Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 2-oktabr,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-yil, 7-son, 26-modda; 1996-yil, 12-son, 39-modda; 2000-yil, 4-son, 18-modda):
a) 3-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
b) Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomda:
6-bandning uchinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7-bandning uchinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan keyin “ulgurji va chakana dorixona muassasalari tomonidan esa yalpi daromaddan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 4-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi “tibbiyot buyumlari” soʻzlaridan soʻng “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan import boʻyicha olib kelinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlaridan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qaroriga 21-ilovaning 2-bandi “tovar aylanishidan” soʻzlaridan soʻng “ulgurji va chakana dorixona muassasalari esa yalpi daromadidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.