Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 16.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2998
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2998]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 18 va 55-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar (bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) hamda Vazirlik tomonidan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuboriladigan fuqarolar (bundan buyon matnda tinglovchi deb yuritiladi) bilan belgilangan tartibda oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom talablari Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklini hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan va majburiy uzluksiz xizmat oʻtash uchun ichki ishlar organlariga yoki taqsimot boʻyicha boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga (bundan buyon matnda xodim deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan va Vazirlik tomonidan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilgan fuqarolar hamda Vazirlik oʻrtasida oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi) oʻqishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Vazirlikning tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan nomzod (shuningdek uning ota-onasi) yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kursant, tinglovchi yoki xodim tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa undan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (bundan buyon matnda davlat budjeti deb yuritiladi) oʻqishiga sarflangan mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shartnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shartnoma oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar hamda Vazirlik tomonidan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuboriladigan fuqarolar bilan belgilangan tartibda oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kursant va Vazirlik nomidan Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasi rahbari oʻrtasida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchi va Vazirlik nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrtasida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kursantlar yoki tinglovchilar safidan chiqarilib oʻqishga qayta tiklangan kursant va tinglovchi bilan qayta shartnoma tuzilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnoma ikki nusxada davlat yoki rus tilida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani tuzish tomonlarning imzolashlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kursant yoki tinglovchi shartnoma tuzishni rad qilganda, mazkur holat boʻyicha masʼul xodim tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada kursant yoki tinglovchining shartnoma tuzishni rad etish sabablari, kursant yoki tinglovchini oʻqishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuzilgan shartnomaning bir nusxasi kursant yoki tinglovchiga beriladi ikkinchi nusxasi kursant yoki tinglovchining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻqitishga sarflangan mablagʻlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xizmatni majburiy oʻtashi lozim boʻlgan muddatdan oldin boʻshatilgan xodim uning Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida taʼlim olishi uchun davlat budjetidan sarflangan mablagʻlar u xizmatdan boʻshatilgan kundan boshlab 30 kun ichida davlat budjetiga qaytarilishi kerakligi haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xodim tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yuridik shaxslar tomonidan toʻlab berilishi mumkin. Bunda pul mablagʻlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xodim qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarini toʻlagandan keyin tasdiqlovchi hujjatning nusxasini oʻzining soʻnggi ish joyiga taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xodim tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari muddatida qaytarilmagan taqdirda u belgilangan tartibda sud orqali undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pul mablagʻlarini toʻlagan xodim xizmatga tiklangan taqdirda undan undirilgan pul mablagʻlari toʻliq qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xodim Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasini yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin shartnomani muddatidan ilgari bekor qilganda, undan undiriladigan pul mablagʻlari besh kalendar yili mobaynida oʻtalgan va oʻtalmay qolgan xizmat davrining nisbatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xodimni Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida oʻqitishga sarflangan xarajatlar xodim uchun yoʻnaltirilgan davlat budjeti mablagʻlari miqdoridan kelib chiqib, xodim xizmatni ichki ishlar organlari tizimida oʻtagan boʻlsa Vazirlikning tegishli tarkibiy tuzilmasi yoki xodim xizmatni taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idoralarida oʻtagan taqdirda Vazirlik tomonidan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodimning Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida oʻqishi uchun sarflangan mablagʻlarni hisoblashda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar tarkibining ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kursantga toʻlangan stipendiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiyim-kechak taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kursantlarning ish oʻrganish amaliyotini (stajirovkani) tashkil etish bilan bogʻliq xizmat safari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl xarajatlari (tinglovchilar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat budjetidan 1 ta kursant yoki tinglovchi uchun 1 yilda sarflanadigan mablagʻning belgilangan qiymati har yili 1-aprelga qadar Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasi yoki Vazirlikning oʻtgan moliya yili koʻrsatkichlaridan kelib chiqib hisoblanadi hamda tegishli rahbar tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat budjetidan 1 ta kursant uchun 1 yilda sarflanadigan mablagʻ quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SMY = (POʻIH + S + DV + KK + OO + XSX) / SHS,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SMY — 1 yilda davlat budjetining 1 ta kursant uchun sarflanadigan mablagʻlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
POʻIH — professor-oʻqituvchilar tarkibi ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — stipendiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DV — dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KK — kiyim kechak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OO — oziq-ovqat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XSX — xizmat safari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHS — kursantlarning umumiy soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat budjetidan 1 ta tinglovchi uchun 1 yilda sarflanadigan mablagʻ quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SMY = KK + YX,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SMY — 1 yilda davlat budjetining 1 ta tinglovchi uchun sarflanadigan mablagʻlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KK — kiyim-kechak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YX — yoʻl xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xodim Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida oʻqishining butun davri uchun sarflangan davlat budjeti mablagʻlarining miqdori har yili kursant yoki tinglovchi uchun sarflangan davlat budjeti mablagʻlarining yigʻindisini qoʻshgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida taʼlim olganlik uchun xodimlar tomonidan qoplanishi kerak boʻlgan davlat budjeti mablagʻlarining miqdori quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MM — mablagʻlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXY — xodim Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasini yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin ichki ishlar organlarida yoki taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idorasida toʻliq xizmat oʻtagan yillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXO — xodim ichki ishlar organlaridan yoki taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idorasidan xizmatdan boʻshatilgan yiliga kelib toʻliq xizmat oʻtagan oylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XOʻK — xodim xizmatdan boʻshatilish yilida ichki ishlar organlarida yoki taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idorasida xizmat oʻtagan kunlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SBMM — oʻqishning butun davri uchun sarflangan davlat budjeti mablagʻlarining miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Men, ___________________________________________________________________________________________ga (Oʻzbekiston Respublikasi IIV yoki xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasi nomi) oʻqishga kirishga nomzod _______________________________________________________________________ oʻqishga (F.I.O.)
qabul qilinsam men bilan tuziladigan shartnoma shartlarini oʻqishni tamomlaganimdan soʻng bajarmaganligim sababli, zaxiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
__________________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
20___ yil “____” ________________
Biz, ______________________________________________________________________________________ga oʻqishga (Oʻzbekiston Respublikasi IIV yoki xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasi nomi)
oʻqishga qabul qilinsa u bilan tuziladigan shartnoma shartlarini oʻqishni tamomlaganidan soʻng bajarmaganligi sababli, zaxiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, moddiy javobgarligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan fuqaro (kursant) bilan oʻqish (xizmat oʻtash) va oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida SHARTNOMA 1. Shartnoma predmeti Men ____________________________________________________________________________________________(F.I.O.) ________________________________________________________________________________________________(Tugʻilgan sanasi, oyi va yili)
(bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) nomidan _______________________________________________________bilan ixtiyoriy
(Oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻining unvoni va F.I.O.)
ravishda kursant sifatida ____________________________________ da ______________________ oʻqish va oʻqishni
(Oliy harbiy taʼlim muassasaning nomi)
(Oʻqish davri)
tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida ushbu shartnoma tuzildi.
2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Kursantning huquqlari: a) qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklardan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarni hisobga olgan holda foydalanish; b) komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishlari hamda shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishiga; v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hisobidan pul va moddiy taʼminlanish; g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat pensiya taʼminoti, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish; d) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim olish; e) hayoti va sogʻligʻini himoyalash; j) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda xizmat oʻtash haqida shartnoma tuzish va uni bekor qilish; z) xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga mos keladigan xizmat sharoitlariga ega boʻlish; i) davlat tomonidan sugʻurtalanish; k) xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga kelgan tortishuvlarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; l) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalarni olish. 2.2. Kursantning majburiyatlari: a) kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyachisi — ofitser sifatida xizmat olib borish uchun zarur boʻlgan bilim hamda koʻnikmalarni sidqidildan va qunt bilan egallashni; b) oʻqish davri mobaynida kursant (xodim) sifatida xizmat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan umummajburiy, funksional va maxsus majburiyatlarni vijdonan ado etishni; v) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida taqsimot boʻyicha oʻzi yuborilgan vazirlik yoki boshqa davlat idorasi bilan ofitserlar tarkibi lavozimlarda xizmat oʻtash toʻgʻrisida shartnoma tuzishni; g) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashni; d) shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun oʻqitishga sarflangan davlat budjeti mablagʻlarini qaytarishni. 2.3. Vazirlikning huquqlari: a) xizmat oʻtash tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda kursant (xodim)ni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq va erkinliklaridan cheklash; b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida shartnoma tuzish va uni bekor qilish; v) kursant (xodim) bilan yuzaga kelgan nizolarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; g) kursant (xodim)ni Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyalash hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat-jangovar vazifalarni bajarishga yuborish; d) oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin xodimni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Qurolli Kuchlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda taqsimot boʻyicha Oʻzbekistonning har qanday mintaqasiga xizmat oʻtash uchun yuborish. 2.4. Vazirlikning majburiyatlari: a) oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinadigan nomzodni taʼlim olish va kelgusida xizmat oʻtash shartlari bilan tanishtirish; b) nomzodni xizmat oʻtashning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka duchor boʻlishi mumkinligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan baʼzi huquq va erkinliklarining cheklanishi haqida ogohlantirish. v) mazkur shartnomani tuzgan kursant (xodim) va uning oila aʼzolari huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash; g) kursant (xodim)ni majburiy sugʻurta qilishni taʼminlash; d) kursant (xodim)ni belgilangan pul va moddiy taʼminot bilan taʼminlash; e) kursant (xodim)ga taʼlim standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berilishini kafolatlash; j) kursant (xodim)ga tegishli taʼlim olish va yashash sharoitlarini yaratish; z) kursant (xodim)ga xizmat majburiyatlarini bajarishda sogʻligʻiga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash; i) oliy harbiy taʼlim muassasasida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari hamda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli topshirib oʻqishni tamomlagan kursantga ofitser unvoni berilganidan keyin, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat oʻtash imkoniyatini berish.
3. Tomonlarning javobgarligi
3.1. Tomonlar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart; 3.2. Shartnoma shartlariga rioya qilmaganlik uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
4. Shartnomani bekor qilish tartibi
4.1. Kursant oliy harbiy taʼlim muassasasidan shartnoma amal qilish muddati tugashidan avval kursantlar safidan chetlashtirilganida; 4.2. Kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchirilishi kunidan boshlab; 4.3. Kursant (xodim) ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda; 4.4. Kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda; 4.5. Amal qilish muddati tugaganida.
5. Yakuniy qoidalar
5.1. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 5.2. Ushbu shartnoma 20_____yil “_____”_________________gacha amal qiladi. 5.3. Shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzildi va ular bir xil yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan fuqaro (tinglovchi) bilan oʻqish (xizmat oʻtash) va oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida SHARTNOMA 1. Shartnoma predmeti Men _____________________________________________________________________________________________(F.I.O.) _________________________________________________________________________________________________(Tugʻilgan sanasi, oyi va yili)
(bundan buyon matnda tinglovchi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) nomidan _______________________________________________________________bilan
(Vazirlik mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni va F.I.O.)
ixtiyoriy ravishda kursant sifatida _______________________________________________ da _________________
(Xorijiy davlat oliy taʼlim muassasaning nomi)
(Oʻqish davri)
oʻqish va oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida ushbu shartnoma tuzildi.
2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Tinglovchining huquqlari: a) qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklardan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarni hisobga olgan holda foydalanish; b) komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishlari hamda shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishiga; v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hisobidan pul va moddiy taʼminlanish; g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat pensiya taʼminoti, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish; d) belgilangan taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim olish; e) hayoti va sogʻligʻini himoyalash; j) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda xizmat oʻtash haqida shartnoma tuzish va uni bekor qilish; z) xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga mos keladigan xizmat sharoitlariga ega boʻlish; i) davlat tomonidan sugʻurtalanish; k) xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga kelgan tortishuvlarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; l) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalarni olish. 2.2. Tinglovchining majburiyatlari: a) kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyachisi — ofitser sifatida xizmat olib borish uchun zarur boʻlgan bilim hamda koʻnikmalarni sidqidildan va qunt bilan egallashni; b) oʻqish davri mobaynida tinglovchi (xodim) sifatida xizmat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasi boshligʻining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan umummajburiy, funksional va maxsus majburiyatlarni vijdonan ado etishni; v) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida taqsimot boʻyicha oʻzi yuborilgan vazirlik yoki boshqa davlat idorasi bilan ofitserlar tarkibi lavozimlarda xizmat oʻtash toʻgʻrisida shartnoma tuzishni; g) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashni; d) shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun oʻqitishga sarflangan davlat budjeti mablagʻlarini qaytarishni. 2.3. Vazirlikning huquqlari: a) xizmat oʻtash tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda tinglovchi (xodim)ni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq va erkinliklaridan cheklash; b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida shartnoma tuzish va uni bekor qilish; v) tinglovchi (xodim) bilan yuzaga kelgan nizolarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; g) tinglovchi (xodim)ni Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyalash hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat-jangovar vazifalarni bajarishga yuborish; d) oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin xodimni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Qurolli Kuchlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda taqsimot boʻyicha Oʻzbekistonning har qanday mintaqasiga xizmat oʻtash uchun yuborish. 2.4. Vazirlikning majburiyatlari: a) xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga yuborilayotgan nomzodni taʼlim olish va kelgusida xizmat oʻtash shartlari bilan tanishtirish; b) nomzodni xizmat oʻtashning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka duchor boʻlishi mumkinligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan baʼzi huquq va erkinliklarining cheklanishi haqida ogohlantirish. v) mazkur shartnomani tuzgan tinglovchi (xodim) va uning oila aʼzolari huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash; g) tinglovchi (xodim)ni majburiy sugʻurta qilishni taʼminlash; d) tinglovchi (xodim)ni belgilangan pul va moddiy taʼminot bilan taʼminlash; e) tinglovchi (xodim)ga taʼlim standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berilishini kafolatlash; j) tinglovchi (xodim)ga tegishli taʼlim olish va yashash sharoitlarini yaratish; z) tinglovchi (xodim)ga xizmat majburiyatlarini bajarishda sogʻligʻiga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash; i) xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlagan tinglovchiga ofitser unvoni berilganidan keyin, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat oʻtash imkoniyatini berish.
3. Tomonlarning javobgarligi
3.1. Tomonlar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart; 3.2. Shartnoma shartlariga rioya qilmaganlik uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
4. Shartnomani bekor qilish tartibi
4.1. Tinglovchi xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasidan shartnoma amal qilish muddati tugashidan avval tinglovchilar safidan chetlashtirilganida; 4.2. Tinglovchi (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchirilishi kunidan boshlab; 4.3. Tinglovchi (xodim) ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda; 4.4. Tinglovchi (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbeyiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda; 4.5. Amal qilish muddati tugaganida.
5. Yakuniy qoidalar
5.1. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 5.2. Ushbu shartnoma 20_____yil “_____”_________________gacha amal qiladi. 5.3. Shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzildi va ular bir xil yuridik kuchga ega.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2018-y., 10/18/2998/1074-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)