OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA NOIShLAB ChIQARISh SOhA XODIMLARINING LAVOZIM MAOShLARI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol mollari va xizmatlari narxlarining oshishi davom etayotganligi va aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash zarurligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 1-yanvardan boshlab xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, fan, davlat muassasalari va uy-joy-kommunal xoʻjaligi tarmoqlari xodimlarining ish haqi, respublika Hukumati belgilagan kompensatsiyalarni hisobga olgan holda, 2 baravar oshirilsin.
2. Oliy oʻquv yurtlari talabalariga, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilariga beriladigan stipendiyalar, agar ular respublika Hukumatining qarorlariga muvofiq kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlanmaydigan boʻlsalar, 1992-yil 1-yanvardan boshlab 2,2 baravar (bunda 1-ilovaga muvofiq imtiyozli ovqatlanishga qoʻshimcha haq avvalgi miqdorida saqlab qolinsin), aspirantlar va doktorantlarniki esa 2 baravar oshirilsin.
3. 1992-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish haqi va mehnat pensiyasining eng oz miqdori (kompensatsiyani hisobga olgan xolda) oyiga 350 sum, fuqarolarning soliq qilinmaydigan eng oz daromadi miqdori oyiga 350 soʻm qilib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Mudofaa ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy Sudi, Oliy hakamlik sudi, Prokuraturasi, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Oʻzbekiston arxivlar bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari organlari bilan birgalikda xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, fan, davlat muassasalari va uy-joy-kommunal xoʻjaligi tarmoqlari (nomoddiy ishlab chiqarish sohalari) xodimlari tarif stavkalari va maoshlarining yangi miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinflar oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” 1990-yil 13-noyabrdagi Farmonining amal qilishi 1992-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarga ham tatbiq etilsin:
maktabgacha va maktabdan tashqari bolalar muassasalarining tarbiyachilariga, oʻqituvchilariga, respublika hunar-texnika taʼlimi tizimining oʻqituvchilariga va ishlab chiqarish ustalariga;
bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining, olimpiya rezervlari maktablarining direktorlariga, direktor oʻrinbosarlariga, oʻrgatuvchi-oʻqituvchilariga, yoʻriqchi-metodistlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining bolalar musiqa maktablari va sanʼat maktablari direktorlariga, direktor oʻrinbosarlariga, oʻqituvchilariga, konsertmeystyerlariga;
internat maktablar va bolalar uylarining maxsus fanlar oʻqituvchilariga va musiqa rahbarlariga.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi 1992-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarning eng oz miqdorlarini 2-ilovaga muvofiq qayta hisoblab chiqishni taʼminlasin.
7. 1992-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruv organlari (ichki ishlar va milliy xavfsizlik organlaridan tashqari), respublika adliya, sud va prokuratura organlari, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi xodimlarining, mahalliy Kengashlar rahbarlarining lavozim maoshlari, kompensatsiyalarni hisobga olgan holda, 2 baravar koʻpaytirilsin.
8. Respublika mahalla qoʻmitalari raislarining va masʼul kotiblarining lavozim maoshlari 2 baravar oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning 1992-yilgi budjetida koʻrsatilgan aholi toifalarining pensiyalarini, stipendiyalari va ish haqlarini oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin, bunda ushbu maqsadlarga budjetdan tashqari va boshqa manbalarni jalb qilishni taʼminlashni hisobga olsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki mazkur qarorda belgilangan miqdorlardan kelib chiqqan holda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar va nafaqalar toʻlashga naqd pul berishni taʼminlasinlar,
11. Belgilab qoʻyilsinki, lavozim maoshlarini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarning 20 foizi boshqaruv organlari apparati xodimlari sonini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilgan tartibga rioya etilishini nazorat qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Belgilab qoʻyilsinki, viloyatlar va shaharlar xodimlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash sharoitlari boʻyicha Toshkent shahri “guruhdan tashqari” viloyatlar toifasiga tenglashtirilsin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash sharoitlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati ikkinchi guruhdan birinchi guruhga oʻtkazilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda KPSS Markaziy Komiteti, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning 1986-yil 17-sentabrdagi 1115-son qarori bilan tasdiqlangan xalq xoʻjaligining ishlab chiqarish tarmoqlarida amalda boʻlgan tarif stavkalarini, 4,375** koeffitsiyentini qoʻllagan holda, qayta hisoblab chiqsin. Korxonalar rahbarlari, mutaxassislari va xizmatchilarining lavozim maoshlari, kompensatsiyalarni hisobga olgan holda, 2 baravar koʻpaytirilsin.
** (4,375 — koeffitsiyent (doimiy meʼyor)
4,375 koeffitsiyenti — KPSS Markaziy Komiteti, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning 1986-yil 17-sentabrdagi 1115-son qarori bilan xalq xoʻjaligining ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalarining xodimlari uchun belgilangan amaldagi ish haqining eng oz miqdori darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 29-dekabrdagi Farmoni bilan belgilangan ish haqining eng oz miqdori oʻrtasidagi nisbatlarning kattaligidir (350 soʻm : 80 soʻm = 4,375).
Yangi joriy qilinadigan tarif stavkalari amaldagi tarif stavkalarini 4,375 koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan belgilanadi, bunda malaka guruhlari oʻrtasida qaror topgan miqyoslar buzilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va xoʻjaliklar 1992-yilda ishlovchilarning ish haqini, uning belgilangan eng oz miqdorini hisobga olgan holda, yanada koʻpaytirishni taʼminlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsinlar, bunda erkin va shartnomaviy narxlardan keng foydalanishni, isteʼmol fondi boʻyicha barcha cheklashlarni bekor qilishni, ishlab chiqarishni oʻstirishning mavjud rezervlarini jalb qilishni koʻzda tutsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruv organlari apparati, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlari toʻgʻrisida” 1991-yil 23-noyabrdagi 298-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida, mazkur qarordan kelib chiqqan xolda, amaldagi qonunchilikka oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasinlar va kiritsinlar.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlari — komplekslarning rahbarlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-yanvar,
3-son
OLIY, OʻRTA MAXSUS OʻQUV YuRTLARI VA HUNAR-TEXNIKA BILIM YuRTLARI TALABALARI VA OʻQUVChILARIGA BERILADIGAN STIPENDIYALAR MIQDORLARI
|
Talabalar va oʻquvchilarning toifalari |
Oyiga soʻm hisobida |
| Oliy oʻquv yurtlarida: | |
| Oʻzlashtiruvchi talabalarga | 265 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 295 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 330 |
| Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan talabalarga | 350 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga |
405 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 330 |
| Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan talabalarga | 350 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 405 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 460 |
| Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan, davlat taʼminotida boʻlgan talabalarga | 220 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 250 |
| faqat aʼlo oʻqiydigan talabalarga | 285 |
| Baynalmilal burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan talabalarga | 395 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 430 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 460 |
| Toʻla davlat taʼminotida boʻlgan talabalarga | 120 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 135 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 150 |
| Tayyorlov boʻlimlarining oʻquvchilariga | 175 |
| Huqumat qaroriga muvofiq toʻla davlat taʼminotida turgan talabalarga | 50 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqi�digan talabalarga | 65 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 80 |
| Sobiq baynalmilalchi jangchi boʻlgan talabalarga | 350 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 385 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 420 |
| Toʻla davlat taʼminotida boʻlgan talabalarga | 100 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 115 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 130 |
| Sobiq ittifoq organlarining buyruqlari bilan belgilangan mutaxassislikl�r boʻyicha oliy oʻquv yurtlarida oʻqiydigan talabalarga: | 330 |
| (SSSR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim ministrligining 1987-yil 11-maydagi 330-son, 1987-yil 12-iyundagi 420-son va SSSR Davlat xalq taʼlimi komitetining 1989-yil 20-yanvardagi 8s-son va 1990-yil 9-apreldagi 21s-son buyruqlari) | |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 375 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan talabalarga | 420 |
| Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Sotsialistik Mehnat Qahramonlari boʻlgan talabalarga | 460 |
| shulardan: | |
| V. I. Lenin nomli va Karl Marks nomli stipendiyalar | 460 |
| Hukumat qarorlari bilan taʼsis etilgan atoqli fan, texnika va madaniyat arboblari nomlaridagi stipendiyalar | 440 |
| Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan taʼsis etilgan atoqli fan, texnika va madaniyat arboblari nomlaridagi stipendiyalar | 420 |
| ayrim fanlarni oʻrganishdagi va fan-texnika ijodkorlariga alohida muvaffaqiyatlari uchun ilmiy Kengash qarori boʻyicha belgilanadigan shaxsiy stipendiyalar | 380 |
| Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz koʻp stipendiya berish nazarda tutilgan | |
| Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida: | |
| Oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarga: | 220 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 240 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 275 |
| Yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan oʻquvchilarga | 350 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 405 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 460 |
| Yetimlikda va ota-ona qarovsiz oʻsgan, davlat taʼminotida turgan oʻquvchilarga | 175 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 200 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 230 |
| Hukumat qarorlariga muvofiq toʻla davlat taʼminotida boʻlgan oʻquvchilarga | 40 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 50 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 65 |
| Baynalmilalchi jangchi boʻlgan oʻquvchilarga | 305 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 340 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 375 |
| Toʻla davlat taʼminotida boʻlgan oʻquvchilarga | 80 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 90 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 105 |
| Baynalmilal burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan, sobiq harbiy xiematchi boʻlgan oʻquvchilarga | 395 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 430 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 460 |
| Toʻla davlat taʼminotida boʻlgan oʻquvchilarga | 110 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 125 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 140 |
| Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari boʻlgan oʻquvchilarga | 460 |
| Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga yuqorida belgilanganidan 50 foiz koʻp stipendiya berish nazarda tutilgan | |
| Hunar-texnika bilim yurtlarida: | |
| Oʻqish muddati 10 oydan koʻp boʻlmagan barcha xildagi hunar-texnika bilim yurtlarining (qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida, suv | |
| xoʻjaligi qurilishida va oʻrmon xoʻjaligida ishlash uchun tayyorlaydiganlardan tashqari) oʻzlashtiruvchi oʻquvchilariga | |
| shulardan: | 175 |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 200 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 220 |
| Baynalmilalchi jangchilar boʻlgan oʻquvchilarga | 305 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 340 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 375 |
| Baynalmilalchi burchini bajarish chogʻidagi jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan oʻquvchilarga | 395 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 430 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 460 |
| Halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning va Ulugʻ Vatan urushining I va II guruh nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarning bolalari boʻlmish oʻquvchilarga | 200 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 220 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchilarga | 240 |
| Oʻqish muddati 10 oydan kam boʻlmagan barcha xildagi hunar-texnika bilim yurtlarining Huqumat qarorlariga muvofiq kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlanadigan oʻzlashtiruvchi oʻquvchilariga | 40 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 45 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 50 |
| Oilali oʻquvchilarga | 50 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 55 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 60 |
| Halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning va Ulugʻ Vatan urushining I va II guruh nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarning bolalari boʻlmish oʻquvchilarga | 60 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 70 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 85 |
| Oilali oʻquvchilarga | 70 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 80 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 95 |
| Baynalmilalchi jangchilar boʻlgan oʻquvchilarga | 80 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 90 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 105 |
| Baynalmilal burchini bajarish chogʻida jarohatlanish, kontuziya, yaralanish va orttirgan kasallik tufayli nogiron boʻlib qolgan, sobiq harbiy xizmatchi boʻlgan oʻquvchilarga | 110 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 125 |
| faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 140 |
| Davlat taʼminotida turgan, yetimlikda va ota-ona qarovisiz oʻsgan oʻquvchilarga | 175 |
| shulardan: | |
| faqat yaxshi, shuningdek, faqat yaxshi va aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 200 |
| Faqat aʼlo baholarga oʻqiydiganlarga | 230 |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 8-yanvardagi 3-son qaroriga
2-ILOVA
1992-yil 8-yanvardagi 3-son qaroriga
2-ILOVA
1992-YIL 1 YaNVARDAN BOShLAB PENSIYALARNING MIQDORI
|
Pensionyerlarning toifalari |
Oyiga soʻm hisobida |
| Qarilik boʻyicha | 350 |
| Qarilik boʻyicha, ish staji toʻliq boʻlmaganda, mavjud ish stajiga mutanosib ravishda, ammo undan kam boʻlmaganda | 175 |
| Koʻp yillik xizmati uchun | 350 |
| I va II guruh nogironligi boʻyicha | 350 |
| III guruh nogironligi boʻyicha | 175 |
| I va II guruh nogironligi boʻyicha, staji toʻliq boʻlmaganda, mavjud stajiga mutanosib ravishda, ammo undan kam boʻlmaganda | 175 |
| Boquvchisini yoʻqotganda, oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun | 175 |
| Ota-onasidan judo boʻlgan bolalar, shuningdek, vafot etgan yolgʻiz onaning bolalari, har bir bola uchun | 175 |
| I va II guruh nogironlari, shuningdek, bolalikdan I va II guruh nogironlari va 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar | 175 |
| II guruh nogironlari (bolalikdan nogironlardan tashqari), quyidagi yoshga kirgan shaxslarga: erkaklar — 65 yosh, ayollar — 60 yosh | 175 |
| Ishlamaydigan va mehnat stajiga ega boʻlmagan III guruh nogironlari | 105 |
| 10 va undan ortiq bolani tugʻib tarbiyalagan onaga | 350 |
| Mehnat pensiyalariga belgilanadigan ustamalarning miqdorlari | 350 va 175 |
Keyingi tahrirga qarang.
VAZIRLIKLAR, DAVLAT QOʻMITALARI, IDORALAR, ADLIYA, SUD VA PROKURATURA ORGANLARI XODIMLARI AYRIM TOIFALARINING LAVOZIM MAOShLARI
| |
Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, adliya, sud va prokuratura organlari |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh boshqarmalar va boshqa davlat boshqaruv organlari |
| Vazir, Oliy Sudning va Oliy hakamlik sudining raisi, respublika prokurori, davlat qoʻmitasining raisi |
|
1400 |
| Vazirning, Oliy Sud va Oliy hakamlik sudi, davlat qoʻmitasi raisining, prokurorning birinchi oʻrinbosari | 1400 |
1320 |
| Vazirning, Oliy Sud va Oliy hakamlik sudi, davlat qoʻmitasi raisining, prokurorning oʻrinbosari | 1340 |
1260 |
Izoh: Respublika iqtisodiyot organlari rahbarlarining lavozim maoshlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan shaxsan belgilanadi
Keyingi tahrirga qarang.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI XODIMLARI, MAHALLIY KENGAShLAR RAHBARLARI AYRIM TOIFALARINING LAVOZIM MAOShLARI
| |
Oylik lavozim maoshlari (oyiga soʻm hisobida) | ||||
| guruhdan tashqari |
viloyatlar guruhi boʻyicha | ||||
| 1 | 2 | 3 | |||
| Hokim | 2100 | 2000 | 1900 | 1800 | |
| Hokimning birinchi oʻrinbosari | 1800 | 1700 | 1600 | 1500 | |
| Hokimning oʻrinbosari | 1600 | 1500 | 1400 | 1360 | |
| Kotibiyat boshligʻi (Ishlar boshqaruvchisi) | 1500 | 1400 | 1350 | 1300 | |
| Boshqarma boshligʻi (boʻlim mudiri) | 1400 | 1360 | 1300 | 1260 | |
Lavozim maoshlari boʻyicha mazkur sharoitlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga, rais oʻrinbosarlariga, ishlar boshqaruvchisiga va boʻlim mudirlariga tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.