Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.01.1996 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRIShNING TAShKILIY ASOSLARI VA PRINSIPLARINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat sport qo‘mitasi (Sh. To‘laganov), Futbol federatsiyasi rahbarlari (Federatsiyaning sobiq prezidenti A.Mutalov), O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, joylarda hokimliklar tomonidan respublika Hukumatining “O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 18-martdagi 144-son qarori talablari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ta’minlanmaganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning o‘rinbosari S.Saidqosimov Futbol federatsiyasi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining yuqorida aytib o‘tilgan qaroridan kelib chiquvchi vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin. Qilingan ish natijalari to‘g‘risida 1996-yil 1-aprelgacha axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat sport qo‘mitasi va O‘zbekiston Futbol federatsiyasining futbolni bundan buyon yangi tashkiliy prinsiplar — klub asosida rivojlantirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat sport qo‘mitasi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda 10 kun muddatda Futbol klubi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy Nizomni ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klubni tashkil etish uning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashda barcha tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etishga qodir bo‘lgan mahalliy hokimiyat organlari, sport tashkilotlari, shuningdek homiylar — korporatsiyalar, firmalar boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan iborat muassislar tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv klubning kollegial organi hisoblanadi, uning tarkibiga klub va komanda rahbariyati, ayrim futbolchilar, homiy tashkilotlar vakillari kiradi. Shahar (tuman) hokimi mahalliy hokimiyat organi tomonidan tuziladigan futbol klubining prezidenti, idora yoki korxona rahbari esa ular tomonidan tuziladigan futbol klubining prezidenti bo‘lib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol klublari Namunaviy nizom asosida o‘z klublarining Ustavini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va adliya organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klubning moliyaviy faoliyati to‘la xo‘jalik hisobi, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol komandasining nomi va uning tegishli ramzlari O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi va Davlat sport qo‘mitasining Respublikada oliy va I ligalar klub futbol komandalarini shakllantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Bunda quyidagilardan kelib chiqilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mastyerlar futbol komandasiga o‘yinchilar qabul qilish klub rahbarlari, sportchilar, trenyerlar, tibbiy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi kontraktlar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt, xalqaro standartlarga muvofiq, bir yildan uch yilgacha muddatga tuziladi va u trenyerlar hamda futbolchilarni ularning sport mahorati darajasiga, komanda muvaffaqiyatiga har birining qo‘shgan hissasiga bog‘liq ravishda moddiy rag‘batlantirishni, shuningdek kontrakt shartlari buzilgan taqdirda tegishli jarima sanksiyalari solishni nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerni va futbolchini moddiy rag‘batlantirish hamda ularga jarima sanksiyalari solish masalalari Klub boshqaruvi tomonidan kollegial hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klub o‘z faoliyatiga vatanimizning korxonalari va tashkilotlarini, qo‘shma va xorijiy firmalar, korxonalar, tashkilotlarni jalb qilish maqsadida futbol musobaqalari o‘tkazilayotgan vaqtda, shuningdek sport kiyimida va klub belgilarida ularning turli reklama emblemalaridan shartnoma asosida foydalanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Futbol federatsiyalarining prezidentlari hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ligani tuzish chempionatlar va birinchiliklarni o‘tkazish reglamentiga muvofiq sport prinsipiga ko‘ra amalga oshiriladi. Ushbu klubda o‘smirlar va bolalar komandalari mavjud bo‘lishi komandaning oliy ligaga kirishining zarur sharti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I liga sport va hududiy prinsiplar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida bittadan komandadan iborat etib tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol komandalarini shakllantirish 1996-yil 1-martgacha tugallanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Klub futbol komandalari uchun o‘rinbosarlar tayyorlashni yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-1997-yillarda barcha maktablarni sport maydonlari bilan ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-1997-yillarda viloyat markazlarida o‘smirlar futbol maktab-internatlari ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida aytib o‘tilgan maktablar o‘rtasidagi har yilgi musobaqalar hududiy (mintaqa) prinsip bo‘yicha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Davlat sport qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligining Futbol bo‘yicha sport mahorati respublika maktabini “Paxtakor” futbol klubiga berish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Futbol mavsumi yakunlari bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi uchun va yilning eng yaxshi treneri uchun jurnalistlardan so‘rov yo‘li bilan aniqlab topshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovrini ta’sis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda, jahon amaliyotidan kelib chiqib, futbolni rivojlantirishga faol ko‘maklashayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar tizimini qo‘llash yuzasidan takliflarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat sport qo‘mitasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida yirik stadionlar negizida ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil etish dasturini ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning ustav sarmoyasini shakllantirishda aksiyalar paketining quyidagicha taqsimlanishi nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga — obyekt mol-mulkining teng qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa muassislarga (yuridik va jismoniy shaxslarga) — o‘zlarining ulushlariga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yildan boshlab respublikadagi ko‘rsatib o‘tilgan stadionlar to‘liq o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Futbolni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda futbol klublarini tuzish va rivojlantirishga hamda ularning moddiy bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sport qo‘mitasi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mavjud stadionlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlariga ko‘ra 1996-yil 1-aprelgacha futbol maydonlarini rekonstruksiya qilish, 1996-yil 1-sentabrgacha esa Nukus shahrida va viloyat markazlaridagi stadionlarning qolgan obyektlarini joriy va mukammal tuzatish zarur deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi — bosh pudratchi va bosh loyihalovchi etib, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi — subpudrat tashkilotlar etib tasdiqlansinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kapital qurilish bosh boshqarmalari futbol maydonini rekonstruksiya qilish, stadionlarni joriy va mukammal tuzatish hamda obod qilish bo‘yicha buyurtmachilar etib belgilansinlar. Ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash respublika va mahalliy budjetlarning hamda homiylarning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ishlarning buyurtmachilari bosh pudratchilar va bosh loyihalovchilarni mablag‘ bilan ta’minlasinlar hamda energiya ta’minoti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari bo‘yicha tegishli texnik shartlarni bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchiga loyihalashni va alohida smetalar va chizmalar bo‘yicha qurilishni bir paytda mablag‘ bilan ta’minlashga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Moliya vazirligi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligiga tuzilgan kontraktlar va ularning Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida va vakil qilingan banklarda ekspertiza qilinishi asosida, futbol maydonlarini kompleks rekonstruksiya qilish uchun urug‘lik, xorijiy uskunalar, jihozlar va boshqa zarur vositalar va materiallar sotib olishga tegishli ravishda konvertatsiya qilishni nazarda tutgan holda so‘mlarda avans ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi, zarurat bo‘lganda, O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga mablag‘ qo‘yadigan xorijiy firmalarga mablag‘larni Respublika valyuta birjasida konvertatsiya qilishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent shahar hokimligi 1996-yil 1-martgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat sport qo‘mitasi, Futbol federatsiyasi va Futbolni rivojlantirish fondini joylashtirish uchun bino ajratish masalasini hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi ikki hafta muddatda uyushma korxonalarida rezina to‘plar va futbol to‘plari uchun rezina kameralar ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 1996-yilda kamida 500 ming dona rezina to‘plar va kameralar tayyorlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi 1996-1997-yillarda sport tovarlari ishlab chiqaruvchi yetakchi firmalar bilan birgalikda sifatli futbol anjomlari va sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etsin. Bunda Xalq ta’limi vazirligi va “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasining sport anjomlari, futbol to‘plari va o‘quvchilar uchun sport kiyimlari ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmanomalari bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi bilan birgalikda “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi tomonidan maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun ishlab chiqariladigan tovarlar qiymatiga berilishi mumkin bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi takliflarni 15 kun muddatda ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlariga qabul qilish davlat komissiyasi malakali mutaxassislar-trenyerlar tayyorlash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutining futbol bo‘limiga 1996-yildan boshlab har yili 75 o‘rindan iborat kvota ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat sport qo‘mitasi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda futbol komandalari trenyerlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etsin, ushbu kurslarni zarur moddiy baza bilan ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 kun muddatda futbol klubi bilan kontrakt tuzish huquqini beruvchi Trenyerlarga qo‘yiladigan malaka talablari haqidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener tomonidan malaka talablari bajarilgan taqdirdagina kontrakt tuziladigan va trenerning futbol komandasiga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yiladigan tartib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Davlat sport qo‘mitasi 10 kun muddatda sport maktablari va bilim yurtlari rahbar xodimlari, trener-o‘qituvchilarining, shuningdek instruktor-metodistlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarni umumta’lim maktablarining rahbarlari va o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash razryadlariga muvofiqlashtirish yuzasidan taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlari futbol klublarini sportga ixtisoslashgan malakali tibbiy xodimlar hamda zarur dori-darmonlar bilan ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi hokimliklar bilan birgalikda stadionlarda futbol o‘yinlari o‘tkazilayotgan vaqtda savdo qilishni va madaniy-tomosha tadbirlarini uyushtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ommaviy axborot vositalari mamlakatda ommaviy futbol harakati rivojlanishini, eng yaxshi futbol klublari, sport maktablari, fizkultura jamoalari, mutaxassislar va trenyerlarning faoliyatini muntazam va keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari S. Saidqosimov va O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Z. Almatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning bajarilishi 1996-yil aprel va avgust oylarida, keyinchalik esa 1997-1998-yillarning yarim yilliklari bo‘yicha ko‘rib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son