12.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2472-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 12.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2472-1
Кучга кириш санаси
14.05.2018
Hujjat 14.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2472-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 183-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 11-iyundagi 16 va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2472, 2013-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 343-modda) bilan tasdiqlangan Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2018-yil 25-aprel,

23-son

Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nogironligi boʻlgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tibbiy mehnat ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) tomonidan bepul amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 10-banddan “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning talablari asosida transport vositasini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida haydovchilar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 25-band uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“protez bandlik va mehnat munosabatlari organlari protez ustaxonalarida nazorat koʻrigidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida (maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qoʻl bilan boshqariladigan) va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilayotgan chap oyogʻi toʻliq yoki qisman amputatsiya qilingan shaxslarga).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 21-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Nogironligi boʻlgan shaxslar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun ariza bilan turar joydagi TMEKga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Nogironligi boʻlgan shaxslarni TMEKda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati 3 kalendar kunidan oshmasligi kerak. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati murakkab, qoʻshimcha tibbiy koʻrik talab etilganda TMEK raisi tomonidan, asoslangan holda, 14 kalendar kuniga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. TMEK tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra uning raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadigan xulosa rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Nogironligi boʻlgan haydovchilar va haydovchilikka nomzodlar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan hujjatlarga nogironlikni belgilovchi TMEK xulosasini ilova qilgan holda umumiy asoslarda tibbiy komissiyaga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiy komissiya tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsga 083h shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma faqat “V” toifasidagi shaxsiy transport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz deb beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Quyidagilar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qoʻl bilan boshqariladigan) uzatgichli yengil transport vositasini boshqarishga tibbiy koʻrsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatning ifodalangan chegaralanishiga sabab boʻladigan oyoq kaft deformatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoqning 7 sm va undan ortiqroq kaltaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki ikkala son suyagining amputatsion choʻltoqligi, choʻltoqlik qaysi qismdan boʻlishi va protezlash imkoniyatidan qatʼi nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki ikkala oyoq boldir sohasining amputatsion choʻltoqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomonlama son yoki boldir qismi choʻltogʻi, ikkinchi oyoqning harakat yoki statik faoliyatining ifodalangan darajadagi buzilishi bilan (oyoq panjasining amputatsion choʻltoqligi, deformatsiyasi, qon tomir kasalliklari, yirik periferik nervlarning shikastlanishi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurish, oʻtirish faoliyatining buzilishiga olib keluvchi umurtqa pogʻonasi, tos yoki ikkala oyoqlarning turgʻun deformatsiyasi yoki kasalliklari (oyoqlarning ankilozlovchi poliartriti, ogʻir darajadagi kifoskolioz va spondiliti, psevdoartroz, endarterit II va III darajasi, filoyoqlilik va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtirish holati saqlangan pastki oyoqlarning parezi yoki falajligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap oyoq qon tomir va nerv tolalarining shikastlanishi, ifodalangan trofik buzilishlari bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Quyidagilar avtomatik transmissiya vositasi yordamida transport vositasini boshqarishga tibbiy koʻrsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap qoʻl yoki kaftning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap oyoq yoki oyoq panjasining yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kaft yoki chap oyoq panjasining deformatsiyasi, harakatning ifodalangan buzilishlari bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap son yoki boldir choʻltoqligi, bir vaqtning oʻzida chap qoʻlning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻng kaft barmoq yoki falangalarining yoʻqligi, shuningdek, falangalararo boʻgʻimlarning harakatsizligi (bosh barmoqning 2 ta falangasi yoʻqligi, bosh barmoq saqlangan holda, oʻng qoʻlning ikkita va undan ortiq barmoqlarining yoʻqligi yoki harakatsizligi yoxud bitta barmoqning keltiruvchi funksiyasining yoʻqligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil harakatlanish layoqatining I va II darajali buzilishi bilan kechuvchi chap tomonlama gemiparez.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-aprel

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)