1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xoʻjalik faoliyati soliq organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus vakil qilingan davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, koʻrsatib oʻtilgan litsenziyalarning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish, toʻxtatish va ularni bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Auditorlik tashkilotlari uchun ustav sarmoyasining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida belgilansin. Bunda yangidan tashkil etiladigan auditorlik tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan ustav sarmoyasini shakllantirishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlari 2001-yil 1-sentabrgacha ustav sarmoyasining eng kam miqdorini eng kam oylik ish haqining 1200 baravari miqdoriga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlarini 2001-yil 1-oktabrgacha mazkur qaror talablariga muvofiq belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar va auditorlik faoliyatini amalga oshirishga yangi namunadagi litsenziya bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan muddatda qayta roʻyxatdan oʻtmagan auditorlik tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar idoraviy meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishini va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hukumatning ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-noyabrdagi 266-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektdan jarima undirishning yagona tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi jarima solish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayigacha yillik moliyaviy hisobot auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik xulosasi mavjud emasligi xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlashi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt oldingi yil uchun oʻz yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1-mayigacha auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom boʻlgandan keyin 15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy auditorlik tekshirishni oʻtkazishdan boʻyin tovlash sababi yuzasidan auditorlik xulosasi mavjud boʻlmaganda xoʻjalik yurituvchi subyektga jarima sud tartibida, uning tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olinganda va jarima ixtiyoriy ravishda toʻlanganda esa — soliq organi tomonidan solinadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari koʻrsatib oʻtilgan xatti-harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jarima jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida undiriladi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan jarima miqdori soliq haqidagi qonunlarga muvofiq penya hisoblangan holda soʻzsiz undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jarima stavkalari tabaqalashtirilgan va majburiy tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot yili oxirida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi tushumi miqdoriga qarab belgilanadigan miqdorlarda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlanadigan jarimalar toʻliq miqdorda respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq organlarining mansabdor shaxslari majburiy auditorlik tekshirishini oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni qoʻllamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditorlik faoliyati auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi, auditorlik tashkilotlarining kasb xizmatlari koʻrsatishlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Litsenziyalovchi organning auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish, berishni rad etish, uning amal qilishini toʻxtatish, uni bekor qilish, amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza (mazkur Nizomga 1-ilova) taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bankning toʻlov hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Litsenziya olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkiloti hujjatlarini koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun (toʻlov kunidagi) eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Litsenziya belgilangan namunadagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi (mazkur Nizomga 2-ilova)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan soʻng uch kun mobaynida bildirish xati yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi bildirish xati litsenziya bitimi loyihasi ilova qilingan holda yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yuboriladi (topshiriladi), unda davlat boji toʻlanadigan bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolangandan soʻng litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berganlik uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi, hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash maʼlumotlar boʻlganligi, shuningdek, auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya berilishini rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi va auditorlik tashkilotiga yozma shaklda yuborilishi kerak, unda rad etish sabablari va auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga koʻpi bilan 15 kun muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotining barcha zarur hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotining litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish maqsadida berilgan muddat tugagandan soʻng berilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(14-20-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki oʻrni (pochta manzili) oʻzgargan hollarda, auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishlari shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat litsenziyalovchi organga auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita, yoxud hujjatlar olinganligini bildirib qoʻyish sharti bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga, auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dublikat berilishi mumkin.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda auditorlik tashkiloti yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga, shuningdek, eʼlonni litsenziyalovchi organga taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatida kamida ikki nafar auditor boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqillikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav sarmoyasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz pochta manzili oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotni litsenziyalovchi organ talabiga koʻra taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga yoxud oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqlidir.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish, tiklash va bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziyaning amal qilishi auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlangan, shuningdek litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmagan taqdirda toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilaydi. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan davrda auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyatni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etishda litsenziyalovchi organ yoki litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud koʻrsatib oʻtilgan holatlarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Basharti auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan holatlarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini ushbu bandning beshinchi—yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatish sud qaroriga koʻra, boshqa hollarda esa — litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, asosli sababi koʻrsatilgan holda, u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida litsenziyalovchi organga va yoʻq qilish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa turlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirish xati yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy davomida litsenziyalovchi organga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan boʻlsa, yoxud litsenziya bitimini tasdiqlamagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda bekor qilish sud tartibida, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
(36-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya oʻn kun davomida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, yangilash, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan oʻrni (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefon (faks) raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislarning ustav sarmoyasidagi ulushlari toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda auditor malaka sertifikatining sanasi, uning tartib raqami, shuningdek, auditorlar tashkilotida ishlovchilarning malaka sertifikatlarining tartib raqamlari va sanalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
(38-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarning amalda boʻlishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, tiklash va bekor qilish asoslari va sanalari;
(38-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va sanalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Reyestrdagi axborot manfaatdor shaxslarning u bilan tanishib chiqishlari uchun ochiq hisoblanadi va yozma holdagi soʻrovga koʻra reyestrdan koʻchirma tariqasida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bir auditorlik tashkilotiga nisbatan reyestrdan olingan axborotni berganlik uchun eng kam ish haqining (axborot taqdim etish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadagi) yarmi miqdorida haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga reyestrdan olingan axborot bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Reyestrdan olingan axborotni taqdim etish muddati tegishli ariza berilgan sanadan boshlab (uni taqdim etganlik uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilgan taqdirda) uch kundan oshib ketishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun LITSENZIYA
Seriya _________
№ ________
Toshkent shahri
200__ yil “____” ____________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 200__ yil “___” ____________dagi______ -son buyrugʻiga muvofiq __________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________ (auditorlik tashkilotining nomi)
___________________________________________________________________________________ (auditorlik tashkilotining pochta manzili, STIR va boshqa rekvizitlari)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, shuningdek auditorlik faoliyatining milliy standartlarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogarlarga auditor malaka sertifikatini olishlari uchun malaka talablarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olishi uchun oʻqitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqini beruvchi malaka imtihonini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib turadi, toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi, shuningdek bu maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning malaka sertifikatini beradi, ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi va ularni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlarning reyestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyaviy nazoratni mustahkamlash va xoʻjalik faoliyatiga moliyaviy nazoratning auditorlik shakllarini joriy etish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-maydagi 198-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 23-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom II boʻlimining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.