Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining
Qarori
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3005]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi F-5022-son “Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi qaror qiladi:
1. Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi N. AGZAMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-fevral,
3-son
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi D. ISAKULOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-fevral,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining 2018-yil 7-fevraldagi 3, 2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini (bundan buyon matnda ENHAT deb yuritiladi) joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni (bundan buyon matnda energiya resurslari deb yuritiladi) hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
taʼminotchi — energiya resurslarini qabul qilish, taqsimlash va isteʼmolchilarga shartnoma asosida yetkazib berishni taʼminlovchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va/yoki gaz taʼminoti tashkilotlari;
energiya resurslari isteʼmolchisi (bundan buyon matnda isteʼmolchi deb yuritiladi) — elektr energiyasidan va/yoki tabiiy gazdan ishlab chiqarish va/yoki maishiy ehtiyojlari uchun foydalanayotgan jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda maishiy isteʼmolchi deb yuritiladi) va yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar;
energiya resurslarini hisobga olishning zamonaviy asboblari (bundan buyon matnda energiya resurslarini hisobga olish pribori deb yuritiladi) — energiya resurslari sarfini hisobga olish pribori boʻlib, isteʼmol qilingan energiya resurslarining haq toʻlanishi lozim boʻlgan hajmi uning koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
2. Mazkur Nizom talablari ENHAT joriy etish doirasida yangidan oʻrnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari uchun taalluqlidir.
2-bob. Yuridik shaxslarda va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarda energiya resurslarini hisobga olish priborlarini oʻrnatish ishlarini tashkil etish
3. Taʼminotchi tomonidan tegishlicha elektr va gaz tarmoqlariga ulanish uchun isteʼmolchiga beriladigan texnik shartlarda ENHAT joriy etish doirasida energiya resurslarini hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha qoʻyiladigan talablar koʻrsatilishi lozim.
4. Isteʼmolchilarning elektr taʼminoti va gaz taʼminoti loyihalarida ENHAT joriy etish doirasida energiya resurslarini hisobga olish priborlari boʻyicha alohida qism nazarda tutilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
5. ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlari, shuningdek ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatiladigan boshqa zarur elementlar Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida belgilangan tartibda oʻrnatiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 90-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3551, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3551/0660-son)
3-bob. Maishiy isteʼmolchilarda energiya resurslarini hisobga olish priborlarini oʻrnatish ishlarini tashkil etish
6. ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha ishlar taʼminotchi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq mustaqil ravishda tashkil etiladi.
7. Taʼminotchi ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha ishlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin joylardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali maishiy isteʼmolchilarni bu haqda xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini, shuningdek ular oʻrnatiladigan maxsus shkaflarni xarid qilish, shu jumladan mavjud (shuningdek induksion, gaz temperaturasi va bosimi boʻyicha korreksiyasiz) priborlarni almashtirish, montaj qilish, davlat qiyoslovidan (shu jumladan, davriy davlat qiyoslovidan) oʻtkazish hamda oʻrnatish taʼminotchi hisobidan amalga oshiriladi, taʼminotchi tomonidan maishiy isteʼmolchi ishtirokida bepul ulanadi, roʻyxatga olinadi va plombalanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
4-bob. Energiya resurslarini hisobga olish priborlarini oʻrnatish
9. Yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini montaj qilish isteʼmolchining tanlovi boʻyicha taʼminotchi yoki maxsus montaj qiluvchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunda, energiya resurslarini hisobga olish priborlari, shu jumladan elektr energiyasini hisobga olish elementlarini montaj qilish elektr taʼminoti va/yoki gaz taʼminoti loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari:
yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga hamda yakka tartibda qurilgan uy-joylarga oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tarmoqlarning mansublik chegarasida;
koʻp xonadonli uy-joylarda va namunali loyihalar boʻyicha qurilgan alohida uy-joylarda ularning elektr va gaz taʼminoti loyihalarida belgilangan maxsus joylarga oʻrnatiladi.
11. Elektr energiyasini hisobga olish priborlari Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik hujjatlarga tegishli deb topilgan, 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-son) talablariga muvofiq oʻrnatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tabiiy gazni hisobga olish priborlarini tanlash, joylashtirish va oʻrnatish SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Isteʼmolchilardagi mavjud hisobga olish priborlarini, shu jumladan induksion, gaz temperaturasi va bosimi boʻyicha korreksiyasiz ishlaydigan hisobga olish priborlarini yechib olish (demontaj qilish) va ENHAT joriy etish doirasida oʻrnatilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlarini oʻrnatish taʼminotchining vakolatli xodimi tomonidan isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Taʼminotchining vakolatli xodimi maishiy isteʼmolchilardagi energiya resurslarini hisobga olish priborlarini yechish va oʻrnatish ishlari soat 8.00 dan 20.00 gacha amalga oshiriladi.
Bunda taʼminotchining vakolatli xodimi isteʼmolchiga oʻzining xizmat guvohnomasini koʻrsatishga majbur.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Taʼminotchining vakolatli xodimi isteʼmolchidagi energiya resurslarini hisobga oluvchi mavjud hisobga olish priborlarini yechib olishda isteʼmolchi ishtirokida hisobga olish priborini va undagi plombalarning butunligini tekshiradi va bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnomaning barcha nusxalari taʼminotchining vakolatli xodimi va isteʼmolchi tomonidan imzolanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, uning zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, yechish paytidagi koʻrsatkichi va boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi taʼminotchida qoladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Isteʼmolchida mavjud hisobga olish priborini ulash sxemasi oʻzgarganda, priborga zarar yetkazilganda (isteʼmolchining aybi bilan) yoki plombalari buzilganda, hisobga olish priborlaridan tashqari boshqa energiya resurslarini qabul qilgichlar ulanganda va amalda isteʼmol qilingan energiya resurslarining koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadida boshqa qoida buzishlarga yoʻl qoʻyilganda, taʼminotchining vakolatli xodimi isteʼmolchi ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
18. Taʼminotchining vakolatli xodimi tomonidan maishiy isteʼmolchilarga energiya resurslarini hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Energiya resurslarini hisobga olish priborlari oʻrnatilgan va ulangandan soʻng taʼminotchining vakolatli xodimi va isteʼmolchi ishtirokida energiya resurslarining hisobga olish pribori oʻrnatilganligi toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, oʻrnatilgan paytdagi koʻrsatkichlari, davlat qiyoslovidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat va plombalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma taʼminotchining vakolatli xodimi va isteʼmolchi tomonidan imzolanadi, bir nusxasi isteʼmolchiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi taʼminotchida qoladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Energiya resurslarini hisobga olish priborlari oʻrnatilgan va ulangandan soʻng taʼminotchining vakolatli xodimi va isteʼmolchi ishtirokida:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 1-apreldagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3005-1, 16.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)
a) elektr energiyasini hisobga olish priborining klemma qopqogʻini (sxemasini), oʻlchov tok transformatorlarining klemmalarini, hisobga olish asbobining xotira blokini va dasturlashga kirish tugmasini (oʻchirgichini), oʻtish klemmalarini, kuchlanish oʻlchov transformatori ajratgichlarining yuritmalarini va himoya avtomatlarini plombalaydi;
b) tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari quyidagicha plombalaniladi:
maishiy isteʼmolchilarda hisoblash mexanizmini (elektron koʻrsatkichlarini) va hisobga olish priborining gaz oʻtkazgich bilan ulash muftasini;
yuridik shaxslarda:
bosim datchikining ventilli bloki;
yopiq holatda atmosfera bilan aloqa uchun ventili;
ochiq holatda bosim datchigining gaz bilan aloqa ventili;
hisob-kitob mexanizmi;
elektron korrektori;
bosim datchigi;
harorat datchigi;
korreksiya bloki aloqa kabelining kirishi;
sarf, bosim, harorat datchiklarining signal simlari;
hisobga olish priborlarining toʻgʻri uchastkalari, filtrning, kirishli/chiqishli kranlarning, baypasning flansli ulanmalari;
kirish/chiqish puflovchi ventillari.
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan kelishilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B. KUDRATXODJAYEV
2018-yil 5-fevral
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 26-yanvar
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2018-yil 18-yanvar
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 15-yanvar
“Oʻzbekgidroenergiya” AJ boshqaruvi raisi A. SANGINOV
2018-yil 12-yanvar
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A. SULTONOV
2018-yil 10-yanvar
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2018-yil 2-aprel
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi boshqaruvi raisi Sh. JAVLONOV
2018-yil 24-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/3005/1167-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.08.2024-y., 10/24/3551/0660-son; 17.04.2025-y., 10/25/3005-1/0352-son)