1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Fuqarolik jamiyati institutlari tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish | |||
|
1. |
NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari ajratishning tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom, Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish. |
aprel |
B. Matmuratov, J. Shirinov, Adliya va Moliya vazirliklari |
|
2. |
Parlament komissiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha komissiya aʼzolaridan iborat boʻlgan Ishchi guruh aʼzolarining tarkibini qayta koʻrib chiqish va ularning faoliyati boʻyicha axborotini Parlament komissiyasi yigʻilishlarida eshitib borish. |
har chorakda |
G. Alimova, Ishchi guruh rahbarlari |
|
II. “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish | |||
|
3. |
“Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va hududlardagi Jamoat komissiyalari masʼuliyatini oshirishga qaratilgan seminarlar va davra suhbatlari hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etish. |
har chorakda |
G. Alimova, T. Karimov, Gʻ. Abdukarimov, A. Karimov |
|
4. |
Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va joylardagi Jamoat komissiyalari faoliyati toʻgʻrisida hamda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan aholini xabardor qilish, eʼlon qilingan tanlovlar toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirish maqsadida seminar treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, maxorat darslari tashkil etish. |
har chorakda |
G. Alimova, Sh. Yakubov, A. Karimov, hududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
5. |
Parlament komissiyasining Xorazm viloyatida NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida ishlarini ommalashtirish maqsadida sayyor yigʻilishini oʻtkazish; |
may |
G. Alimova, xududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat roʻyxatidani oʻtkazish, hisobotlar topshirish, ularga davlat xizmatlari koʻrsatish, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazoratining shakllanishi yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyalarining axborotini eshitish. |
iyun-iyul | ||
|
6. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinganligining 70 yilligi munosabati NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining “Oʻzbekistonda inson huquqlari — oliy qadariyat” rukni ostida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
aprel |
G. Alimova, Z. Maxmudov, A. Karimov, Gʻ. Abdukarimov |
|
7. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida NNT va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati, mahalliy davlat vakillik hamda ijro organlari bilan ularning ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazoratining shakllanishini joyiga chiqib oʻrganish va mavjud muammolarni hal etish boʻyicha takliflarni tayyorlash hamda Parlament komissiyasi yigʻilishiga kiritish. |
may — avgust |
G. Alimova xududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
8. |
Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarning hududiy NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunlarda belgilangan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirish natija va muammolarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish. |
avgust |
G. Alimova xududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
9. |
Parlament komissiyasi, Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi vakillaridan iborat Ishchi guruh shakllantirish, NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashdagi Sharqiy Yevropa davlatlari (Vengriya, Chexiya, Xorvatiya), Boltiqboʻyi davlatlari (Estoniya, Latviya va Litva), shuningdek Rossiya tajribasini borib oʻrganish. Oʻzbekistondagi bu sohada toʻplangan milliy mexanizmni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
sentabr-oktabr |
A. Saidov, G. Alimova, komissiya aʼzolari |
|
10. |
AQSH Kongressida hamda ilmiy-amaliy “aqliy” markazlarda Oʻzbekistonda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanishi, insonlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida demokratik islohotlarning yangi bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatni xalqaro maydondagi nufuzini va investitsion jozibadorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng tanishtirish. |
sentabr-oktabr |
A. Saidov, G. Alimova, Parlament komissiyasi aʼzolari |
|
III. NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ularga davlat subsidiyalari, grantlar hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish | |||
|
11. |
NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 2018-yilda davlat subsidiyasini olishga doir buyurtmalarini koʻrib chiqish, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi, ajratilayotgan davlat subsidiyalarining hajmlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish. |
aprel |
G. Alimova, Moliya va Adliya vazirliklari |
|
12. |
“Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining 2018-yilgi faoliyati va uni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
aprel |
G. Alimova |
|
13. |
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ijtimoiy buyurtmalar orqali qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini davlat organlarining buyurtmalari asosida aniqlash; Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan 2018-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish; NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha kelib tushgan loyihaviy takliflarini koʻrib chiqish. Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish. |
aprel |
G. Alimova, Moliya va Adliya vazirliklari |
|
14. |
Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga davlat granti ajratish yuzasidan 2018-yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazishga doir qarorlar qabul qilish. Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratish: |
aprel |
G. Alimova, Moliya va Adliya vazirliklari |
|
Harakatlar strategiyasini, “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlarning innovatsion loyihalarini qoʻllab-quvvatlash; oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnan yetuk, jismonan sogʻlom etib tarbiyalashga, ularda tadbirkorlik, ilmiy-ijodiy va intellektual salohiyatni shakllantirishga koʻmaklashish; |
aprel-may | ||
|
xorijiy va mahalliy OAVlarda yuksak huquqiy tafakkurni, inson huquqlari madaniyatini, jamoatchilik nazoratining innovatsion shakl va mexanizmlarini keng targʻib etish; aholining ijtimoiy-maʼnaviy, ekologik, tibbiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy tadbirkorlik, turizmning innovatsion turlarini joriy etishda NNTlar faolligini kuchaytirish; |
iyun-iyul | ||
|
jamiyatda dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat va doʻstlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni ragʻbatlantirish. |
avgust | ||
|
Tanlovlarga kelib tushgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarning belgilangan shartlar va talablarga muvofiqligini baholash, gʻoliblarini aniqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish. |
tanlovdan keyin bir oy ichida | ||
|
15. |
Oʻtgan yillarda tejab qolingan va jamoat fondiga qaytarilgan moliyaviy mablagʻlardan 2018-yilda foydalanishga doir qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish. |
aprel |
G. Alimova, Moliya va Adliya vazirliklari |
|
16. |
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda davlat organlarining 2019-yilga moʻljallangan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash turlari hamda hajmlariga doir takliflarini oʻrganish va tahlil qilish. |
may-iyun |
G. Alimova, Parlament komissiyasi aʼzolari |
|
IV. Jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini monitoringdan oʻtkazish, amalga oshirilayotgan loyihalar va dasturlarning samaradorligi va natijadorligini oshirish | |||
|
17. |
Parlament komissiyasining 2017-yildagi faoliyati va 2018-yildagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi axborotni tayyorlash hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining Kengashlarida koʻrib chiqish uchun kiritish. |
aprel |
G. Alimova |
|
18. |
Parlament komissiyasi qaroriga asosan 2017-yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyasi va ijtimoiy buyurtmasi tarzida ajratilgan mablagʻlardan loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni eshitish. |
aprel — iyul |
G. Alimova |
|
19. |
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Taftish komissiyasiga Jamoat fondining 2017-yildagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshiruvdan oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar koʻmaklashish va Parlament komissiyasi yigʻilishida hisobotni koʻrib chiqish. |
aprel |
A. Tuxtaboyev, Moliya va Adliya vazirliklari |
|
20. |
2016-2017-yillarda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining grant loyihalarini amalga oshirish natajalarining monitoringini tashkil etish hamda monitoring yakuni boʻyicha Parlament komissiyasiga maʼlumot kiritish. |
aprel |
A. Tuxtaboyev, Moliya va Adliya vazirliklari, Gʻ. Abdukarimov |
|
V. Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga huquqiy, uslubiy, maslahat koʻmagi va boshqa tarzda koʻmak berish | |||
|
21. |
Jamoat fondi va joylardagi Jamoat komissiyalarining 2017-yildagi faoliyatini tahlil qilish hamda Parlament komissiyasining majlisida koʻrib chiqish va ular ishining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
aprel |
G. Alimova, hududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
22. |
Parlament komissiyasining hududlarga biriktirilgan aʼzolari tomonidan Jamoat komissiyalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ular uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarni oʻrganish, monitoring qilish va Parlament komissiyasi yigʻilishiga takliflar tayyorlash. |
may-iyun |
G. Alimova, hududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
23. |
Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Jamoat komissiyalari bilan hamkorlikda NNTlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy sherikchilikni yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. |
aprel |
G. Alimova, hududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
24. |
Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan hududlarda NNT vakillari va davlat boshqaruvi organlarining vakillari ishtirokida NNTning mavjud muammolarini oʻrganish va bartaraf etishga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil etish. |
aprel — avgust |
G. Alimova, hududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
27. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi yigʻilishlarini tashkil etish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlarini eshitish. |
Parlament komissiyasi qaroriga asosan |
G. Alimova, hududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
28. |
Jamoatchilik komissiyalarining 2017-yildagi faoliyati yakunlarini sarhisob qilishga va 2018-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlashga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazishda amaliy koʻmaklashish. |
aprel |
G. Alimova, hududlarga biriktirilgan masʼullar |
|
VI. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni OAVlarda keng yoritish | |||
|
29. |
Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va joylardagi Jamoat komissiyalari faoliyatining ahamiyatini ochishga bagʻishlangan maxsus telekoʻrsatuvlarni namoyish etish, tahliliy maqolalar berib borish. |
yildavomida |
F. Abduxoliqov, S. Yusupov, Parlament komissiyasi aʼzolari |
|
30. |
Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va joylardagi Jamoat komissiyalari faoliyatini yoritish, shu jumladan matbuot konferensiyalari, brifinglar oʻtkazish, maqolalar, intervyular eʼlon qilishni tashkil etish va boshqalar boʻyicha media-rejani ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
aprel |
F. Abduxoliqov, S. Yusupov Parlament komissiyasi aʼzolari |