1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus vakil qilingan davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda tugatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlarga malaka sertifikatlarini berish, amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori asosida oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlarini 2001-yil 1-oktabrgacha mazkur qaror talablariga muvofiq belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar va auditorlik faoliyatini amalga oshirishga yangi namunadagi litsenziya bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan muddatda qayta roʻyxatdan oʻtmagan auditorlik tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar idoraviy meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishini va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hukumatning ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektdan jarima undirishning yagona tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi jarima solish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayigacha yillik moliyaviy hisobot auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik xulosasi mavjud emasligi xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt oldingi yil uchun oʻz yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1-mayigacha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom boʻlgandan keyin 15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlash xoʻjalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanishiga olib keladi. Xoʻjalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlash xoʻjalik subyektidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlangan taqdirda xoʻjalik subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xoʻjalik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa — jarima soliq organi tomonidan solinadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jarima qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xoʻjalik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq boʻlgan yalpi jarima xoʻjalik subyektiga jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilgan holda undirib olinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jarima stavkalari tabaqalashtirilgan va majburiy tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot yili oxirida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi tushumi miqdoriga qarab belgilanadigan miqdorlarda undirib olinadi.
Bir yilda mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan yalpi tushum miqdori (QQS ham shu jumlaga kiradi)**
Eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravari
eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravarigacha
Eng kam oylik ish haqi miqdorining 75 baravari
eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravaridan 15 ming baravarigacha
Eng kam oylik ish haqi miqdorining 100 baravari
eng kam oylik ish haqi miqdorining15 ming baravaridan ortiq
(7-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jarima miqdorini aniqlashda eng kam oylik ish haqining jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan sanadagi miqdoridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Budjetdan tashqari va xayriya jamgʻarmalari uchun yalpi tushum deganda amaldagi tushumlar, shu jumladan aʼzolik badallari tushuniladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq organlari quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha auditorlik tekshiruvi oʻtkazgan auditorlik tashkilotini koʻrsatib oʻtgan holda majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻllanilgan jarima sanksiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi har yili 20-fevralgacha va 20-iyulgacha litsenziya beruvchi organga ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularga nisbatan oʻtgan yil va joriy yilning birinchi yarmi uchun qoʻllanilgan jarima sanksiyalari toʻgʻrisida umumlashma axborot taqdim etadi. Bunda har bir majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha mazkur tekshiruvni olib borgan auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazo choralarini qoʻllamaganligi uchun soliq organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditorlik faoliyati auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi, auditorlik tashkilotlarining kasb xizmatlari koʻrsatishlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik subyektlarini oʻz tashabbusiga koʻra va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga, aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Litsenziyalovchi organning auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish, berishni rad etish, uning amal qilishini tugatish, uning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki litsenziyaning amal qilishini tiklash, shuningdek uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza (mazkur Nizomga 1-ilova) taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatdagi auditorlarning, shu jumladan buxgalterlik xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning, ularning ushbu Nizomda belgilangan eng kam soniga muvofiq boʻlgan shtatdagi auditor malaka sertifikatlari hamda buxgalter xalqaro sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchalarining notarial tasdiqlangan nusxalari va asosiy ish joyi boʻyicha shtatdagi auditorlarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga toʻgʻri keladigan miqdorda ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning tegishli turi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitalining toʻliq shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
(4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bankning toʻlov hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Litsenziya olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkiloti hujjatlarini koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun (litsenziyalovchi organga ariza taqdim etilgan kunidagi) eng kam ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkiloti hujjatlarni koʻrib chiqish davrida bergan arizasini qaytarib olgan holda yigʻim qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Litsenziya belgilangan namunadagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi (mazkur Nizomga 2-ilova)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida bildirish xati yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi bildirish xati yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yuboriladi (topshiriladi), unda davlat boji toʻlanadigan bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatib oʻtiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolangandan soʻng litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berganlik uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziyaning asl nusxasi reyestrga imzo qoʻydirgan holda auditorlik tashkiloti rahbariga yoxud boshqa shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida beriladi. Litsenziya nusxasi litsenziyalovchi organda belgilangan tartibda saqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi, hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash maʼlumotlar boʻlganligi, shuningdek, auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya berilishini rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi va auditorlik tashkilotiga yozma shaklda yuborilishi kerak, unda rad etish sabablari va auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatib oʻtiladi. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga koʻpi bilan 15 kun muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotining barcha zarur hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkiloti arizasini takroriy koʻrib chiqishda litsenziya berishning ushbu litsenziyani berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish maqsadida berilgan muddat tugagandan soʻng berilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(14-20-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki oʻrni (pochta manzili) oʻzgargan hollarda, auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishlari shartdir.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat litsenziyalovchi organga auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita, yoxud hujjatlar olinganligini bildirib qoʻyish sharti bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga, auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dublikat berilishi mumkin.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda auditorlik tashkiloti yoʻqotib qoʻyilgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga, shuningdek, eʼlonni litsenziyalovchi organga taqdim etishga majburdir.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar auditorlik tashkiloti oʻz faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Mazkur Nizom 21-bandining birinchi xatboshi talablari buzilgan holda auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Auditorlik tashkilotiga nisbatan qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, auditorlik faoliyati standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya olinayotganda va auditorlik faoliyati amalga oshirilayotganda mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitaliga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatda auditorlar sonining mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalter sertifikatining boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning sir saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik xizmatlari koʻrsatishda shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat ushbu auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba litsenziyalovchi organda attestatsiyadan oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz pochta manzili oʻzgargani toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni 10 kun muddatda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir yilda bir marta, belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa axborotlarni litsenziyalovchi organ talabi boʻyicha taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlar ishlari sifatining nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni 5 kun muddatda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilish.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 baravari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 baravari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning kamida bittasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega boʻlishi;
(261-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 ming baravari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga, ularning ikkitasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng kam soniga nisbatan qoʻyilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlik shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan toʻliq toʻldirilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya olingandan soʻng ushbu band talablariga toʻgʻri kelmagan taqdirda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgandan boshlab 5 kun davomida litsenziya beruvchi organni yozma ravishda xabardor qiladi hamda koʻrsatilgan sanadan boshlab kamida 3 oy muddatda yuzaga kelgan nomuvofiqlikni bartaraf etishi, yoki boshqa turdagi auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish yoxud belgilangan tartibda oʻz faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu bandning talablariga nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar auditorlik tekshiruvini oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori asosida beshinchi-oltinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning pul mablagʻlaridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi.
(262-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishini tekshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga yoxud oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqlidir.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish, tiklash va bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziyaning amal qilishi auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlangan, shuningdek litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmagan taqdirda toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilaydi. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan davrda auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyatni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etishda litsenziyalovchi organ yoki litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud koʻrsatib oʻtilgan holatlarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Basharti auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan holatlarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini ushbu bandning beshinchi—yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatish sud qaroriga koʻra, boshqa hollarda esa — litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, asosli sababi koʻrsatilgan holda, u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida litsenziyalovchi organga va yoʻq qilish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa turlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisining mavjud emasligi;
(34-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-sentabrdagi 247-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 455-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organning tekshiruvlaridan boʻyin tovlash.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlansa;
(35-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirish xati yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy davomida litsenziyalovchi organga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan boʻlsa, yoxud litsenziya bitimini tasdiqlamagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holda bekor qilish sud tartibida, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(35-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(36-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya oʻn kun davomida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya bekor qilingan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, yangilash, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan oʻrni (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefon (faks) raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislarning ustav sarmoyasidagi ulushlari toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda auditor malaka sertifikatining sanasi, uning tartib raqami, shuningdek, auditorlar tashkilotida ishlovchilarning malaka sertifikatlarining tartib raqamlari va sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
(38-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarning amalda boʻlishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, tiklash va bekor qilish asoslari va sanalari;
(38-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va sanalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Litsenziyalovchi organning qarorlari ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________________________(auditorlik tekshiruvining turi) ni oʻtkazish boʻyicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ariza beruvchining nomi _____________________________________________
2. Pochta manzili ______________________________________________________
Telefon _________, telefaks ___________, soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami ____________
Bank rekvizitlari _____________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun LITSENZIYA
Seriya _________
№ ________
Toshkent shahri
200__ yil “____” ____________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 200__ yil “___” ____________dagi______ -son buyrugʻiga muvofiq _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ (auditorlik tashkilotining nomi)
_____________________________________________________________ (auditorlik tashkilotining pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ______________________________
(auditorlik tekshiruvining turi)
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Vakolatli shaxsning imzosi M.Oʻ
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 99-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shuningdek auditorlik faoliyatining milliy standartlarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogarlarga auditor malaka sertifikatini olishlari uchun malaka talablarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqini beruvchi malaka imtihonini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib turadi, toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi, shuningdek bu maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning malaka sertifikatini beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy nazoratni mustahkamlash va xoʻjalik faoliyatiga moliyaviy nazoratning auditorlik shakllarini joriy etish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 23-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom II boʻlimining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.