27.04.2018 yildagi PQ-3683-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasida urugʻchilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi va boshqa ekinlarning urugʻlarini yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotish, shuningdek, nav va urugʻlik nazorati oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning muhim omili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, birlamchi urugʻchilik va yangi, istiqbolli navlarni sinash bilan shugʻullanuvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini tashkil etish masalalari hal etilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli navdagi urugʻlar va reproduksiyalarni alohida yigʻish, shuningdek, ularni saqlash va qayta ishlash sharoitlariga rioya etilishi ustidan lozim darajada nazoratning mavjud emasligi ekin materiali sifatining pasayishiga va hosildorlikning tushishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda marketing va huquqiy tartibga solishning samarasiz tizimi qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining eksportini yetarli darajada amalga oshirish imkonini bermayapti, seleksiya va birlamchi urugʻchilikning lozim darajada boʻlmaganligi esa ularni import qilish hajmining ortishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urugʻchilik sohasini tubdan takomillashtirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni xalqaro bozorlarga yanada ilgari surish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2018-yil 1-sentabrdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta viloyatda oʻntadan koʻp, bitta tumanda beshtadan koʻp boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini, shuningdek, bitta viloyatda beshtadan koʻp, bitta tumanda ikkitadan koʻp gʻoʻzaning rayonlashtirilgan navlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (sinov oʻtkazish uchun joylashtiriladigan yangi navlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari va gʻoʻza navlarini sinovdan oʻtkazish muddati ikki yildan, boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinovdan oʻtkazish muddati bir yildan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining navlarini (boshoqli don ekinlari, gʻoʻza va kartoshka urugʻlari bundan mustasno) majburiy roʻyxatdan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan Qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari va gʻoʻzaning urugʻlarini eksport qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosasiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori boʻyicha amalga oshiriladi, boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini eksport qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini import qilganda (boshoqli don ekinlari, gʻoʻza va kartoshka urugʻlari bundan mustasno), agar sinovdan oʻtkazishda qoʻllanilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan shunga oʻxshash talablardan past boʻlmasa, akkreditatsiya boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari akkreditatsiya qilgan xorijiy laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinovdan oʻtkazish natijalari tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5418-son Farmoniga muvofiq Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari, shu jumladan gʻoʻza va boshoqli don ekinlarining urugʻlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarining ekiladigan urugʻlarini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash boʻyicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻchilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻchilik boʻyicha xalqaro va milliy organlar bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish, urugʻlarni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi B.N. Umarovning mamlakatda zamonaviy urugʻchilik tizimini shakllantirish, Markaz, shuningdek, birlamchi urugʻchilik, yangi va istiqbolli navlarni sinash bilan shugʻullanuvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa korxonalarning faoliyatini tashkil etishga shaxsiy javobgarligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga, zarur boʻlganda, Markaz va uning hududiy boshqarmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, elita-urugʻchilik xoʻjaliklarining miqdori va xodimlar sonini optimallashtirish hisobiga tuman filiallarini tashkil etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini eksport qilish urugʻchilik xoʻjaliklari va korxonalari bilan tuzilgan vositachilik shartnomalari asosida Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik shartnomalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini eksport qilishda vositachilik haqi bir foizdan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmatlardan, urugʻchilik materialini sotishdan, shu jumladan uni eksport qilishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda toʻlanadigan navli urugʻlar uchun ustama haqlardan olinadigan oʻtkazmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni uning faoliyatini yuqori va kasbiy darajada samarali tashkil etishni taʼminlashga qodir malakali xodimlar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni joylashtirish, uni aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi, kompyuter texnikasi va oʻziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Markaz zimmasiga davlat buyurtmasi doirasida 2018-2019-yillar hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini tayyorlash va joylashtirish boʻyicha vazifa va masʼuliyat yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Fanlar akademiyasi, Intellektual mulk agentligi, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brend va tijoratbop, shuningdek, duragay va litsenziyalangan navlarning urugʻlik materialini yetishtirish, qayta ishlash va tayyorlash bilan shugʻullanuvchi urugʻchilik kompaniyalarini, shu jumladan chet el kapitali ishtirokida va davlat-xususiy sheriklik asosida kompaniyalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻ tayyorlovchi va yetishtiruvchi korxonalarda ichki sifat nazorati tizimi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq akkreditatsiya qilingan zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud mahalliy va xorijiy seleksiya navlari kolleksiyasi asosida yuqori hosildorlikka, yuqori sifatga ega va kasalliklarga chidamli ustuvor qishloq xoʻjaligi ekinlarining duragaylarini yetishtirish tizimini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini litsenziyalash mexanizmlarini, originatorlar tomonidan korxonalar va klasterlardan litsenziya boʻyicha olinadigan royalti sxemalari va miqdorlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining toʻliq inventarizatsiyasini, ularning molekulyar-genetik pasportizatsiyasini (DNK bar-koding) oʻtkazish, shuningdek, ularni mamlakatning seleksiya yutuqlarini himoya qilish imkonini beruvchi Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish xalqaro ittifoqida (UPOV) roʻyxatdan oʻtkazilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻchilik xoʻjaliklari va urugʻlik materialini qayta ishlash sexlarining oʻrnatilgan normalar, talablar, reglamentlar va texnik hisoblarga muvofiqligi boʻyicha inventarizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoʻzaning seleksiya navlari patentlari va mualliflik guvohnomalarini (originator huquqlarini) baholash va ularni har uch yilda qayta tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda urugʻchilik masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni oʻrnatish, shuningdek, Oʻzbekistonning ushbu tashkilotlarga qoʻshilishi mumkinligi masalalarini oʻrganib chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S.R. Xolmuradov va Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3683-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ-3683-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 49 ta birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va yordamchi xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ-3683-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi hududiy boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 10 ta birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va yordamchi xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2018-y., 07/18/3683/1118-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)