10.05.2018 yildagi 352-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga koʻrsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, qizlar va ayollarga sifatli akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlarini tashkil etish, homiladorlik davrida ayollar parvarishi sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi boʻlimi negizida Respublika qizlar salomatligi markazini (keyingi oʻrinlarda Respublika markazi deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar oʻsmirlar dispanserining bolalar ginekologiyasi boʻlimlari negizida qizlar salomatligi markazlarini (keyingi oʻrinlarda hududiy qizlar salomatligi markazlari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Respublika markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlarga yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, bolalar ginekologiyasi sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ilmiy izlanishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlar ginekologiyasi sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish yoʻli bilan davolash, profilaktika tadbirlarini oʻtkazish va reabilitatsiyani tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy qizlar salomatligi markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan birgalikda qizlar ginekologiyasi boʻyicha magistrlar va klinik ordinatorlar uchun muntazam oʻquv seminarlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlar ginekologiyasi boʻyicha oʻquv-metodik va axborot materiallarini tayyorlash, shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha respublika dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar hududiy qizlar salomatligi markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlarga yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, zaruratga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish uchun Respublika markaziga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hudud qizlarining ginekologik sogʻlom oʻsishini nazorat qilish, qizlarda ginekologik madaniyatni shakllantirish, belgilangan dasturlar asosida tibbiy koʻriklarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlarning ginekologik salomatligini muhofaza qilish boʻyicha tumanlararo ilmiy-amaliy va metodik seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoni bilan oʻsmir qizlar va fertil yoshidagi ayollar uchun “ayollar maslahatxonalari” tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “ayollar maslahatxonalari” Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tuman (shahar) markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari, oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari, shuningdek, Toshkent shahrining oilaviy poliklinikalari tuzilmasida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar “ayollar maslahatxonalari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erta turmushga chiqishning oldini olish, oila qurishni rejalashtirish, tugʻruqlar oʻrtasidagi davrni uzaytirish yuzasidan tibbiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan ilmiy asoslangan maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xohlanmagan homiladorlikning oldini olish, kontratsepsiya usullari yuzasidan maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy tarbiya va madaniyatni oshirishga qaratilgan va jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish yuzasidan, shu jumladan, anonim tarzda maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq akusher-ginekologik va ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, ona va bola perinatal kasalliklarining va oʻlim holatlarining oldini olish maqsadida aholining bilimi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 15-mayga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida qizlar va fertil yoshidagi ayollarga koʻrsatilayotgan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlarining mavjud meʼyorlarini hamda asbob-uskunalar va inventarlar bilan taʼminlanganligi holatini tanqidiy koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda hududiy qizlar salomatligi markazlari hamda “ayollar maslahatxonalari”ning shtatlari sonini ularga biriktirilgan hududdagi tegishli 18 yoshgacha boʻlgan qizlar va fertil yoshidagi ayollar sonidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi umumiy shtatlar soni va uning muassasalarini saqlashga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ayollar maslahatxonalari” faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar hamda inventarlar bilan jihozlash meʼyorlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan meʼyorlarga muvofiq “ayollar maslahatxonalari”ni tibbiy asbob-uskunalar hamda inventarlar bilan jihozlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2018-yil 1-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligining “ishonch telefoni” (1003) tarmogʻi tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda kunu-tun faoliyat koʻrsatuvchi “tezkor aloqa” tarmogʻi tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar “tezkor aloqa” tarmogʻining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarga koʻra real vaqt rejimida sifatli tibbiy maslahat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, oila qurishni rejalashtirish, kontratsepsiya usullari va jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish boʻyicha maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy tarbiya muammolari yuzasidan qizlar va ayollarga maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilada notinchlik holatlari yuzasidan ayollar tomonidan bildirilgan murojaatlarga koʻra oilani saqlab qolishga doir tegishli maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya yuzasidan aholi bilimi va madaniyatini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlar va ayollarning murojaatlarida koʻtarib chiqilayotgan masalalarni tahlil qilish, umumlashtirish va sohaga oid tizimli muammolarning oldini olish borasida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tezkor aloqa” tarmogʻi tizimining chaqiriqlarga xizmat koʻrsatish tartibi ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Tezkor aloqa” tarmogʻining samarali va sifatli faoliyat yuritishiga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “tezkor aloqa” tarmogʻi aloqa xizmatiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qizlar salomatligi markazi toʻgʻrisidagi nizomni hamda hududiy qizlar salomatligi markazlari va “ayollar maslahatxonalari” toʻgʻrisidagi nizomlarni hamda “tezkor aloqa” tarmogʻi xizmatining nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tezkor aloqa” tarmogʻida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlashni hamda ularning malakasini muntazam oshirib borishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 352-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tezkor aloqa” tarmogʻi tizimining chaqiriqlarga xizmat koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Izoh. Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “tezkor aloqa” tarmogʻi tizimining chaqiriqlarga xizmat koʻrsatish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/352/1207-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)