Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2633-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“adliya organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
roʻyxatga oluvchi organlar — Davlat xizmatlari markazlari;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
4-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
2-mb-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 5-aprel
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 5-aprel
Savdo sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 5-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2633-3/1053-son)