08.05.2018 yildagi PF-5439-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etishni amalga oshirish boʻyicha konstitutsiyaviy vakolatini roʻyobga chiqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PF-4094-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5439-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni taqdim etish, rasmiylashtirish va koʻrib chiqish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Afv etish mahkumni jazodan toʻliq yoki qisman ozod etadigan yoki sud tomonidan tayinlangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtiradigan yoxud sudlanganlikni olib tashlaydigan insonparvarlik akti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish muayyan mahkumga nisbatan individual tartibda amalga oshiriladi hamda uni oqlaydigan va u tomonidan jinoyat sodir etganlik faktini bartaraf qiladigan holat hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz ixtiyoriga koʻra istalgan mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Afv etish Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Afv etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlikni olib tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari boʻyicha komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organi hisoblangan Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalarining Fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish masalalari boʻyicha shuʼbasi (keyingi oʻrinlarda — Shuʼba) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, shuningdek, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda boshqa shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya majlislarini Komissiya raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra oʻrinbosar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya majlislari afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar kelib tushishiga qarab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, ichki ishlar va adliya vazirlari, ular boʻlmagan taqdirda oʻrinbosarlari ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun oʻz majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini va boshqa shaxslarni taklif etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mahkum yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxs, shuningdek, qonun hujjatlari bilan afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish huquqi berilgan shaxs (organ)lar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar iltimosnoma qonun hujjatlari bilan afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan berilgan boʻlsa, mahkumning yozma roziligi olinishi shart. Bunday holatda afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan organlarga mahkumning roziligini olish, tegishli materiallarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mahkumning yozma roziligi va ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan boshqa materiallar bilan birga Shuʼbaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin quyidagi muddatlarda berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa jazoga hukm etilgan shaxs tomonidan oʻtalgan (ijro etilgan) jazo muddati (hajmi)dan qatʼi nazar, ushbu bandning “g” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilgari amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan, shartli hukm qilingan, muddatidan ilgari shartli ravishda, amnistiya akti va afv etish asosida jazodan ozod qilingan, shuningdek, oʻziga nisbatan yengilroq jazo bilan almashtirish qoʻllanilgan hamda yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxs, xuddi shuningdek, oʻta xavfli retsidivist tomonidan u tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Shuʼbaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati yoki hukmni ijro etuvchi boshqa organ (keyingi oʻrinlarda — muassasa maʼmuriyati) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sudlanganlikni olib tashlash boʻyicha afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma berilgan hollarda mustaqil ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Afv etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va taqdim etish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma muassasa maʼmuriyati tomonidan afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar hisobi yuritiladigan maxsus jurnalda iltimosnoma berilgan kunda roʻyxatdan oʻtkaziladi, bu haqda mahkum imzo qoʻydirilgan holda xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs tomonidan berilgan kundan boshlab oʻn kundan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki sud tomonidan jazoni ijro etish zimmasiga yuklangan boshqa organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsni afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan, xizmat boʻyicha cheklash va intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsni afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organ tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda Shuʼbaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizomning 16 va 34-bandlari talablariga muvofiq berilgan afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborishni muassasa maʼmuriyati tomonidan rad etish mumkin emas. Muassasa maʼmuriyati tomonidan iltimosnoma yuborilganligi haqida mahkum ikki kun davomida imzo qoʻydirilgan holda xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nizomning 16 va 34-bandlarida koʻrsatilgan muddatlar oʻtgunga qadar afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilingan hollarda muassasa maʼmuriyati tomonidan ushbu iltimosnoma keyinchalik koʻrib chiqish uchun yuborilmagan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi, mahkumga esa afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani berish tartibi imzo qoʻydirilgan holda tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga muassasa maʼmuriyati tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning muassasa maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkumning biografik maʼlumotlari, uning oilaviy holati haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, mahkumning oldingi afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan soʻrovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahkumning jazoni oʻtash davridagi xulq-atvori, mehnat va oʻqishga munosabati, sodir etilgan qilmishga munosabati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan muassasa maʼmuriyatining mahkum haqidagi tavsifnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahkumning sogʻligʻi holati haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mahkumning jazoni oʻtashiga asos boʻlgan sud hukmi (hukmlari)ning muassasa maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan nusxasi va yuqori turuvchi sud instansiyalarining ushbu sud hukmi (hukmlari) boʻyicha qarorlarining, shuningdek, mahkumga nisbatan chiqarilgan boshqa sud qarorlarining muassasa maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muassasa maʼmuriyatining sud hukmi qonuniy kuchga kirishi, mahkumga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilishi, shuningdek, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar mahkum tomonidan qoplanishi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axboroti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga mahkumning iltimosiga koʻra afv etish haqidagi masalani hal qilish uchun ahamiyatga ega boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan organlar afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan kundan boshlab oʻn kun davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani kelib tushgan materiallar bilan birga oʻrganadi va har bir mahkum boʻyicha mazkur organlar rahbarlarining oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan umumlashtirilgan maʼlumotnoma-jadval tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iltimosnomani umumlashtirilgan maʼlumotnoma-jadval va boshqa materiallar bilan birga Shuʼbaga yuboradi. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan iltimosnoma, maʼlumotnoma-jadval, sud qarori yoki uning qaror qiluvchi qismi hamda boshqa materiallarning nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasiga, Jinoyat kodeksining 150 — 163, 2441, 2442, 2443 va 246-moddalarida (diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarga doir qismi boʻyicha) nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha iltimosnoma, maʼlumotnoma-jadval, sud qarori yoki uning qaror qiluvchi qismi hamda boshqa materiallarning nusxalari Davlat xavfsizlik xizmatiga ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bir oy davomida Shuʼbaga mazkur organlar rahbarlari oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan mahkumni afv etish mumkinligi masalasi yuzasidan xulosa taqdim etadi. Xulosada mahkumning shaxsi va sodir etilgan jinoyatning holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, mahkumga nisbatan qabul qilingan sud qarorlarining mazmuni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Materiallar roʻyxat qilingan, ip oʻtkazib bogʻlangan va muhrlangan shaklda Shuʼbaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan organlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkum vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkum saqlash sharoiti oʻzgarganligi munosabati bilan boshqa muassasaga oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) afv etish haqidagi masalani hal qilishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar yuzaga kelganda, jumladan mahkumga nisbatan jazodan ozod qilishning boshqa turlari qoʻllanilganda, Shuʼbani darhol xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shuʼbaning afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlash boʻyicha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shuʼba hujjat aylanishini va hisobotni yuritish, dastlabki materiallar va tegishli xulosalarni toʻplash, maʼlumotnoma-jadval va bayonnomalar loyihalarini, shuningdek, Komissiya majlislarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni tayyorlashni oʻz ichiga olgan Komissiya ishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tegishli materiallar bilan birga afv etish toʻgʻrisida kelib tushgan har bir iltimosnoma Shuʼba tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilinganligi yuzasidan oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba oʻrganish natijalari boʻyicha afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iltimosnomani belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar hujjatlarni berishda yoki rasmiylashtirishda ushbu Nizom talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, iltimosnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etadi va iltimosnomani u kelgan organga yoxud uni yuborgan shaxsga qaytaradi. Bunda afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, u qaytarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan takroran taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning asossizligiga yoki qonuniylik buzilganligiga doir tekshirilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar keltirilgan afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar Shuʼba tomonidan tekshirish uchun tegishli organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shuʼba, zarurat boʻlganda, tegishli organlar va tashkilotlarga quyidagilarni olish uchun soʻrovlar yuborishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumning sodir etilgan jinoyatga, mehnatga, oʻqishga nisbatan munosabatini, uning xulq-atvorini, sogʻligʻi holatini, shuningdek, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar qoplanganligini aks ettiruvchi axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligi, shartli hukm qilinganligi, hukm ijrosi kechiktirilganligi, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligi, jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganligi, kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod etilganligi, muqaddam sudlanganligi, sudlanganligi olib tashlanganligi va tugallanganligi haqidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli organlar va tashkilotlar soʻrov kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun davomida soʻralgan axborotni va maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shuʼba toʻplangan materiallarni oʻrganish yakunlari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotnoma-jadval tuzadi. Unda quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumning biografik maʼlumotlari, oilaviy ahvoli, sogʻligʻi holati va uning shaxsini tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkumning muqaddam sudlanganligi, unga nisbatan amnistiya akti va afv etish qoʻllanilganligi, shartli hukm qilinganligi, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligi, hukm ijrosi kechiktirilganligi, jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganligi, kasalligi sababli jazoni oʻtashdan ozod qilinganligi, sudlanganligi olib tashlanganligi va tugallanganligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hukm chiqargan sud nomi va hukm chiqarilgan sana, sud hukmi qonuniy kuchga kirishi haqidagi maʼlumotlar, mahkumga nisbatan hukmning xulosa qismi mazmuni (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining mahkum hukm qilingan moddalari, tayinlangan jazo turi, muddati yoki hajmi, undirilishi lozim boʻlgan zarar summasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahkum jazoni oʻtayotgan joy, jazoni ijro etish muassasalarida uning belgilangan rejimga rioya qilishi, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning qoplanganligi, jazo muddati (hajmi)ning oʻtalgan va oʻtalmagan qismlari, shuningdek, afv etish toʻgʻrisidagi oldingi iltimosnomalarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining mahkumlarni afv etish mumkinligi haqidagi xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) afv etish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va tayyorlangan tegishli materiallar Shuʼba tomonidan Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani Komissiya tomonidan koʻrib chiqish muddati iltimosnoma kelib tushgan kundan boshlab uch oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda Komissiya tomonidan quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jazoni oʻtash yoki ijro etish vaqtida mahkumning xulq-atvori (tuzalishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻtalgan (ijro etilgan) jazo muddati (hajmi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahkumga nisbatan muqaddam amnistiya akti, afv etish qoʻllanilganligi yoki jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etilganligi, jazoning yengilroq jazo bilan almashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning qoplanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mahkumning shaxsi, sogʻligʻi holati, sudlanganligi, oilaviy ahvoli va yoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Komissiya iltimosnomani koʻrib chiqish uchun muhim deb hisoblagan boshqa holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda qoʻshimcha tekshirilishi zarur boʻlgan masalalar kelib chiqqan hollarda, Komissiya iltimosnomani koʻrib chiqishdan olib tashlash, iltimosnoma koʻrib chiqiladigan muddat davomida, jumladan joyiga chiqqan hamda manfaatdor organlar va tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda tegishli organlarga oʻrganish oʻtkazish haqida topshiriq berish yoki oʻrganishni mustaqil tashkil etishga haqli. Oʻrganish yakuni boʻyicha Komissiyaga oʻrganilgan masala yuzasidan xulosa kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha oddiy koʻpchilik ovoz bilan bayonnoma qarorini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlib qolganda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ijobiy koʻrib chiqilganda, Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rad etilganda, Shuʼba bu haqda bir kun davomida iltimosnoma bergan shaxsni xabardor qilish uchun iltimosnoma kelib tushgan organga yoki iltimosnomani mustaqil ravishda yuborgan shaxsga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa maʼmuriyati afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rad etilganligi haqidagi maʼlumotni olgandan soʻng keyingi kundan kechiktirmasdan iltimosnoma bergan mahkumni imzo qoʻydirgan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarni afv etish toʻgʻrisidagi takroriy murojaatga oldingi iltimosnoma rad etilgan kundan boshlab bir yil oʻtgandan soʻng, boshqa jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarni afv etish toʻgʻrisidagi takroriy murojaatga esa oldingi iltimosnoma rad etilgan kundan boshlab olti oy oʻtgandan keyin yoʻl qoʻyiladi, jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan yangi holatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Afv etish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish toʻgʻrisidagi farmoni ijro qilish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga, shuningdek, sudlanganligi olib tashlangan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki sud tomonidan jazoni ijro etish zimmasiga yuklangan boshqa organga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish toʻgʻrisidagi farmoni maʼlumot uchun va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan organlar Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish masalalari boʻyicha farmonlari ijrosi haqida ularning ijro etilishiga qarab axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish toʻgʻrisidagi farmoni ijrosini nazorat qilish Shuʼba tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5439/1185-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)