Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021 29.01.2018 yildagi Q-246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tumanidagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-yil) ga asosan 2018-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda Texnikalar deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Jarqoʻrgʻon tuman davlat inspektori tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha texnikalarning 2018-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi barcha texnikalarning roʻyxatini shakllantirish hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Jarqoʻrgʻon tuman davlat inspektori (A. Butayarov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik koʻrikni oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha texnikalarning texnik holati va jihozlari standart talablariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi, maxsus texnikalar, harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, texnikalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Jarqoʻrgʻon tuman davlat inspektori (A. Butayarov)ga 2-ilovaga* asosan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasini har bir texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnda mulkdor deb yuritiladi) yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2018-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarning stavkalari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tumandagi har bir mulkdor texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni toʻldirish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etishda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sugʻurta tashkilotlariga tumandagi barcha traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish texnikalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining 2017-yil 3-fevraldagi 82-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari A. Xushnazarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Z. DAVLATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-246-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 11/18/246/1130-son)