ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomlanishi |
Moliyalashtirish summasi va manbalari* |
Ijro muddati va amalga oshirish shakli |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Qimmatli baliq turlari va chavoqlarini intensiv yetishtirish uchun naslchilik-seleksiya ishlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida takomillashtirish | ||||
|
1. |
Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida baliqchilik stansiyasi bazasida yiliga 10 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish boʻyicha Rossiya Federatsiyasi bilan naslchilik-seleksiya qoʻshma korxona tashkil qilish. |
2 mlrd soʻm, |
2018 yil 1-avgustgacha
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Toshkent viloyati hokimligi (G. Ibragimov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Xolmurodov), “Ipoteka bank”ATIB (O. Musayev), tijorat banklari |
|
2. |
Jizzax viloyatida “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUKda yiliga 10 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish boʻyicha Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan naslchilik-seleksiya qoʻshma korxona tashkil qilish. |
1 mlrd soʻm, |
2019-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), DSQ (B. Musayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev), tijorat banklari |
|
3. |
Samarqand viloyatida hududiy “Samarqandbaliqsanoat” MCHJ bazasida yiliga 10 mln dona baliq chavoqlarini yetishtirish boʻyicha Vengriya Respublikasibilan naslchilik-seleksiya qoʻshma korxona tashkil qilish. |
1 mlrd soʻm, |
2019-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Samarqand viloyati hokimligi (T. Joʻrayev), (A. Ergashev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
4. |
Xorazm viloyatining Xiva tumanida yiliga 2 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish boʻyicha Vyetnam Sotsialistik Respublikasibilan naslchilik-seleksiya qoʻshma korxona tashkil qilish. |
500 mln soʻm, |
2018-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Xorazm viloyati hokimligi (I. Sabirov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
5. |
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidayiliga 3 mln. dona baliq chavoqlarini yetishtirish boʻyicha Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan naslchilik-seleksiya qoʻshma korxona tashkil qilish. |
500 mln soʻm, |
2019-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov) |
|
6. |
Rossiya Federatsiyasidan xorijiy investorlar ishtirokida Xoʻjakent suv ombori (Boʻstonliq tumani) misolida baliqning sovuq suvlarda yashaydigan turlarini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil qilish. |
10 mlrd soʻm, |
2019-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), (A. Ergashev), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
7. |
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida sovuq suvda yashaydigan qimmatbaho baliq turlarini (osetr, forel, losos va boshqalar) ota-ona toʻdasini yaratish. |
5 mlrd soʻm, |
2019-yil
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi(B. Umarov), TIV (B. Asadov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
8. |
Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarining togʻli tumanlarida baliqning sovuq suvlarda yashaydigan turlari (forel, osetr, losos va boshqalar)ni intensiv tarzda yiliga 100 tonnadan yetishtirish boʻyicha tajriba loyihalarini yaratish. |
10 mlrd soʻm, |
2020-yil
|
Andijon (Sh. Abduraxmonov), Jizzax (E. Saliyev), Qashqadaryo (Z. Ruziyev), Namangan (X. Bozarov), Samarqand (T. Djurayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Fargʻona viloyatlari(Sh. Ganiyev), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
9. |
Davlat-xususiy sherikchilik shartlarida gidroelektrostansiyalarda va energetik obyektlarda tashlama iliq suvlarda yil boʻyi baliqning iliq suvlarda yashaydigan turlari (karp, som, tilyapiya, qora amur va boshqalar)ni intensiv yetishtirish boʻyicha tajriba loyihalarini yaratish. |
10 mlrd soʻm, |
2019-yil
|
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), “Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻzbekgidroenergo”AJ (A. Sanginov), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
10. |
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti negizida baliqning yangi mahsuldor turlarini (som, tilyapiya, qora amur va boshqalar) iqlimlashtirish. Keyinchalik baliq xoʻjaliklari tashkilotlariga tatbiq qilgan holda ona baliqlar yetishtirish va baliqning nasldor sermahsul turlarini yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish. |
900 mln soʻm, byudjet mablagʻlari |
2019 — 2023 yillarda
|
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
11. |
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti negizida foydalanilayotgan texnologiyalarni baliqning osetr turlarini mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirish quvvatlarini yaratish. |
800 mln soʻm, |
2019-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
12 |
Tabiiy suv havzalarini unumdorligini oshirish uchun ularda baliqlantirishtexnologiyalari va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Moliya vazirligi(A. Xaydarov) |
|
II. Baliq mahsulotlarini(konserva, ikra, baliq uni, delikateslar va boshqalar)ishlab chiqarishni kengaytirish | ||||
|
13. |
Har bir hududiy “Baliqsanoat” MCHJda xalqaro talablarga muvofiq tayyor baliq mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish boʻyicha bittadan ishlab chiqarish kompleksini tashkil qilish. |
14 mlrd soʻm, kredit mablagʻlari |
2019-yil |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
14. |
Birinchi navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, keyinchalik qoʻshni mamlakatlarga eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish (konserva, ikra, baliq uni va boshqalar) boʻyicha zamonaviy komplekslar tashkil qilish. |
10 mlrd soʻm, |
2018-2019 yillar davomida
|
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimligi |
|
15. |
Import boʻyicha keltiriladigan baliq xomashyosidan baliq konservasini ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish komplekslarini tashkil qilish. |
loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari |
2018-2019 yillar davomida
|
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), |
|
16. |
Shisha idishlarda baliq konservalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil 1-avgustgacha buyruq |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
III. Akvamadaniyatni rivojlantirish, yer hamda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish | ||||
|
17. |
Er va suv havzalaridan maqsadga nomuvofiq foydalanayotgan tabiiy va sunʼiy suv havzalarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi choralarnikoʻrish: ularni tovar baliqlar va baliq chavoqlarini yetishtirishga jalb qilish; baliqchilik xoʻjaliklari sunʼiy va tabiiy suv havzalarining unumdorligini kadastr jihatdan baholagan holda yagona reyestr yaratish. |
oʻz mablagʻlari |
2018-yil |
Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi |
|
18. |
Sugʻorish tizimlarida (kanallarda) baliq yetishtirishda, shu jumladan, qafas (sadok) usulida xorij tajribasini oʻrganish (Turkiya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqalar). Oʻrganish natijalariga koʻra sugʻorish tizimlarida vaelektr energiyasini ishlab chiqarishda kichik gidroenergetika qurilmasini qoʻllab, akvamadaniyatni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot tayyorlash va kiritish. |
oʻz mablagʻlari |
2019-yil 1-sentabrgacha
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), TIV (B. Asadov) |
|
19. |
Baliqni sunʼiy va tabiiy suv havzalarida hamda naslchilik-seleksiya korxonasida yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarini qoʻllagan holda intensiv usulda yetishtirish boʻyicha baliqchilik xoʻjaligi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
20. |
Baliqlarni sholi ekilgan maydonlarda yetishtirishda baliq chavoqlariva oqsil moddasi yuqori ozuqalarni xarid qilishda fermer xoʻjaliklarining sarf xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), “Oʻzdonmahsulot” AJ (S. Xaydarov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
21. |
Baliqchilik xoʻjaliklariga baliq chavoqlarini sotib olishda va tabiiy suv havzalarini baliqlantirishdanaslchilik-seleksiya korxonalariga subsidiyalar berish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil 1-avgustgacha
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
22. |
Sugʻorish tizimlarida (kanallarda) baliq yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil buyruq |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xoʻjaligi vazirligi (A. Xaydarov), DSQ (B. Musayev), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
23. |
Sugʻorish tizimlarida (kanallarda) baliq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklarini ularni yagona soliq toʻlovi va yagona yer soligʻidan ozod qilib, boʻshaydigan mablagʻlarni suv xoʻjaliklari tashkilotlariga sugʻorish tizimlarining foydalanish taʼminotiga yoʻnaltirgan holda ragʻbatlantirish. |
- |
2018-yil 1-avgustgacha
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Moliya vazirligi (V. Pak), DSQ (B. Musayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
24. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 1992-yil 10-dekabrdagi Dengiz huquqi toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini ishlab chiqish va uning yakunlariga koʻra aniq takliflar boʻyicha tahliliy maʼlumot kiritish. |
oʻz mablagʻlari |
2018-yil 20-iyulgacha tahliliy maʼlumot |
TIV (B. Asadov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
25. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xoʻjaliklari vazirliklari va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish masalalari boʻyicha xalqaro va xorijiy muassasalar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkazda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotida baliqchilik va akvamadaniyatni rivojlantirish komissiyasiga kirish. |
oʻz mablagʻlari |
2018-yil
|
Suv xoʻjaligi vazirligi (A. Ergashev), TIV (B. Asadov) |
|
IV. Baliqchilik tarmogʻidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish | ||||
|
26. |
Baliqchilik tarmogʻida xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil Vazirlar Mahkamasi qarori |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), vazirlik va idoralar |
|
27. |
Yangi yuqori mahsuldor karp ona baliqlar va baliqlar oziqlanadigan oʻsimliklarni yetishtirish maqsadida havza baliqlarini naslchilik-seleksiya usullari genofondini saqlash va yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish. |
1,5 mlrd soʻm, |
2019 — 2023 yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
28. |
Tropik turdagi baliqlarni (som baliqlari, tilyapiya va boshqalar) gormonal inyeksiyalarni qoʻllagan holda oʻstirish va boqish orqali sunʼiy koʻpaytirish biologiyasi oʻziga xosliklarini oʻrganish, shu jumladan qatʼiy kontinental sharoitlarda ularning oʻsib borish, koʻpayishi, shuningdek, oʻrganish natijalarini mazkur faoliyatga joriy etish. |
800 mln soʻm, |
2019 — 2023 yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
29. |
Koʻllar, tabiiy suv havzalari, intensiv tizimlarda (yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida,qafaslarda (sadok) basseynlarda) suvningharorati, yetishtirish zichligi, boqish va baliqlarga oid boshqariladigan boshqa omillarga bogʻliq holda baliqlarning har xil turlarining koʻrsatkichlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. |
- |
2018-yil 1-sentabrgacha |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
30. |
Yuqori mahsuldor baliq turlarini yetishtirishning intensiv usullarini (qafaslar (sadok), yopiq suv aylanma tizimi qurilmalari, basseynlar) daromad keltirishi va texnologiyalarning barqarorligini asoslagan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish orqali joriy etish. |
- |
2019-yil |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
31. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holdabaliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samaradorligini oshirish, jumladan: Institutning tashkiliy-shtat tuzilmasini optimallashtirish, ilmiy innovatsion tadqiqotlar natijalarini joriy etish va tijoratlashtirish; Institut xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish, uni baliqchilik tarmogʻidai malakali yosh mutaxassislar bilan toʻldirish; mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirgan holda baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini oʻrganish va joriy qilish masalalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan har tomonlama hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, qimmatbaho baliqlarning turlarini koʻpaytirishda naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish. |
- |
2018-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
32. |
Quyidagilar boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borish: tabiiy suv havzalarida baliqlantiriladigan baliqlarning oʻsishi va reproduktiv imkoniyatlarining absolyut va nisbiy koʻrsatkichlari; intensiv shartlarda baliqlarni boqish va ratsionini hisoblash hamda yuqori ozuqalarni ishlab chiqarish uchun metodik ilmiy asoslarni ishlab chiqish; bozordagi mavjud ingrediyentlardan baliq ozuqalari retsepturasini ishlab chiqish. |
- |
2018-yil |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
33. |
Toshkent davlat agrar universiteti talabalarining amaliy oʻqitish va davlat xususiy sherikchilik shartlarida malakali kadrlarni tayyorlash uchun sovuq suvda yashaydigan qimmatbaho baliq turlarining baliq chavoqlarini yetishtirish va yiliga 200 tonna tovar baliqlarini (forel, osetr, losos va boshqalar) yetishtirish oʻquv-tajriba markazini tashkil qilish. |
3 mlrd soʻm, xalqaro grantlar, homiylik mablagʻlari, kredit mablagʻlari |
2019-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Minvuz (I. Madjidov), Toshkent davlat agrar universiteti (B. Sulaymonov), “Ipoteka bank” ATIB |
|
34. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida baliqchilik xoʻjaliklariga ixtiopatalogik xizmatkoʻrsatish uchun ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va malakali kadrlar bilan toʻldirgan holda hududiy laboratoriyalar tashkil etish. Hududiy laboratoriyalar tarmogʻini boshqa viloyatlarda kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish. |
8 mlrd soʻm, |
2019-yil |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi (B. Umarov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), tijorat banklari |
|
35. |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining (“Baliqsanoat” MCHJ) hududiy boʻlinmalarida: baliqchilik xoʻjaliklari xodimlarini “usta-baliqchi” ixtisosligi boʻyicha tayyorlov va malaka oshirish kurslarini; zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda inkubatsiya sexlari va baliq yetishtiruvchi joylar faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish. |
oʻz mablagʻlari |
2018-yil |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimiyati |
|
36. |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi huzurida baliqchilik madaniyatini rivojlantirishning dolzarb masalalarini qamrab oluvchi, jumladan: baliqchilikda milliy va xorijiy ilmiy va amaliy innovatsion yutuqlarni; yangidan boshlovchi va faoliyat yuritib kelayotgan baliqchilar uchun baliq yetishtirish texnologiyalarini toʻgʻri tashkil etish uchun bilim orttirish va tushuntirishga oid materiallarni; mamlakat ichida va tashqarisida sodir boʻlayotgan baliqchilik sohasidagi muhim voqealarni; mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-amaliy va boshqa tadbirlar toʻgʻrisidagi anonslarni; Oʻzbekiston Respublikasida baliqchilik sohasini rivojlantirishning statistik maʼlumotlar va tahliliy sharhlarni yoritib boruvchi “Baliqchilik” jurnalini taʼsis etish. |
oʻz mablagʻlari |
2018-yil 1-maygacha |
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev) |
|
V. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish | ||||
|
37. |
Toshkent davlat agrar universiteti huzurida “Baliqchilik” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash hamda pedagogik kadrlar malakasini oshirish markazi tashkil etish. |
610 mln soʻm, byudjet mablagʻlari |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
38. |
Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining “Baliqchilik” yoʻnalishi boʻyicha talabalari 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab tizimli ravishda (bir yildan kam boʻlmagan holda) baliqchilik xoʻjaliklari komplekslari va tashkilotlari, jumladan, “Baliq ishlab chiqaruvchi” EIZda bevosita amaliyot oʻtaydilar. |
- |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
39. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish: 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida “Baliqchilik” yoʻnalishlarida bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul kvotasini kamida ikki barobarga oshirish; Toshkent davlat agrar universitetida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab “Baliqchilik” yoʻnalishi boʻyicha 6 nafardan iboratmagistratura kursini tashkil etish. |
- |
2018-yil
|
Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), Minvuz (I. Madjidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
40. |
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari xodimlari, oʻqituvchi-professorlar tarkibi hamda baliqchilik xoʻjaliklari va korxonalari rahbarlarining stajirovka oʻtashi, tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish, talabalarni Astraxan davlat texnika universitetida (Baliqchilik xoʻjaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish instituti)da oʻquv amaliyotlarini oʻtkazish. |
125 mln soʻm, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
2018yil davomida
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi” (A. Ergashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
41. |
Astraxan davlat texnika universiteti (Baliqchilik xoʻjaligi, biologiya va tabiatdan foydalanish instituti) filialini tashkil etish masalasini ishlab chiqish. |
byudjet mablagʻlari |
2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), TIV (B. Asadov) |
|
VI. Baliqchilik tarmogʻida eksport salohiyatini oshirish | ||||
|
42. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Fargʻona, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida baliq mahsulotlarini sanoat ishlab chiqarish, qadoqlash va saqlash boʻyicha klasterlar tashkil etish hamda shunday amaliyotga ega xorij mamlakatlarining tajribasini oʻrganish va chuqur tahlil qilish. Tashkil etilgan klasterlarda keyinchalik tayyor baliq mahsulotlarini sotish uchun eksport qilishga moʻljallangan logistika markazlarini tashkil etish. |
loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, |
2018-2019 yillarda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Tashqi savdo vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov) |
|
43. |
Xorijiy investorlarni yuqori oqsilli baliq ozuqalarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni (ekstrudisiya qilingan, boshlangʻich, mahsulot koʻrinishidagi) birgalikda amalga oshirishga jalb qilish. |
loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, |
2018-yil |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Xolmurodov), Tashqi savdo vazirligi (I. Abduraxmonov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
44. |
Qoʻshni davlatlarga tirik tovar baliqlarini sotish eksportining soddalashtirishgan tartibi boʻyicha nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2018-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), DBQ (J. Aripov), Davlat veterinariya qoʻmitasi (B. Norkobilov) |
|
VII. Baliqchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini koʻpaytirish, baliq isteʼmol qilish madaniyatini, shuningdek, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining baliqchilik sohasini boshqarish va muvofiqlashtirishdagi rolini yanada oshirish | ||||
|
45. |
“Oʻzdonmahsulot” AJ korxonalari tomonidan faoliyat olib borayotgan kombikorm zavodlarini modernizatsiyalash hisobiga aralash ozuqalarni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va kombikorm ishlab chiqarishning yangi liniyalarini tashkil etish. |
loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, |
2018-yil |
“Oʻzdonmahsulot” AK (S. Xaydarov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), “Ipoteka bank” ATIB (O. Musayev) |
|
46. |
Yuqori oqsilli granulalangan ozuqalar ishlab chiqarishni, jumladan, davlat-xususiy sherikchilik asosida yetakchi xorij ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish orqali rivojlantirish. Baliq chavoqlarini samarali yetishtirishni va dastlabki bosqichlarda ulardagi yoʻqotishlarni qisqartirishni taʼminlash uchun tirik ozuqalar (dafniya, artemiya va boshqalar) ishlab chiqarishning mahalliy innovatsion texnologiyalarini yoʻlga qoʻyish. |
loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, |
2018-yil
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov), “Oʻzdonmahsulot” AK (S. Xaydarov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), SSP (A. Ikramov) |
|
47. |
Omuxta yemishlab chiqarishni oshirish va baliqchilik xoʻjaliklari talablarini qondirish maqsadida respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va komponentlarni sotib olish uchun tijorat banklarigaimtiyozli kreditlar berish boʻyicha tavsiyalar yoʻllash. |
loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar, |
|
Markaziy bank tijorat banklari, “Oʻzdonmahsulot” AK (S. Xaydarov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev) |
|
48. |
2018-2019-yillarda Nukus, Toshkent shaharlari va barcha viloyatlar markazlaridaaholiga tovar baliqlari, konservalangan baliq mahsulotlari va yarimfabrikatlar sotishboʻyicha qoʻshimcha infratuzilmali zamonaviy savdo komplekslari tashkil qilish hamda mazkur komplekslarda ovqatlanish punktlarini tashkillashtirish. |
mahalliy budjet mablagʻlari, loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari |
2018-yil
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov) |
|
49. |
2018-yilda aholi oʻrtasida baliq mahsulotlarida inson organizmi uchun zarur boʻlgan katta miqdordagi foydali xususiyatlar mavjudligi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan, uylarda, videoroliklar, bosma mahsulotlari, reklamalar tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishni tashkillashtirish. |
oʻz mablagʻlari |
2018-yil
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), MTRK (A. Xodjayev), OʻzA (A. Kuchimov), QoraqalpogʻistonRespublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
50. |
Haftada bir marotaba,qoida tariqasida davlat organlari tashkilotlari oshxonalarida asosan baliqdan iborat salatlar va ovqatlar tayyorlashni tashkil etish. |
- |
doimiy |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
51. |
Baliqchilik tarmogʻini boshqarishda,uning tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashish va muvofiqlashtirish, shu jumladan, uyushmaning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish yoʻli bilan “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi rolini yanada oshirish. Baliqchilik xoʻjaliklarining “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga kirishda, jumladan, innovatsiyalarni tatbiq etish, davlat-xususiy sherikchilik hamkorligini rivojlantirish, samarali xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, investitsiyalar jalb qilish orqali manfaatdorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
- |
2018-yil
|
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
VIII. Baliqchilik xoʻjaliklarining moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish | ||||
|
52. |
Baliqchilik xoʻjaliklari uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning idoraviy korxonalari negizida yillik quvvati 400 dona (qayiq va katerlar), 200 dona (qamish oʻroq mashinasi), 200 dona (vaqtincha yashash uchun maxsus vagonlar)baliqchilik tarmogʻi ishchilariga qayiqlar va katerlar, vaqtincha yashash uchun maxsus vagonlar ishlab chiqarish komplekslarini tashkil etish. |
oʻz mablagʻlari |
2019-yil |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Ramatov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (A. Ergashev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
53. |
Quyuq kislorodni saqlash va tashishda ishlatiladigan zamonaviy xavfsiz idishlarni (ogʻirligi 1 tonnagacha boʻlgan 200 dona yiliga) qoʻshimcha uskunalar bilan birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish. |
oʻz �ablagʻlari |
2019-yil |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Ramatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
54. |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning idoraviy korxonalari negizida zamonaviy qafas (sadok) qurilmalari va ularga xizmat qiluvchi qoʻshimcha jihozlar ishlab chiqarishni tashkil qilish. |
oʻz mablagʻlari |
2019-yil |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (A. Ramatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
55. |
“Oʻzeltexsanoat” AJning idoraviy korxonalari negizida yillik hajmi 1000 dona boʻlgan qoʻshimcha energiya tejash uskunasi bilan turli koʻrinishdagi zamonaviy aeratorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish. |
oʻz mablagʻlari |
2019-yil |
“Oʻzeltexsanoat” AJ (A. Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
56. |
“Oʻzeltexsanoat” AJning idoraviy korxonalari negizida ozuqalarni yetkazib berish boʻyicha yillik hajmi 300 dona boʻlgan qafas (sadok) qurilmalari va kislorod uzatishda avtomatlashtirilgan zamonaviy masofadan boshqarish uskunasi ishlab chiqarishni tashkil qilish. |
oʻz mablagʻlari |
2019-yil |
“Oʻzeltexsanoat” (A. Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
57. |
“Oʻzavtosanoat” AJning idoraviy korxonalari negizida uzoq masofalarga tirik baliqni tashish uchun izotermik konteynerli tirik baliq tashuvchi zamonaviy transport ishlab chiqarishni tashkil etish (10 dona — 10 tonnalik MAN avtomobili, 20 dona — 5 tonnalik ISUZU avtomobilinegizida izotermik konteynerlarga ega tirik baliq tashuvchi transportlar). |
oʻz mablagʻlari |
2019-yil |
“Oʻzavtosanoat” (U. Salimov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
58. |
Baliqchilik xoʻjaliklariga ish va xizmatlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida mobil zemsnaryad yordamida sunʼiy suv havzalarini meliorativ mexanizatsiyalashgan tarzda tozalash va chuqurlashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi korxona tashkil qilish. |
oʻz mablagʻlari |
2018-yil
Vazirlar Mahkamasi qarori |
Suv xoʻjaligi vazirligi |