Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan ayrim tovarlarni begʻaraz berish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga belgilangan tartibda joylashtirilgan tovarlardan maqsadli foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini, qimmatli qogʻozlarni, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni tegishliligi boʻyicha “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlariga, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga topshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa tovarlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibida sotuvga qoʻyilishi;
davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida (yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanilishi va taqsimlanilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan ilovaga muvofiq davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) istisno tariqasida maktabgacha taʼlim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hamda tegishli budjet tashkilotlariga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilangan tartibda tovarlarni Toshkent shahar hokimligiga topshirilishini, Toshkent shahar hokimligi esa qabul qilinishini taʼminlasinlar.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq qabul qilib olgan tovarlarni belgilangan tartibda maktabgacha taʼlim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, tegishli budjet tashkilotlariga begʻaraz berilishini taʼminlasin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga va Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim qilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-may,
345-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 345-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan davlat foydasiga voz kechilgan va maktabgacha taʼlim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hamda tegishli budjet tashkilotlariga begʻaraz beriladigan tovarlar
ROʻYXATI
|
T/r |
Tovarlar nomi |
Miqdori |
Qiymati (AQSh dollari) |
|
1. |
Giyohvandlikka qaram shaxslarni davolashda foydalaniladigan dori vositalari |
49,1 kg |
218 400,0 |
|
2. |
Keramik plitkalar |
80 000,0 kg |
21 656,0 |
|
3. |
Polimer qoplamali poʻlat oʻramlar |
17 400,0 kg |
18 977,0 |
|
4. |
Metallga ishlov berish uchun moʻljallangan filterlar |
5,5 kg |
18 352,0 |
|
5. |
Pichoqlar |
4 000 dona |
6 000,0 |
|
6. |
Trikotaj matolar |
445,9 kg |
1 885,6 |
|
7. |
Erkaklar va ayollar ichki kiyimlari |
10 500 dona |
915,0 |
|
8. |
Turli xil rangdagi ipak matoli erkaklar boʻyinbogʻi |
8 600 dona |
172,0 |
|
9. |
500 kg hajmdagi nooziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashga moʻljallangan qoplar |
8 000 dona |
73 050,0 |
|
10. |
Sabzavotlarni qoplashga moʻljallangan qoplar |
4 000 dona |
90,0 |
|
11. |
Inventarlar uchun metall uskunalar |
1 dona |
44,0 |
|
12. |
Bolalar plastmassa oʻyinchoqlari |
1 820,0 kg |
1 385,0 |
|
Jami: |
360 926,6 | ||