Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IJTIMOIY AHAMIYATGA EGA BOʻLGAN ISTEʼMOL TOVARLARI BILAN SAVDO QILIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim isteʼmol tovarlari narxlarining sunʼiy oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ularni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketish hollarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-noyabrdan boshlab chetdan keltiriladigan va respublikada ishlab chiqariladigan un, oʻsimlik yogʻi va qand-shakarni sotish faqat yuridik shaxslar tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 13-son, 108-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda savdo tashkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlarining koʻrsatib oʻtilgan turlariga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni shu yilning 1-noyabrigacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
savdo korxonalari tomonidan kundalik ehtiyoj isteʼmol tovarlariga narxlarni shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
kundalik ehtiyoj isteʼmol tovarlari narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga urinishlarga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin, qonun buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy jazo choralarini qoʻllasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. 2001-yil 1-noyabrdan boshlab:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi stavkalari ularning bojxona qiymatining 10 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 267-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 14-son, 111-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 267-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 14-son, 111-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan keltiriladigan tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlardan olinadigan yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarorida belgilangan amaldagi miqdorlarda va uni undirish tartibi saqlab qolinsin.
5. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi va oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan xoʻjaliklar resurslaridan ishlab chiqarilgan va belgilangan tartibda ularga qaytariladigan oʻsimlik (paxta) yogʻini ushbu xoʻjaliklarning topshirigʻiga binoan yoki ishonchnomalari boʻyicha boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotilishi taqiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
oʻsimlik (paxta) yogʻining tuzilgan shartnomalarga muvofiq xoʻjaliklar tomonidan sotib olinmagan miqdori ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi;
ishlab chiqaruvchi korxonalarning xoʻjaliklar resurslaridan ishlab chiqarilgan oʻsimlik (paxta) yogʻini mazkur xoʻjaliklarning topshirigʻiga binoan yoki ishonchnomasi boʻyicha boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotishdan olingan tushumi davlat soliq organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat budjetiga undiriladi, mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kundalik ehtiyoj isteʼmol tovarlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi hollarining oldini olishni taʼminlovchi bojxona nazoratini kuchaytirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 31-oktabr,
433-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 144-modda; 2002-y., 13-son, 108-modda; 14-son, 111-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)