05.04.2018 yildagi PQ-3654-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

Favqulodda va Muxtor Elchi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakiliga, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakiliga, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Birinchi darajali maslahatchi

Bosh konsulga, maslahatchi vakilga, chet el muassasasi maslahatchisiga, xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil o‘rinbosariga, xalqaro tashkilot rahbari o‘rinbosari / maslahatchisiga (kvota asosida), chet el muassasasining maxsus attashesiga, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning rahbarlar tarkibiga.

Ikkinchi darajali maslahatchi

Mustaqil bo‘lim rahbariga, Vazirlik tarkibiy bo‘linmasining rahbariga, tarkibiy bo‘linma bo‘limi boshlig‘iga, chet el muassasasining maxsus attashesiga, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy bo‘linmalarning rahbarlar tarkibiga.

Birinchi darajali birinchi kotib

O‘zbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasi birinchi kotibiga, konsuliga, bo‘linmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar
va hududiy bo‘limlarning rahbarlar tarkibiga.

Ikkinchi darajali birinchi kotib

O‘zbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining birinchi kotibiga, konsuliga, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning rahbarlar tarkibiga.

Birinchi darajali ikkinchi kotib

O‘zbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining ikkinchi kotibga, vitse-konsuliga, Vazirlikning ikkinchi kotibiga, Tahlil va prognozlashtirish markazining bosh ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

O‘zbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining uchinchi kotibiga, konsullik agentiga, Vazirlikning uchinchi kotiblariga, Tahlil va prognozlashtirish markazining bosh ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga

Uchinchi kotib

O‘zbekiston Respublikasining chet el muassasasi uchinchi kotibiga, vitse-konsuliga, konsullik agentiga, Vazirlikning uchinchi kotibiga, Tahlil va prognozlashtirish markazining yetakchi ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Attashe

chet el muassasasi attashesiga, Vazirlik attashesi hamda quyi tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi