishlarini yuritish tartibini bosqichma-bosqich raqamlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari boʻyicha ish yurituvni elektron shaklda yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish vaqtida surishtiruv organlarining prokuratura organlari, sudlar va jazoni ijro etish organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan maʼlumotlar almashinuvi imkoniyatini beruvchi himoyalangan tizimni, jumladan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish, jinoyat ishlari boʻyicha statistika yuritishni avtomatlashtirish orqali joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatning yagona identifikatorini joriy etishni hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning surishtiruv organlari, sudlar, prokuratura organlari bilan Internet tarmogʻi orqali axborot almashinuvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv amaliyotida jinoyat-protsessual hujjatlarining yagona elektron shaklini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlarini yuritish jarayonlarini, shu jumladan jinoyat ishlari boʻyicha elektron ish yurituvda tartib-taomillarni qisqartirish va ortiqcha bosqichlarni chiqarib tashlash orqali optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protsessual harakatlarni amalga oshirish tartiblarini, jumladan elektron shaklda sanksiyalar olish, dalillarni toʻplash, ekspertizalar, sud muhokamasi oʻtkazish va sud qarorlarini ijro etish orqali soddalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoralararo komissiya (O.B. Murodov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish, shuningdek, “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etsin va ularning ish rejalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi (keyingi oʻrinlarda — dastlabki loyiha) amalga kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-oktabrga qadar dastlabki loyihaning sinovlari natijalaridan kelib chiqib, jinoyat ishlari boʻyicha elektron ish yurituvi joriy qilinishi munosabati bilan jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihalarini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani, umumeʼtirof etilgan norma va standartlarni, jumladan joylarga chiqqan holda oʻrganishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlari tashkil etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dastlabki loyiha ishtirokchilari roʻyxati va uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, dastlabki loyihani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning oʻzida hujjatlarning qogʻoz va elektron shakllaridan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Elektron jinoyat ishi” loyihasining amalga oshirilishi va yuritilishiga masʼul boʻlgan vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini jihozlash, ichki lokal-hisoblash tarmoqlarini tashkil etish tegishli vazirlik va idoralar — dastlabki loyiha ishtirokchilarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa kanallari bilan taʼminlash “Oʻzbektelekom” AK tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron jinoyat ishi” tizimini yaratish va joriy etish, uni dastlabki loyiha ishtirokchilarining mavjud axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish “UZICON.UZ” DUK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi bilan birgalikda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Idoralararo komissiya raisiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralarning mutaxassislari, respublikaning ilmiy va taʼlim muassasalari vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar maslahatchilarini jalb qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu qarorning oʻz vaqtida va samarali ijrosi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Idoralararo komissiyaga xorijiy mamlakatlarga safarlarni tashkil etish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv va muzokaralarni oʻtkazishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, masʼul vazirlik va idoralar ushbu qaror bilan belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy va amaliy choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3723-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari shaxsni jinoiy tajovuzlardan samarali muhofaza qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, qonuniylik va huquqiy tartibotni taʼminlash uchun huquqiy poydevor yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimiz jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida uning normalarini takomillashtirishga, jinoyat protsessiga jalb etiladigan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini soʻzsiz taʼminlash maqsadida ilgʻor xalqaro standartlar va xorijiy amaliyotni implementatsiya qilishga qaratilgan sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish sohasidagi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlarini belgilab bergan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi sud-huquq tizimini isloh qilishning tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan bosqichi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, jinoyat qonunchiligining yanada liberallashuvi hamda alohida toifadagi jinoyatlarni jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish amalga oshirildi, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar roʻyxati kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish, shuningdek, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir xodim tomonidan “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” degan ezgu gʻoyani amalga oshirishga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini tashkil etish tubdan qayta koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sud-tergov amaliyotida, jumladan mamlakatning jinoiy-huquqiy siyosatini samarali roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qilayotgan, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligidagi ayrim normalarning mukammal emasligi bilan bogʻliq boʻlgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, jinoyat ishlari boʻyicha sudgacha va sud jarayonida qonuniylikni taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan huquqiy boʻshliqlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi mexanizmlarning yetarli darajada tartibga solinmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida turdagi jinoyatlar uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan jazoning muqobil turlari, ragʻbatlantiruvchi normalar va jamoat taʼsir choralari yetarli darajada qoʻllanilmasligi va samarasizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-tergov tadbirlari oʻtkazish sifatining qoniqarsizligi va protsessual qonunchilik talablarini buzgan holda olingan maʼlumotlardan dalil sifatida foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq va xorijiy amaliyotda eʼtirof etilgan jinoyat-huquqiy institutlarning yetarli darajada, jumladan yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligini belgilash sohasida implementatsiya qilinmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-tergov faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish juda past darajada ekanligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilar quyidagi asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi davlat jinoyat-huquqiy siyosatining mutlaqo yangi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. JINOYAT QONUNChILIGINI TAKOMILLAShTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat qonunchiligini xalqaro standartlarga unifikatsiya qilinganligi va muvofiqlashtirilganligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yoʻl qoʻyadigan yoxud ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri jinoyat qonunchiligi prinsiplariga mos kelmaydigan qilmishlar uchun javobgarlik belgilanishiga yoʻl qoʻyadigan normalarni chiqarib tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat kodeksidagi fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini samarali himoya qilishga toʻsqinlik qiladigan huquqiy boʻshliqlar, qarama-qarshiliklar va “oq dogʻlar”ni bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyat kodeksida qoʻllaniladigan atama va tushunchalarni ularning mazmuniga aniq taʼrif berish va yagona shaklda qoʻllash orqali takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyatlarni oldini olish va bartaraf etish boʻyicha samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyatni singdirish, ularni Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish ruhida tarbiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoiy qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakterini belgilovchi muqobil koʻrsatkichlarni joriy etish orqali jinoyatlarni tasniflash tizimi va mezonlarini qaytadan koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligining ishonchli kafolatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jazolar tizimi va ularni tayinlash mexanizmlarini qaytadan koʻrib chiqish, eskirgan hamda zamonaviy talablarga javob bermaydigan jazolar shakli va turlarini chiqarib tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarni tarbiyalash, shuningdek, sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan jazo turlari va boshqa huquqiy taʼsir choralarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tamom boʻlmagan jinoyat, jinoyatda ishtirokchilik va bir qancha jinoyat sodir etish institutlarini ularning mezonlari va xususiyatlarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish, shuningdek, ular oʻrtasida mavjud ziddiyatlarni bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ragʻbatlantiruvchi normalarni, jumladan jazoni yengillashtirish yoki shaxsni jinoiy javobgarlik yoxud jazodan ozod qilish shartlarini oʻrnatuvchi normalarni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni belgilovchi normalarni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash institutini, jumladan mazkur choralarni qoʻllash asoslarini kengaytirish orqali rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolar huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini amalda va ishonchli himoya qilishni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarning alohida tarkibini bosqichma-bosqich jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish siyosatini davom ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoiy jazolarning sanksiyalarini jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri bilan qatʼiy muvofiqlashtirish, jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat qonunchiligining, ayniqsa, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari — voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar va qaramogʻida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslarga nisbatan yanada insonparvarligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar, jumladan terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat protsessiga jalb etilgan voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan jinoiy-huquqiy normalarni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyat qonunchiligiga dunyo hamjamiyatida tobora ortib borayotgan xavflarni hisobga olgan holda transmilliy va xalqaro jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnologik taraqqiyot, jumladan kiberjinoyat bilan bogʻliq jinoyat turlarining kengayganligini hisobga olgan holda axborot texnologiyalari sohasida javobgarlikni nazarda tutuvchi normalarni qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNChILIKNI TAKOMILLAShTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat-protsessual qonunchilik normalarini tizimlashtirish va uygʻunlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat-protsessual qonunchilikni xalqaro standartlarga unifikatsiya qilinganligi va muvofiqlashtirilganligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Turlicha talqin qilinadigan yoki ularni qoʻllash boʻyicha tushuntirish talab etuvchi jinoyat-protsessual normalardan voz kechish, shuningdek, toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllanuvchi qonunlardan foydalanish amaliyotiga toʻliq oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat-protsessual qonunchilik tizimini normalar va institutlarni huquqiy jihatdan qoʻllashning samaradorligini hisobga olgan holda ularning mantiqiy ketma-ketligini taʼminlash nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish, shuningdek, takrorlanuvchi normalardan voz kechish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyat-protsessual tamoyillar tizimini zamonaviy yondashuvlar, ilgʻor xalqaro standartlar va xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jinoyat-protsessual qonunchilikdagi fuqarolarning huquq hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning manfaatlarini samarali himoya qilishga toʻsqinlik qiluvchi huquqiy boʻshliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro hamkorlik masalalarini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual normalarni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklarining ishonchli kafolatini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud-tergov faoliyatining shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash, jinoyat ishlari boʻyicha ish yurituvda jamoatchilik ishtiroki institutini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Advokatlarning protsessual huquq va vakolatlarini kuchaytirish orqali taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, ularning haqqoniy mustaqilligini taʼminlash, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xabeas korpus” institutini qoʻllash koʻlamini, jumladan sudgacha boʻlgan bosqichda amalga oshiriladigan protsessual qarorlar va harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish institutini joriy etish orqali kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surishtiruv va dastlabki tergov jinoyat-protsessual institutlarini yanada takomillashtirish, jinoyat ishlarining ketma-ketligini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual normalarni differensiatsiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tergovga qadar tekshiruv va sud bosqichlarida ishlarni koʻrib chiqishda yarashuv institutini qoʻllash doirasini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha choralarni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tergovga qadar tekshiruv jarayoniga jalb etilgan, shuningdek, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ushlangan shaxslarning protsessual maqomini aniqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Huquqni qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammo va kamchiliklarni hisobga olgan holda jinoyat ishlarini toʻxtatish va jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish tartibi hamda asoslarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻxtatilgan jinoyat ishlari doirasida taqiq qoʻyilgan va garovga olingan mol-mulklar, ashyoviy dalillar taqdirini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual normalarni qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reabilitatsiya institutini qoʻllash asoslarini va uni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudga qadar va sud bosqichida ekspertiza oʻtkazish va taftish qilishning aniq mezon hamda tartib-taomillarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudga qadar va sud bosqichida mutaxassisning protsessual maqomini aniqlashtirish, shuningdek, mutaxassis fikriga protsessual tus berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Protsessual muddatlarni hisoblab chiqish va protsessual chiqimlarni qoplash tartibini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jinoyatdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash va koʻmaklashishning samarali mexanizmlarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudga qadar va sud bosqichida soddalashtirilgan ish yuritish tartib-tamoyillarini yanada rivojlantirish, sud-tergov harakatlarining innovatsion shakllari va uslublarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida jinoyat alomatlari bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida ayrim protsessual va tergov harakatlarini amalga oshirishning optimal mexanizmlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini taʼminlash asosida dastlabki eshitish institutini joriy etish orqali jinoyat ishini sud muhokamasiga tayinlash bosqichini isloh qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sud muhokamasida ayblovni oʻzgartirishni, jumladan yanada ogʻirroq ayblovga oʻtishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni, shuningdek, prokuror ayblovdan voz kechishining protsessual mexanizmini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guvoh, jabrlanuvchi va jinoyatdan jabr koʻrgan shaxslarni himoya qilish boʻyicha taʼsirchan jinoyat-protsessual hamda tashkiliy choralarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Guvoh va jabrlanuvchilar koʻrsatuvlarini, birinchi navbatda, ularni obyektiv sabablarga koʻra kechroq soʻroq qilish imkoniyati boʻlmagan hollarda, oldindan mustahkamlab qoʻyish (deponirovaniya qilish) institutini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sud-tergov faoliyatida, xususan “Elektron jinoyat ishi” va “masofadan soʻroq qilish” tizimlarini joriy etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yangi jinoyat protsessual institutlarni joriy etishni hisobga olgan holda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish institutini yanada rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sud hukmi, ajrimi va qarorlarining ijrosiga taalluqli muammolarni hal etishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni jahon hamjamiyatining jadal rivojlanish tendensiyalarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasi, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashni inobatga olgan holda yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagi maqsadlarga erishish alohida ahamiyat kasb etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatning oldini olish va fuqarolarni qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini oshirishning amaliy va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-tergov faoliyatining shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash, jinoyat ishlari boʻyicha ish yurituvda jamoatchilik ishtiroki institutini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy xususiyatlar va sharoitlarni eʼtiborga olgan holda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikka ilgʻor xorijiy tajribani implementatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy qilmishdan jabr koʻrgan shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash mexanizmlarining samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-tergov faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirishning pirovard natijasida “Qonun ustuvor — jazo muqarrar” tamoyili hayotga toʻliq tatbiq etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha Idoralararo komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

O.B. Murodov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya raisi

2.

B.M. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

B.Sh. Mirbabayev

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi

4.

K.F. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

5.

D.X. Igamov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati raisining oʻrinbosari

6.

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri

7.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri

8.

M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

9.

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

10.

Sh.Sh. Sadikov

Oʻzbekiston Advokatlar palatasi raisi

11.

Muxamedov U.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari

12.

Sh.A. Aminov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining oʻrinbosari

13.

E.S. Kanyazov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

14.

Achilov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi

15.

U.X. Muxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga tayinlanganlar yoxud tegishli funksiyalar bajarilishi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi ishtirokchilarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

2.

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman prokuraturasi

3.

Toshkent shahar Mirobod tuman prokuraturasi

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani boʻlimi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar Mirobod tumani boʻlimi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani boʻlimi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Mirobod tumani boʻlimi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

11.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumani sudi

12.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudi

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

14.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi

15.

Toshkent shahar Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/p

Tadbirlar

Amalga oshirish shakllari

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Surishtiruv organlari bilan munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida prokuratura, IIV, DBQ, sud organlari, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat yuridik masalalar boʻyicha ishchi guruhi (1-ishchi guruh) tarkibi, ish rejasini tasdiqlash va uning ustuvor vazifalarini belgilash.

1-ishchi guruh tarkibi va ish rejasini tasdiqlash

Ikki hafta

Komissiya (O. Murodov)

2.

Surishtiruv organlari bilan tashkiliy-texnik hamkorlikni yaratish uchun prokuratura, IIV, DBQ, sud organlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UNICON. UZ” DUK, “Oʻzbektelekom” AK, Majburiy ijro byurosi AKT joriy etish Markazi vakillaridan iborat ishchi guruhi (2-ishchi guruh) tarkibi, ish rejasini tasdiqlash va uning ustuvor vazifalarini belgilash.

2-ishchi guruh tarkibi va ish rejasini tasdiqlash

Ikki hafta

Komissiya (O. Murodov)

3.

Jinoyat ishlari yuritishni samarali raqamlashtirishni taʼminlash maqsadida quyidagilarni oʻrganishni nazarda tutgan holda sud-tergov faoliyatini tanqidiy tahlil qilish:

surishtiruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan jinoyat ishlari boʻyicha amaldagi jino�t-protsessual ishlarini yuritish tartibini;

surishtiruv organlarining davlat organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibini;

prokuror va sud organining sanksiyasini olish, shuningdek prokuror nazoratini amalga oshirish tartibini;

sud muhokamasi tartibini;

jinoyat ishlarini yuritish jarayonlari tartibini, shu jumladan, jinoyat ishlari boʻyicha elektron ish yurituvida tartib-taomillarni qisqartirish va ortiqcha bosqichlarni chiqarib tashlash yoʻli orqali optimallashtirish nuqtai nazaridan;

sud qarorlarining Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan amaldagi jinoiy-ijro qilish tartibini.

Tahliliy maʼlumotnoma

2018-yil 1-iyunga qadar

1-ishchi guruh, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Dastlabki loyiha ishtirokchilari boʻlgan organlarning axborot-kommunikatsiyaviy infratuzilmasini, shu jumladan ularda qoʻllanilayotgan axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazasini tanqidiy oʻrganish va tegishli takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumot

2018-yil 1-iyunga qadar

2-ishchi guruh

5.

Jinoyat ishlarini yuritishni raqamlashtirish uchun kerak boʻlgan texnik va dasturiy vositalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.

Texnik loyihani ishlab chiqib va tasdiqlash.

Texnik loyiha

2018-yil 15-iyunga qadar

2-ishchi guruh, “UNICON. UZ” DUK, Majburiy ijro byurosi AKT joriy etish markazi

6.

Jinoyat protsessini raqamlashtirish sohasidagi xorijiy davlatlarning ilgʻor xalqaro tajribasini, jumladan joylarga safar qilish orqali oʻrganish.

Tahliliy maʼlum�t

2018-yil 1-iyulga qadar

Komissiya (O. Murodov) TIV (B. Asadov)

7.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda “Elektron jinoyat ishi” tizimini yaratishning texnik shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

surishtiruvni va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish tartiblarini, shu jumladan, elektron shaklda sanksiyalar olish, dalillarni toʻplash, ekspertizalar, sud muhokamasi oʻtkazish va sud qarorlarini ijro etish orqali soddalashtirishni;

tergov harakatlarini amalga oshirishda dalillarni protsessual mustahkamlash mexanizmlarini;

tizimni surishtiruv organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini;

jinoyat ishi boʻyicha dalillar va protsessual hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tizimda ishonchli himoyalanishini taʼminlash, jinoyat protsessi bosqichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga himoyalangan tarzdan kirishni taʼminlash;

jinoyat ishlari boʻyicha statistikani yuritishni avtomatlashtirish va elektron xabar berishni joriy qilishni;

hujjatning yagona identifikatorini joriy etish;

jismoniy va yuridik shaxslar, ularning qonuniy vakillarini tizim bilan oʻzaro munosabatlari uchun Internet tarmogʻida veb-sayt yaratish;

surishtiruv, prokuratura, sud organlari, Majburiy ijro byurosi xodimlaridan iborat boʻlgan tizim foydalanuvchilari uchun idoralararo himoyalangan veb-sayt yaratish.

Texnik topshiriq

2018-yil 1-avgustga qadar

“UNICON. UZ” DUK, 1,2-ishchi guruhlar, Majburiy ijro byurosi AKT joriy etish markazi

8.

Jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritishning elektron shaklini va idoralararo axborot almashinuvini joriy etish, surishtiruv ish yurituvida jinoyat-protsessual hujjatlarning yagona elektron shakllarini shakllantirishni koʻzda tutuvchi “Elektron jinoyat ishi” axborot tizimini ishlab chiqish.

Axborot tizimlari kompleksi

2018-yil 1-noyabrga qadar

“UNICON. UZ” DUK, 1,2-ishchi guruhlar, Majburiy ijro byurosi AKT joriy etish markazi

9.

Dastlabki loyiha doirasida jinoyat ishlarini yuritish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tizimdan foydalanuvchilarga yetkazish, dastlabki loyiha ishtirokchilari — organlar masʼul xodimlarini jinoyat ishlarini elektron yuritish boʻyicha oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha kurslar tashkil etish.

Uslubiy tavsiyalar

Oʻquv kurslari

2018-yil 1-sentabrga qadar

1,2 — ishchi guruhlar

10.

Fuqarolik jamiyati institutlar, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar vakillari va xorijiy ekspertlarni keng jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot-anjumanlari tashkil etish.

Uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot-anjumanlari tashkil etish

Dastlabki loyihasini amalga oshirish davrida

Komissiya (O. Murodov), Dastlabki loyiha ishtirokchilari, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Dastlabki loyiha ishtirokchilari boʻlgan organlarning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini respublika miqyosida, shu jumladan ularda qoʻllanilayotgan axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazasini tanqidiy oʻrganish va tegishli takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumot

2019-yil 15-yanvarga qadar

Komissiya (O. Murodov), Dastlabki loyiha ishtirokchilari

12.

“Elektron jinoyat ishi” tizimini respublika boʻyicha bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish.

“Yoʻl xaritasi” loyihasi

2019-yil 1-martga qadar

Komissiya (O. Murodov), 1,2 — ishchi guruh

II. Tashkiliy-texnik tadbirlar

13.

Zarur kompyuter va ofis texnikasi, planshetlar, elektron raqamli imzo kalitlari bilan jihozlangan ishchi oʻrinlarini tashkil etish.

Texnik jihozlangan ish oʻrinlari

2018-yil 1-oktabrga qadar

Komissiya (O. Murodov), Dastlabki loyiha ishtirokchilari, “UNICON. UZ” DUK

14.

Dastlabki loyiha ishtirokchilarining tumanlarda joylashgan organlari binolarigacha optik tolali aloqa tarmoqlarini oʻtkazish.

Optik jihozlarni sotib olish va oʻrnatish.

Foydalanishga topshirish akti

2018-yil 1-noyabrga qadar

“Oʻzbektelekom” AK

15.

Dastlabki loyiha ishtirokchilarining tumanlar miqyosidagi organlarining ichki lokal hisoblash tarmogʻini tashkil etish (zarur boʻlgan taqdirda).

Faoliyat yuritayotgan tarmoq

2018-yil 1-noyabrga qadar

Manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Maʼlumotlarni uzatuvchi himoyalangan idoralararo tarmoq yaratish.

Faoliyat yuritayotgan tarmoq

2018-yil 15-noyabrga qadar

“Oʻzbektelekom” AK

17.

“Elektron jinoyat ishi” tizimida jinoyat ishi materiallariga nisbatan tegishli tarzdagi elektron rekvizitlarni (imzo, muhr, shtamp va boshqalar), shuningdek elektron protsessual va boshqa elektron hujjatlarning yagona shakllarini qoʻllash.

Axborot tizimlari kompleksi

2018-yil 1-dekabrga qadar

1,2 — ishchi guruh, “UNICON. UZ” DUK, Majburiy ijro byurosi AKT joriy etish markazi

18.

“Elektron jinoyat ishi” tizimini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida tizim serverini joylashtirgan holda ishga tushirish.

Faoliyat yuritayotgan tizim (veb-saytlar bilan)

2018-yil 1-dekabrga qadar

Komissiya (O. Murodov), “UNICON. UZ” DUK, Majburiy ijro byurosi AKT joriy etish markazi, 2 — ishchi guruh

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3723/1225-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)