Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RADIOCHASTOTA SPEKTRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN HAQ TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq va respublika radiochastota resursidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2002-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilansinki, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, aloqa xizmatlari koʻrsatish huquqisiz oʻz ehtiyojlari uchun, shuningdek davlat teleradio dasturlari tarqatilishini taʼminlovchi operatorlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanish tekin amalga oshiriladi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 26-oktabr,
429-son
Oʻzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va aloqa xizmatlari koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarga ega boʻlgan hamda ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlashning asosiy prinsiplari va shartlarini belgilaydi.
2. Radiochastota resursidan foydalanganlik uchun haq toʻlash radiochastota spektridan foydalanishga har bir ruxsatnoma boʻyicha alohida belgilanadi.
3. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan radiochastota spektridan foydalanish huquqiga ruxsatnoma boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasining qarorlari asosida beriladigan radiochastotalar biriktirilgan holda radioelektron vositalardan va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi)ning ruxsatnomalari radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov undirishga asos hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Elektromagnit muvofiqlik ekspertizasi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish boʻyicha xizmatlarga tariflar erkin hisoblanadi hamda Elektromagnit muvofiqlik markazi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Mamlakat mudofaasi va xavfsizligi maqsadlarida foydalaniladigan radioelektron vositalarning elektromagnit muvofiqligi boʻyicha ekspertiza oʻtkazish radiochastota organlari tomonidan tekin amalga oshiriladi.
II. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovni hisoblash
6. Toʻlov miqdori foydalanilayotgan chastotalar polosasining kengligiga, radioelektron vositalar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hududga, shuningdek foydalanilayotgan chastotalar polosasi qimmatiga bogʻliq boʻladi.
7. Xalqaro Elektr Aloqasi Ittifoqining Radio aloqa shuʼbasining (XEAI-R SM.2012) tavsiyasiga muvofiq yillik toʻlovlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
F=BxGx(ExT), bunda:
F – foydalanuvchi toʻlashi kerak boʻlgan toʻlov;
B – chastota polosasi kengligi, MGs hisobida;
G – xizmat koʻrsatiladigan geografik zonani hisobga oluvchi koeffitsiyent;
E – foydalaniladigan radiochastota spektrining tijorat qimmatini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Oldingi tahrirga qarang.
T – Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Xizmat koʻrsatiladigan geografik zona uchun respublikaning mavjud maʼmuriy-hududiy boʻlinishi qabul qilinadi, bunda bitta mintaqa (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar) uchun G=1 qabul qilinadi. Toshkent shahri uchun =3 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Ajratilgan radiochastota spektridan bir nechta viloyatlar hududida yoki butun respublikada foydalanilgan taqdirda G koeffitsiyenti mintaqalarning tegishli soniga binoan tegishli ravishda oshadi. Ajratilgan radiochastota spektridan bir viloyatning tumani yoki shahri hududida foydalanilgan taqdirda pasaytiruvchi koeffitsiyent =0,1 qoʻllaniladi.
Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti
Oldingi tahrirga qarang.
|
Aloqa turi |
E koeffitsiyenti | |
|
1. |
Koʻchma radiotelefon aloqasi (tranking aloqa) |
30 |
|
2. |
Umumiy foydalaniladigan uyali radiotelefon aloqasi |
85 |
|
3. |
Koʻchma radio aloqa |
15 |
|
6. |
Yoʻldosh aloqa |
55 |
|
7. |
MMDS, NMDS va MVLS turidagi tizimlardan foydalangan holda televizion dasturlarni tarqatish |
50 |
|
8. |
Televideniye va radioeshittirish nodavlat dasturlarini tarqatish, televideniye va radioeshittirish dasturlarining tijorat translyatsiyasi |
40 |
|
9. |
Maʼlumotlarni simsiz uzatish (2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastotalari polosalaridagi wi-fi texnologiyalari bundan mustasno) |
70 |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Toʻlovni hisoblashda Vazirlikning ruxsatnomalarida koʻrsatilgan chastotalar polosasi kengligidan va hududdan hamda bazaviy hisoblash miqdorining amaldagi darajasidan foydalaniladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
III. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
9. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov foydalanuvchi tomonidan Vazirlikka beriladigan hisob-kitoblar asosida yil choragi birinchi oyining 15-kunidan kechikmay har chorakda toʻlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Mazkur toʻlov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
50 foizi Radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish va monitoringi Vazirlik xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tegishli summani ular tushgan kundan boshlab 3 kundan kechikmay Davlat budjetiga oʻtkazadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Radiochastota spektridan foydalanish huquqi radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan toʻlov toʻlanmagan taqdirda toʻxtatib qoʻyilishi yoki cheklanishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 143-modda; 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.08.2022-y., 09/22/476/0780-son; 25.03.2023-y., 09/23/127/0168-son)