Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 18.03.1993 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUTBOLNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda futbolning ommaviyligi va unga katta qiziqish borligini, uning aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashdagi va jismoniy tarbiyani yaxshilashdagi muhim ahamiyatini, xalqaro maydondagi sport aloqalarini kengaytirishdagi keng imkoniyatlarini e’tiborga olib va uni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 10-mayga qadar 2000-yilgacha futbolni rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdig‘iga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 1-aprelga qadar respublikada barcha yosh guruhlari bo‘yicha komandalar ishtirokida futbol musobaqalarini o‘tkazishning yagona tizimini ishlab chiqsinlar. Ommaviy futbol uchrashuvlarini uyushtirishga, qobiliyatli sportchi yoshlarni izlashga va tarbiyalashga alohida e’tibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda 1993-yilda “Paxtakor” komandasining, O‘zbekistondagi boshqa terma va professional futbol komandalarining maqomini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish fondi ta’sis etilib, unga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 100 million so‘m ajratilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, “O‘zmashpaxtagazlama” davlat konsernining, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining, “TTZ” ishlab chiqarish birlashmasining, Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining fondni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash haqidagi tashabbusi ma’qullansin hamda ajratilgan mablag‘lar respublikada futbolni rivojlantirishning zamonaviy bazasini vujudga keltirishni jadallashtirishga, O‘zbekistonning sog‘lom va barkamol fuqarolarini tarbiyalab yetishtirishdek oliyjanob ishga ko‘maklashadi, deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi o‘n kun muddat ichida Respublika futbol federatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish fondi nizomini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdig‘iga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Respublika futbol federatsiyasi bilan birgalikda “Paxtakor” komandasining an’analarini tiklash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin, komandani yuqori malakali mutaxassislar va umidbaxsh futbolchilar bilan mustahkamlasin, “Qibray” o‘quv-mashq sport kompleksi asosiy baza qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-1994-yillarda markaziy “Paxtakor” stadionini, “Qibray” va “Chig‘atoy” sport bazalarini puxta ta’mirlash amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yilda puxta ta’mirlash ishlari uchun zarur mablag‘larni ajratsin va 1994-yilda ham shunday ishni ko‘zda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining qurilish, transport va aloqa majmui (o‘rtoq To‘laganov) ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi sport maqsadlariga atab ishlab chiqariladigan tovarlarning, shu jumladan, futbol kiyimlari, to‘p va poyabzalning sifati yaxshilanishini hamda turlari ko‘paytirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Respublika futbol federatsiyasi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda milliy terma futbol komandalari uchun kiyim formasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika futbol bo‘yicha oliy sport mahorati maktabining “Chig‘atoy” bazasida respublika yoshlar va o‘spirinlar komandalarining olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik markazini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika chempionati va birinchiligi qatnashchilari — oliy hamda birinchi uyushma futbol klublari huzurida bolalar-o‘smirlar sport maktablarini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublikaning barcha mintaqalarida futbolni rivojlantirishga va buning uchun viloyatlar hamda Toshkent shahri futbol federatsiyalari raislarining yuksak mas’uliyatiga katta ahamiyat berib, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining shu lavozimlarga saylanishlari faxrli vazifa deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat istiqbolni belgilash va statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi terma komandalarining xalqaro musobaqalarda, chempionlar sovrini, sovrin egalarining sovrini rasmiy musobaqalarida va shu darajadagi boshqa bellashuvlarda qatnashishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari va ishtirok etishlari uchun har yili mablag‘ ajratishni, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyuta ajratishni ko‘zda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi terma komandalar uchun va xalqaro futbol musobaqalarida qatnashuvchi komandalar uchun aviatsiya biletlari rasmiylashtirilishini va sotib olinishini ta’minlasin. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining chet ellardagi vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining iltimosiga binoan bu komandalarni kutib olishni va ularning tranzit qatnovini uyushtirishda har tomonlama yordam bersinlar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi terma komandalarning va klub komandalarining a’zolari, shuningdek, ayrim mutaxassislar, trenerlar va futbolchilar uchun chet elga chiqish ruxsatnomalari o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlasin. Chet elga chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Respublika Futbol federatsiyasining belgilangan tartibdagi takliflari asosida ruxsatnoma beriladigan bo‘lsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlari futbol klublarini sport sohasiga ixtisoslashgan malakali shifokorlar va tibbiy xodimlar bilan, shuningdek, O‘zbekiston Futbol federatsiyasining talabnomalariga binoan zarur tibbiy ashyolar va dori-darmonlar bilan ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ommaviy axborot vositalari, O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish kompaniyasi respublikada futbol harakatining rivojlanishini, eng yaxshi sport klublari, sport maktablari, jismoniy tarbiya jamoalari, mutaxassislar va trenerlarning faoliyatini muntazam ravishda batafsil yoritib borsinlar, respublikada futbol musobaqalari haqida yuksak saviyada sharhlar tayyorlasinlar, “Sport” gazetasi huzurida “O‘zbekistonda futbol” haftanomasini chiqarish tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlari futbol musobaqalarini o‘tkazish paytida jamoat tartibini, tomoshabinlarning, musobaqa qatnashchilarining, hakamlar guruhlarining xavfsizligini saqlashni ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha choralarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rtoq A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-son