Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-sonli va “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli farmonlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-aprel,
PF-5420-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni 10-bandining oltinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-son qarori 4-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qarorida:
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 3-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 27-martdagi PQ-2851-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qarorining 4-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari turlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan import qilish istisno hollarda va faqat tovar-xomashyo birjalari, jumladan xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolari tizimi orqali amalga oshiriladi;
oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi batafsil axborot har oy Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilib boriladi”;
toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son qarori 10-bandining uchinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3295-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident — yuridik shaxslar esa Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2018-yillar qish-bahor davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror taʼminlash toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3418-son qarorining 13-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 14-fevraldagi F-4849-son farmoyishi 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)