08.05.2018 yildagi PF-5439-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etishni amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatini ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga muvofiq:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PF-4094-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5439-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni taqdim etish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Afv etish mahkumni jazodan to‘liq yoki qisman ozod etadigan yoki sud tomonidan tayinlangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtiradigan yoxud sudlanganlikni olib tashlaydigan insonparvarlik akti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish muayyan mahkumga nisbatan individual tartibda amalga oshiriladi hamda uni oqlaydigan va u tomonidan jinoyat sodir etganlik faktini bartaraf qiladigan holat hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Afv etish O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Afv etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlikni olib tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organi hisoblangan Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining fuqarolik va afv etish shu’basi (keyingi o‘rinlarda — Shu’ba) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyaning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari kiritiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, shuningdek, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda boshqa shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya majlislarini Komissiya raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra o‘rinbosar o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya majlislari afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalar kelib tushishiga qarab o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Komissiya majlislari videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, ichki ishlar, adliya vazirlari hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, ular bo‘lmagan taqdirda o‘rinbosarlari ishtirok etishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun o‘z majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini va boshqa shaxslarni taklif etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma mahkum yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs, shuningdek, qonun hujjatlari bilan afv etish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish huquqi berilgan shaxs (organ)lar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar iltimosnoma qonun hujjatlari bilan afv etish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan berilgan bo‘lsa, mahkumning yozma roziligi olinishi shart. Bunday holatda afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan organlarga mahkumning roziligini olish, tegishli materiallarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma mahkumning yozma roziligi va ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan boshqa materiallar bilan birga Shu’baga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin quyidagi muddatlarda berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa jazoga hukm etilgan shaxs tomonidan o‘talgan (ijro etilgan) jazo muddati (hajmi)dan qat’i nazar, ushbu bandning “g” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilgari amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan, shartli hukm qilingan, muddatidan ilgari shartli ravishda, amnistiya akti va afv etish asosida jazodan ozod qilingan, shuningdek, o‘ziga nisbatan yengilroq jazo bilan almashtirish qo‘llanilgan hamda yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxs, xuddi shuningdek, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan u tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma Shu’baga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati yoki hukmni ijro etuvchi boshqa organ (keyingi o‘rinlarda — muassasa ma’muriyati) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sudlanganlikni olib tashlash bo‘yicha afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma berilgan hollarda mustaqil ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Afv etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va taqdim etish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma muassasa ma’muriyati tomonidan afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalar hisobi yuritiladigan maxsus jurnalda iltimosnoma berilgan kunda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bu haqda mahkum imzo qo‘ydirilgan holda xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs tomonidan berilgan kundan boshlab o‘n kundan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki sud tomonidan jazoni ijro etish zimmasiga yuklangan boshqa organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan, xizmat bo‘yicha cheklash va intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organ tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda Shu’baga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizomning 16 va 34-bandlari talablariga muvofiq berilgan afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani yuborishni muassasa ma’muriyati tomonidan rad etish mumkin emas. Muassasa ma’muriyati tomonidan iltimosnoma yuborilganligi haqida mahkum ikki kun davomida imzo qo‘ydirilgan holda xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nizomning 16 va 34-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlar o‘tgunga qadar afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilingan hollarda muassasa ma’muriyati tomonidan ushbu iltimosnoma keyinchalik ko‘rib chiqish uchun yuborilmagan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, mahkumga esa afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani berish tartibi imzo qo‘ydirilgan holda tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomaga muassasa ma’muriyati tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning muassasa ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkumning biografik ma’lumotlari, uning oilaviy holati haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, mahkumning oldingi afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan so‘rovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahkumning jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori, mehnat va o‘qishga munosabati, sodir etilgan qilmishga munosabati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muassasa ma’muriyatining mahkum haqidagi tavsifnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahkumning sog‘lig‘i holati haqida ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mahkumning jazoni o‘tashiga asos bo‘lgan sud hukmi (hukmlari)ning muassasa ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan nusxasi va yuqori turuvchi sud instansiyalarining ushbu sud hukmi (hukmlari) bo‘yicha qarorlarining, shuningdek, mahkumga nisbatan chiqarilgan boshqa sud qarorlarining muassasa ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muassasa ma’muriyatining sud hukmi qonuniy kuchga kirishi, mahkumga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilishi, shuningdek, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar mahkum tomonidan qoplanishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axboroti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomaga mahkumning iltimosiga ko‘ra afv etish haqidagi masalani hal qilish uchun ahamiyatga ega boshqa materiallar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan organlar afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani olgan kundan boshlab o‘n kun davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani kelib tushgan materiallar bilan birga o‘rganadi va har bir mahkum bo‘yicha mazkur organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan umumlashtirilgan ma’lumotnoma-jadval tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iltimosnomani umumlashtirilgan ma’lumotnoma-jadval va boshqa materiallar bilan birga Shu’baga yuboradi. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan iltimosnoma, ma’lumotnoma-jadval, sud qarori yoki uning qaror qiluvchi qismi hamda boshqa materiallarning nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasiga, Jinoyat kodeksining 150 — 163, 2441, 2442, 2443 va 246-moddalarida (diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarga doir qismi bo‘yicha) nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha iltimosnoma, ma’lumotnoma-jadval, sud qarori yoki uning qaror qiluvchi qismi hamda boshqa materiallarning nusxalari Davlat xavfsizlik xizmatiga ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bir oy davomida Shu’baga mazkur organlar rahbarlari o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan mahkumni afv etish mumkinligi masalasi yuzasidan xulosa taqdim etadi. Xulosada mahkumning shaxsi va sodir etilgan jinoyatning holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, mahkumga nisbatan qabul qilingan sud qarorlarining mazmuni ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Materiallar ro‘yxat qilingan, ip o‘tkazib bog‘langan va muhrlangan shaklda Shu’baga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan organlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkum vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkum saqlash sharoiti o‘zgarganligi munosabati bilan boshqa muassasaga o‘tkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) afv etish haqidagi masalani hal qilishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar yuzaga kelganda, jumladan mahkumga nisbatan jazodan ozod qilishning boshqa turlari qo‘llanilganda, Shu’bani darhol xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shu’baning afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish uchun materiallarni tayyorlash bo‘yicha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shu’ba hujjat aylanishini va hisobotni yuritish, dastlabki materiallar va tegishli xulosalarni to‘plash, ma’lumotnoma-jadval va bayonnomalar loyihalarini, shuningdek, Komissiya majlislarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga olgan Komissiya ishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tegishli materiallar bilan birga afv etish to‘g‘risida kelib tushgan har bir iltimosnoma Shu’ba tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu’ba o‘rganish natijalari bo‘yicha afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iltimosnomani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar hujjatlarni berishda yoki rasmiylashtirishda ushbu Nizom talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilishni rad etadi va iltimosnomani u kelgan organga yoxud uni yuborgan shaxsga qaytaradi. Bunda afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, u qaytarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan takroran taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning asossizligiga yoki qonuniylik buzilganligiga doir tekshirilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalar Shu’ba tomonidan tekshirish uchun tegishli organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shu’ba, zarurat bo‘lganda, tegishli organlar va tashkilotlarga quyidagilarni olish uchun so‘rovlar yuborishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumning sodir etilgan jinoyatga, mehnatga, o‘qishga nisbatan munosabatini, uning xulq-atvorini, sog‘lig‘i holatini, shuningdek, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar qoplanganligini aks ettiruvchi axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligi, shartli hukm qilinganligi, hukm ijrosi kechiktirilganligi, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligi, jazoning o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganligi, kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod etilganligi, muqaddam sudlanganligi, sudlanganligi olib tashlanganligi va tugallanganligi haqidagi ma’lumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli organlar va tashkilotlar so‘rov kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun davomida so‘ralgan axborotni va ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shu’ba to‘plangan materiallarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotnoma-jadval tuzadi. Unda quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumning biografik ma’lumotlari, oilaviy ahvoli, sog‘lig‘i holati va uning shaxsini tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahkumning muqaddam sudlanganligi, unga nisbatan amnistiya akti va afv etish qo‘llanilganligi, shartli hukm qilinganligi, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligi, hukm ijrosi kechiktirilganligi, jazoning o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganligi, kasalligi sababli jazoni o‘tashdan ozod qilinganligi, sudlanganligi olib tashlanganligi va tugallanganligi haqidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hukm chiqargan sud nomi va hukm chiqarilgan sana, sud hukmi qonuniy kuchga kirishi haqidagi ma’lumotlar, mahkumga nisbatan hukmning xulosa qismi mazmuni (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining mahkum hukm qilingan moddalari, tayinlangan jazo turi, muddati yoki hajmi, undirilishi lozim bo‘lgan zarar summasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahkum jazoni o‘tayotgan joy, jazoni ijro etish muassasalarida uning belgilangan rejimga rioya qilishi, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning qoplanganligi, jazo muddati (hajmi)ning o‘talgan va o‘talmagan qismlari, shuningdek, afv etish to‘g‘risidagi oldingi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining mahkumlarni afv etish mumkinligi haqidagi xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) afv etish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma va tayyorlangan tegishli materiallar Shu’ba tomonidan Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish muddati iltimosnoma kelib tushgan kundan boshlab uch oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda Komissiya tomonidan quyidagilar e’tiborga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jazoni o‘tash yoki ijro etish vaqtida mahkumning xulq-atvori (tuzalishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘talgan (ijro etilgan) jazo muddati (hajmi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahkumga nisbatan muqaddam amnistiya akti, afv etish qo‘llanilganligi yoki jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etilganligi, jazoning yengilroq jazo bilan almashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning qoplanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mahkumning shaxsi, sog‘lig‘i holati, sudlanganligi, oilaviy ahvoli va yoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Komissiya iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun muhim deb hisoblagan boshqa holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda qo‘shimcha tekshirilishi zarur bo‘lgan masalalar kelib chiqqan hollarda, Komissiya iltimosnomani ko‘rib chiqishdan olib tashlash, iltimosnoma ko‘rib chiqiladigan muddat davomida, jumladan joyiga chiqqan hamda manfaatdor organlar va tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda tegishli organlarga o‘rganish o‘tkazish haqida topshiriq berish yoki o‘rganishni mustaqil tashkil etishga haqli. O‘rganish yakuni bo‘yicha Komissiyaga o‘rganilgan masala yuzasidan xulosa kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani dastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha oddiy ko‘pchilik ovoz bilan bayonnoma qarorini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng bo‘lib qolganda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma ijobiy ko‘rib chiqilganda, Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganda, Shu’ba bu haqda bir kun davomida iltimosnoma bergan shaxsni xabardor qilish uchun iltimosnoma kelib tushgan organga yoki iltimosnomani mustaqil ravishda yuborgan shaxsga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa ma’muriyati afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganligi haqidagi ma’lumotni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan iltimosnoma bergan mahkumni imzo qo‘ydirgan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi takroriy murojaatga oldingi iltimosnoma rad etilgan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng, boshqa jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi takroriy murojaatga esa oldingi iltimosnoma rad etilgan kundan boshlab olti oy o‘tgandan keyin yo‘l qo‘yiladi, jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mahkumning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning afv etishni so‘rab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Bu haqda Shu’baga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriq xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Shu’ba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan topshiriq xatini olgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida Komissiya a’zolariga Komissiyaning majlisi o‘tkazilishi kuni va joyi haqida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Komissiyaning majlisi yakuni bo‘yicha Shu’ba tomonidan mahkumlarni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning shaxsini va hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha Komissiya a’zolari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar shakllantiriladi va ularning joylarga chiqishi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Ishchi guruh Komissiyaning muhokamasiga kiritish uchun hujjatlari ajratib olingan mahkumlardan yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslardan ularga nisbatan afv etish masalasi ko‘rib chiqilishiga e’tirozi yo‘qligi haqida rozilik xatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning rozilik xatiga mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs rozilik xatini yozmagan taqdirda, uning hujjatlari Komissiyaning muhokamasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Komissiya ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan mahkumlarning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning hujjatlarini muhokama qilib, afv etilishi mumkin bo‘lgan mahkumlar yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslar bo‘yicha bayonnoma qarorini qabul qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347. Komissiyaning mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishga tavsiya qilishni rad etganligi, mahkumga yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga kelgusida afv etishni so‘rab iltimosnoma bilan murojaat qilishga monelik qilmaydi.
(61-bob O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Afv etish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish to‘g‘risidagi farmoni ijro qilish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga, shuningdek, sudlanganligi olib tashlangan shaxslarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki sud tomonidan jazoni ijro etish zimmasiga yuklangan boshqa organga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish to‘g‘risidagi farmoni ma’lumot uchun va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan organlar Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish masalalari bo‘yicha farmonlari ijrosi haqida ularning ijro etilishiga qarab axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish to‘g‘risidagi farmoni ijrosini nazorat qilish Shu’ba tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5439/1185-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)