Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3434-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 29-iyundagi 299-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-yil, 26-son, 299-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
327-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qaroriga ilovada:
a) “Qishloqlar, shaharchalar, ovullar fuqarolar yigʻinlari” boʻlimidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) “Mahallalar fuqarolar yigʻinlari” boʻlimidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) “Davlat xizmatchilariga mansub boʻlgan boshqa xizmatchilar roʻyxati” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 8-band qoʻshilsin:
“8. Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 19-iyundagi 175-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 25-son, 273-modda):
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar va idoralar “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan oʻz tizimlarida monitoring oʻrnatsinlar, ularning ijrosini yarim yil va yil yakunlari boʻyicha majlislarda muhokama qilib borsinlar”;
b) 3-ilovada:
6, 7, 9 — 11 va 19-bandlarning “Masʼullar” ustunidagi “OʻMKHTM” va “Oila” ilmiy-amaliy markazi” soʻzlari tegishlicha “Kasb-hunar taʼlimi markazi” va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12 — 15, 17, 18, 21, 22 va 24-bandlarning “Masʼullar” ustunidagi “OʻMKHTM” qisqartmasi “Kasb-hunar taʼlimi markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-bandning “Masʼullar” ustunidagi “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi”, “OʻMKHTM” va “Kamolot” YIH” soʻzlari tegishlicha “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi”, “Kasb-hunar taʼlimi markazi” va “Yoshlar ittifoqi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda):
a) 1-ilovada:
11-bandning yettinchi xatboshisi, 12-bandning beshinchi xatboshisi va 48-banddan “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
22-banddagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
40-bandning oʻn oltinchi xatboshisidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
VII bobning nomidan “fuqarolar yigʻini diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
44-band chiqarib tashlansin;
45-banddagi ““Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari va fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining” soʻzlari ““Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovadan “Fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” bloki chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovaning 14-bandidagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovaning 6 va 14-bandlaridagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-ilovaning 6-bandidagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 6-ilovaning 6 va 14-bandlaridagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 7-ilovaning 6 va 14-bandlaridagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 8-ilovaning 6-bandidagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 9-ilovaning 6-bandidagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 10-ilovada:
5-bandning oʻn uchinchi xatboshisidan “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-banddagi “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 13-ilovada:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
33-bandning birinchi xatboshisi va 59-banddan “fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 328-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-banddan “fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy masalalar boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 28-bandning “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 51-son, 664-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
a) 6-bandning yettinchi xatboshisidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning uchinchi xatboshisidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda) 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markaziga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoshlar taʼlim-tarbiyasi va xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-fevraldagi 30-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 53-modda) 2-bandi birinchi xatboshisidagi “mahalla fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilarini va” soʻzlari “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 141-bandni ikkinchi xatboshisidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 940-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi 9-bandining “Tadbirlar nomi” ustunidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-noyabrdagi 944-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 48-son, 1182-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidan “diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 1-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 65-bandidan “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisiga” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 09/21/380/0574-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)