1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek yer va suv resurslari hamda elektr energiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunalari bilan taʼminlangan nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari uyushmalari tasarrufidagi nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini ulardan foydalanuvchi tegishli fermer xoʻjaliklariga suv isteʼmolchilari uyushmalarining roziligi bilan belgilangan tartibda 2018-yil 1-iyunga qadar bepul oʻtkazib berishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilning 1-aprel holatiga fermer xoʻjaliklari nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining texnik holatini, ularga biriktirilgan sugʻoriladigan yer maydonlarini, jumladan paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiriladigan yerlarni xatlovdan oʻtkazsinlar hamda tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil 1-mayga qadar kelgusi yilda paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi prognoz qiymatini Davlat budjetidan qoplash boʻyicha asoslangan talabnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 10 kun muddatda suv manbalarining suvliligiga qarab suv olish limitlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlab joylardagi barcha suvdan foydalanuvchilarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan qoplash boʻyicha taqdim qilingan talabnomalarga asosan hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2018-yil uchun tegishli miqdorda Davlat budjeti mablagʻini ajratsin hamda kelgusi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda eʼtiborga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning yil yakuni boʻyicha iqtisod qilingan qismi tegishli nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini taʼmirlash hamda elektr energiyasini tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini shartnoma va oldindan toʻlov asosida oʻz vaqtida elektr energiyasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligi 2018-yil tajribasidan kelib chiqib zarur holda fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchilar deb ataladi) nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) subsidiyalar ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasini oʻrnatmagan, nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunalari oʻrnatilgan tartibda tuman elektr tarmoqlari tashkilotidan roʻyxatdan oʻtmagan isteʼmolchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi 744-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/744/1949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq, elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar belgilangan tartibda tumanlar elektr tarmoqlari tashkilotlaridan va hududiy Gʻaznachilik boʻlimlaridan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun talabnomalarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan har yili 1-martga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida hududiy ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda hududiy ishchi guruh deb ataladi) tarkibi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi guruhlar tarkibiga tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, nasos stansiyalar va energetika boshqarmalari, moliya bosh boshqarmalari, yer tuzish va davlat kadastri boshqarmalari, hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarining rahbarlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar hokimliklarining qarorlari bilan tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida tuman ishchi guruhlari (bundan keyingi oʻrinlarda tuman ishchi guruhi deb ataladi) tarkibi tasdiqlanadi. Tuman ishchi guruhi tarkibiga tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, moliya boʻlimi, irrigatsiya boʻlimi, yer tuzish va davlat kadastri boʻlimi, tuman elektr tarmoqlari tashkilotining rahbarlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi guruh aʼzolari tumanlar ishchi guruhlariga joylarda ishni tashkil qilish va amaliy yordam koʻrsatish uchun biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman ishchi guruhi har yilning 1-aprel holatiga har bir isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻining texnik holatini, elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunalarining mavjudligini, ularga biriktirilgan sugʻoriladigan yer maydonlarini, jumladan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini hamda yerdan foydalanuvchilarni joylarga chiqib xatlovdan oʻtkazadi va tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtiradi. Dalolatnomalar tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dalolatnomada isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik parametrlari (rusmi, quvvati, suv soʻrish va bosimli quvurlar uzunligi hamda diametri, suvni koʻtarish balandligi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan gidromodulli rayonlashtirish va sugʻorish rejimidan kelib chiqib, paxta va boshoqli don ekinlarini sugʻorishga sarflanadigan suv miqdori va elektr energiya isteʼmoli xarajatlarining hisob-kitobi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Isteʼmolchilar kesimida tasdiqlangan dalolatnomalar tuman ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun hududiy ishchi guruhga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dalolatnomani ishlab chiqishda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Wee= Qed× tna/ ηna
(1)
bunda:
Wee — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori, kVT;
Qed — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻi elektr dvigatelining quvvati,kVt /soat;
tna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi, soat;
ηna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining foydali ish koeffitsiyenti.
Nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
tna = Wsuv br / Qna
(2)
bunda:
Qna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining suv sarfi, kub m/soat.
Wsuv br — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻiga biriktirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini sugʻorishga sarflangan jami suv hajmi(suvni sugʻorish tarmogʻida yoʻqolishlarini hisobga olingan holda), kub m.
Wsuv br = Wsuv / ηst
(3)
bunda:
ηst — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi chiqargan suvni ekin maydonigacha yetkazuvchi sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyenti;
Wsuv — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻiga biriktirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini sugʻorishga sarflangan suv hajmi.
Wsuv = ωpaxta×qpaxta+ ωdon×qdon
(4)
bunda:
ωpaxta — paxta maydoni, ga;
ωdon — boshoqli don ekin maydoni, ga;
q paxta — gʻoʻzani sugʻorish meʼyori, kub m/ga;
qdon — boshoqli don ekinlarini sugʻorish meʼyori, kub m/ga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, keyingi yilda sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi chiqarib beradigan suvning oyma-oy miqdori isteʼmolchiga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilar uyushmasi tomonidan tuman irrigatsiya boʻlimi bilan kelishilgan holda tegishli gidromodulli rayonlashtirish va sugʻorish rejimi boʻyicha hisob-kitob qilingan suv isteʼmoli rejasida belgilangan hajmda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy ishchi guruh tuman ishchi guruhlari tomonidan tasdiqlangan isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining keyingi yilda sugʻorish ishlari uchun suv va elektr energiyasi isteʼmolining miqdori, elektr energiyasi qiymati aks ettirilgan dalolatnomalarini tahlil qiladi, umumlashtiradi va ular asosida viloyat boʻyicha talabnomani shakllantirib, belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan talabnomalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining keyingi yilda sugʻorish ishlari uchun suv va elektr energiyasi isteʼmoli hamda elektr energiyasi qiymatining muvofiqlashgan talabnomalarini tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Energetika vazirligi bilan kelishib har yilning 1-iyuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari kelgusi yilda sugʻorish ishlari uchun suv va elektr energiyasi isteʼmoli miqdori hamda elektr energiyasi qiymatining muvofiqlashgan talabnomalari asosida tegishli mablagʻlar ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari tomonidan suv olish limitidan ortiqcha suvni chiqarish xarajatlari, isteʼmolchilarning paxta va boshoqli don ekinlaridan boshqa ekinlarni, shuningdek boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yerlarga takroriy ekinlarni sugʻorish uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymati tegishli fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa manfaatdor isteʼmolchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Har yil tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, budjet parametrlari tasdiqlangandan keyin 10 kun ichida belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazilgan budjet parametrlari tuman moliya boʻlimlari tomonidan bir qator bilan xarajatlar smetasi roʻyxatga olinadi va taqdim qilingan talabnoma asosidan har bir isteʼmolchi kesimida — Gʻazna hisob raqamlari boʻyicha reja koʻrsatkichlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hisobot oyining 25-sanasigacha tuman irrigatsiya boʻlimi suv isteʼmolchilari uyushmasi, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamda tuman elektr tarmoqlari tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun sarflangan suv miqdori va unga ketgan elektr energiyasi qiymatini qoplash boʻyicha hisob-kitoblarni tuman ishchi guruhiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari (gidropost) bilan jihozlanishi kerak. Isteʼmolchilarning sugʻorish ishlariga olgan suv miqdorini hisobga olish ularning tegishli suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangunigacha, hajmiy, hisobiy va boshqa usullarda, haqiqiy sugʻoriladigan maydonlarni, sugʻorishlar sonini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimini, suv olish davomiyligi qancha va shu kabilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman ishchi guruhi taqdim qilingan ushbu hisob-kitoblarni joyiga chiqib oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman ishchi guruhi isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari hisobot oyida paxta va boshoqli don maydonlariga berilgan suv miqdorini hamda isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisob-kitob qiladi va toʻrt nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi. Dalolatnoma tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi hamda tuman elektr tarmoqlari tashkilotiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari hisobot oyida paxta va boshoqli don maydonlarini sugʻorish uchun isteʼmol qilgan elektr energiyasini hisob-kitob qilishda elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunalarining koʻrsatkichlari (oy boshiga va oxirgi sanasiga), nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari bilan sugʻoriladigan maydonlarga sarflangan suv resurslari hamda ularni yetkazib berish uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasi xarajatlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklar uchun tuman ishchi guruhlari, isteʼmolchilar va tuman elektr tarmoqlari tashkilotlari rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi, tuman moliya boʻlimi va gʻaznachilik boʻlimining xodimlari har oyda isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini qayd etib, belgilangan tartibda maʼlumotlar bazasiga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman elektr tarmoqlari tashkiloti isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi hamda ortiqcha olingan suv miqdori va unga sarflangan elektr energiyasi miqdori hamda qiymati boʻyicha barcha dalolatnomalarni umumlashtiradi va oylik hisob-kitobni amalga oshirish uchun tuman gʻaznachilik boʻlimlariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, isteʼmolchilar tomonidan paxta va boshoqli donni sugʻorishga sarflangan elektr energiyasi qiymati uchun alohida schyot-fakturani tuman gʻaznachilik boʻlimga taqdim etadi. Isteʼmolchilarning boshqa ekinlarini sugʻorish uchun hamda paxta va boshoqli donni sugʻorish uchun ortiqcha sarflangan elektr energiyasi qiymati uchun alohida schyot-fakturalarni isteʼmolchilarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymati tuman elektr tarmoqlari tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasida belgilangan tartibda tuzilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma asosida oyma-oy hisob-kitob qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplashga Davlat budjeti mablagʻlarini oʻtkazish uchun har bir isteʼmolchiga tuman gʻaznachilik boʻlimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplashga Davlat budjeti mablagʻlarini oʻtkazish uchun har bir isteʼmolchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida.maxsus hisobvaraqlar (23410) ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tuman elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan dalolatnomalarda va schyot-fakturalarda koʻrsatilgan mablagʻlar tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan fermer xoʻjaliklarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasidagi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan. maxsus hisob raqamlariga (23410) oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, isteʼmolchilarning nasos agregatlar va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymati boʻyicha hisobot oyidagi yakuniy hisob-kitoblar va kelgusi hisob-kitob davri boshlanishidan oldin, shartnomada belgilangan energiya isteʼmoli qiymati 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida toʻlovlar hisobot oyining yakuniga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning boshqa ekinlarini sugʻorish uchun hamda paxta va boshoqli donni sugʻorish uchun ortiqcha sarflangan elektr energiyasi qiymati uchun taqdim etilgan schyot-fakturalar isteʼmolchining oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Isteʼmolchilar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan hajmlarga nisbatan elektr energiyasi kam isteʼmol qilinganda toʻlangan avans mablagʻlari qaytarilmaydi, kelgusi oyda isteʼmol qilinadigan elektr energiya qiymatini qoplash uchun hisob-kitoblarda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Isteʼmolchi tuman elektr tarmoqlari tashkiloti bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirmagan taqdirda, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan qarzdorlikni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan talabnomalar yuboriladi va isteʼmolchi elektr energiyasi tarmogʻidan uzib qoʻyilishi haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan isteʼmolchi elektr tarmogʻidan ajratiladi va qarzdorlikni belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar tomonidan mavjud qarzdorliklar toʻliq qoplangandan keyin uni elektr tarmogʻiga qayta ulash xarajatlari isteʼmolchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Isteʼmolchining nasos agregatlari va sugʻorish qudugʻidan oʻzaro kelishuvga koʻra boshqa fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli qishloq xoʻjalik ekinlari maydonlarini sugʻorish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektr taʼminoti shartnomasi majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш