Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOVARLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI CHEGARASI ORQALI NOQONUNIY OLIB OʻTILISHINI BARTARAF ETISHGA DOIR FAOLIYATNI RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Tovarlar va boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda chegara xizmatlari va bojxona organlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning moddiy ragʻbatlantirilishini taʼminlash, shuningdek chegara va bojxona postlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasiga Milliy xavfsizlik xizmati huzurida budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil qilishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan budjetdan tashqari yagona Jamgʻarma mablagʻlaridan Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita hamda bojxona organlarining tovarlar va mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda bevosita qatnashuvchi harbiy xizmatchilari va xodimlarini ragʻbatlantirishda, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi harbiy xizmatchilarining ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni toʻlashida, shuningdek bojxona va chegara postlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda maqsadli foydalaniladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 11-son qarori tahririda OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 14-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. 2004-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar yoki boshqa boyliklarni sotishdan olingan mablagʻlarni taqsimlashning quyidagi tartibi belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
76 foizi — davlat budjetiga;
Keyingi tahrirga qarang.
16 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
(2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
3. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlarni sotish umumiy summasidan koʻrsatib oʻtilgan budjetdan tashqari yagona Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar teng ulushlarda qayta taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasiga — 8 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat bojxona qoʻmitasiga — 8 foiz hamda tegishli subhisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2004-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlarni oʻtkazish, ularni qayta taqsimlash hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-oktabr,
498-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 455-modda; 2009-y., 3-son, 14-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)