Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1675-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son “Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-aprel,
72-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-aprel,
288-V-5-son
Kelishilgan:
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
2018-yil 6-aprel
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. M. ANARBOYEV
2018-yil 6-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 6-apreldagi 72, 288-V-5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30 va 288-V-son “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 168-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8 va 1/2-son “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1675-1, 2011-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son,145-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-fevraldagi 10 va 288-V-2-son “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1675-2, 2015-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 85-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-sentabrdagi 86 va 288-V-3-son “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1675-3, 2015-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 515-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 15-avgustdagi 62 va 288-V-4-son “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1675-4, 2016-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 33-son, 399-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 10/18/1675-5/1067-son)