12.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3011
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3011]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyati sohalariga oid normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganda bir haftalik muddatda ushbu normativ-huquqiy hujjatni ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha mazkur buyruqning 1-bandida belgilangan namunaviy “Yo‘l xarita” asosida o‘zlarining “Yo‘l xarita”sini tasdiqlashlari, shuningdek ularning amalga oshirilishini ta’minlashlari hamda doimiy nazoratni amalga oshirishlari belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi tegishli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyati sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”larining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borsin va nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 3-martdagi 46-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatining aholi o‘rtasida tushuntirilishi yuzasidan namunaviy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2866, 2017-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 10-son, 150-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev va vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 12-maydagi 278-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi
va bosqichlari

Har bir mexanizmni amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Normativ-huquqiy hujjatlar, axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali)ni tizimdagi barcha idoralarga elektron shaklda yuborish.

1. Belgilab olingan ro‘yxat bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini tizimdagi barcha tashkilotlarning rasmiy elektron pochta manzillariga yuborish.

2. Yuborilgan qonunchilik hujjatlarining ijrochilarga yetib borganligini aniqlashtirish va qayd qilish.

Kelib tushgan
kunning o‘zida

Shu kunning o‘zida

Davlat organlari va tashkilotlari

2.

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

1. Normativ-huquqiy hujjat matnini tegishli formatga o‘tkazish.

2. Normativ-huquqiy hujjat matnini rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

3. Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan qonunchilik hujjati matnining nazorat holatini tekshirib turish.

Normativ-huquqiy hujjat

rasman e’lon qilingandan so‘ng bir kun ichida


Doimiy

Davlat organlari va tashkilotlari

3.

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning ahamiyatiga qarab targ‘ibot materiallari to‘plamini yaratish, uni tizimdagi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish.

1. Axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar to‘plamini (ma’ruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema va h.k.) tayyorlash.

2. Targ‘ibot materiallari to‘plamini tizimidagi tashkilotlarga yetkazib berish.

3. Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan materiallar matnini, zaruratga ko‘ra rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilish, keng foydalanuvchilar uchun “Dunyo” axborot agentligiga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjat

qabul qilingandan so‘ng
3 kun ichida



Ikki hafta muddatda

Davlat organlari va tashkilotlari

4.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun markaziy va hududiy matbuot anjumanlarini o‘tkazish.

1. Matbuot anjumani haqida rasmiy veb-sayt
va ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalistlarni xabardor qilish.

2. Matbuot anjumanini o‘tkazish va ommaviy axborot vositalariga tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plamini taqdim etish.

3. Matbuot anjumanini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Normativ-huquqiy hujjat

qabul qilingandan so‘ng
3 kun ichida

Normativ-huquqiy hujjat

qabul qilingandan so‘ng
1 hafta ichida

Davlat organlari va tashkilotlari

5.

Davlat organlari va tashkilotlar hamda ularning hududiy idoralarida “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotlarini joriy etish, malakali mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjat
va axborot-tahliliy materiallarning o‘qib o‘rganilishini tashkil etish.

1. Choraklik “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish grafiklarini tasdiqlash.

2. Grafikka asosan malakali mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish.

Har chorakda


Grafikka asosan

Davlat organlari va tashkilotlari

6.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi tomonidan:

normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha hududiy va respublika, huquqiy targ‘ibot guruhlarini shakllantirish va tasdiqlash;

normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi va mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha tashkilotlar, mahallalar va boshqa jamoalarda manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish.

1. Hududiy va respublika targ‘ibot guruhlari shakllantirish.

2. Hududiy va respublika guruhlari tarkibini tasdiqlash.

3. Targ‘ibot guruhlarini targ‘ibot materiallari to‘plami bilan ta’minlash.

4. Targ‘ibot tadbirining Konsepsiyasi, dasturi va kalendar rejasini tayyorlash va tasdiqlash.

5. Manzilli va predmetli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat

qabul qilingandan so‘ng
1 hafta ichida





Targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish kalendar rejasiga muvofiq

Davlat organlari va tashkilotlari

7.

Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga ommaviy axborot vositalari, shu jumladan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yetkazish.

1. Normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati
va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan maqola, materiallarni veb-saytlarda joylashtirish.

2. Mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda huquqni qo‘llash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllari nazarda tutilgan media rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Media rejaga asosan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat

qabul qilingandan so‘ng
3 kun ichida






Rejaga asosan

Davlat organlari va tashkilotlari

8.

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yetkazishda veb-texnologiyalarni qo‘llash.

1. Normativ-huquqiy hujjat matni bo‘yicha savol-javoblar, animatsion roliklar va boshqa usullardan foydalangan holda huquqiy axborot kontentini yaratish.

2. Ijtimoiy tarmoqlar (Facebook.com, Twitter, Youtube, odnoklassniki.ru, Mytube.uz va h.k.)da yaratilgan maxsus profillar orqali tayyorlangan huquqiy targ‘ibot materiallarini tarqatish.

Qonunchilik hujjati
qabul qilingandan so‘ng
1 hafta ichida

Davlat organlari va tashkilotlari

9.

Aholining huquqiy savodxonligini aniqlash maqsadida, zarur hollarda, belgilangan tartibda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.

1. So‘rovnoma savolnomasini tuzish.

2. So‘rovnoma o‘tkaziladigan aholi toifalari va hududlarni belgilab olish.

3. So‘rovnomani o‘tkazish.

4. So‘rovnoma natijalarini umumlashtirish, taklif kiritish.

So‘rovnoma o‘tkazish zarur deb hisoblanganda
1 hafta ichida

Savolnoma tuzilgandan so‘ng 1 haftalik muddatda

So‘rovnoma o‘tkazilgandan keyin 1 oylik muddatda

Davlat organlari va tashkilotlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy “Yo‘l xaritasi”ga qo‘shimcha tadbirlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyati sohalariga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha, ular qabul qilinganidan keyin bir hafta muddat ichida mazkur Namunaviy yo‘l xaritasi asosida o‘z markaziy apparatlari va hududiy organlarining rejalarini tasdiqlashlari va ularning amalga oshirilishini ta’minlashlari lozim.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/3011/1224-son, 10.10.2019-y., 10/19/3011-1/3895-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-so)