1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.03.00 Monopoliyaga qarshi siyosat (shuningdek, 09.02.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2024 yil 3 avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar roʻyxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga oʻtishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsin, narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) oʻrnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 2-ilovada keltirilgan tovarlarga (xizmatlarga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (koʻrsatiladigan xizmatlarga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (keyingi oʻrinlarda subyekt deb ataladi) tomonidan sotiladigan, ular boʻyicha ushbu subyektning ustun mavqeyi eʼtirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlar aniqlanishi tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi) (keyingi oʻrinlarda tovar deb ataladi) xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovarning monopol yuqori narxi, agar ushbu narx:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asossiz xarajatlarning oʻrnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qoʻshimcha foyda olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan tovarning narxi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovar narxi birja savdolari yakunlari boʻyicha shakllangan boʻlsa, bunday narx monopol yuqori narx deb eʼtirof etilmaydi. Bunda, ushbu Nizom normalari birja savdolarida narxlar boshlangʻich narx sifatida qoʻllanilishiga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subyektlarning ular boʻyicha mavqeyi ustun deb eʼtirof etilgan tovarlariga monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash uchun maʼlumotlarni olish va tahlil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar har chorakda chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlariga qoʻllaniladigan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) subyektlar tovarlariga narxlarning oʻzgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda subyektlar tomonidan taqdim etilgan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlarga qoʻllaniladigan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika organlari maʼlumotlarini (maʼlumotnomalar, byulletenlar va boshqalarni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari maʼlumotlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari materiallarini (oʻrganishlar natijasida tekshirish boʻyicha dalolatnomalar va maʼlumotnomalar, berilgan koʻrsatmalar va boshqalarni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar maʼlumotlarini tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Subyektlar tovarlariga narxlar oʻzgarishi holati aniqlanganda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan monopol yuqori va monopol past narxlar qoʻllanilganligi holati toʻgʻrisida murojaatlar tushgan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uch kun muddatda davlat organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning ishlab chiqarilishi, sotilishi, importi va eksporti hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq narx oʻzgarishi belgilarini aniqlash, shuningdek, tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bogʻliq zarur xarajatlar va foydani aniqlash uchun zarur boʻlgan hisob-kitob va tasdiqlovchi hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorining oʻziga xosligidan kelib chiqib boshqa hujjatlarni olish uchun yozma soʻrovlar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organ talabiga koʻra zarur hujjatlar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda unga bepul taqdim etishlari shart. Maʼlumotlar soʻrov olingandan keyin 15 kun mobaynida monopoliyaga qarshi organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Monopoliyaga qarshi organ maʼlumot olingandan keyin bir oy mobaynida olingan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi va ular natijasi boʻyicha tovarga monopol yuqori narxlar belgilanganligi belgilari aniqlanadi, bu:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xuddi shu turdagi boshqa tovar narxidan, shu jumladan, bozorning boshqa subyektlarining uning oʻrnini bosuvchi tovarlardan ancha yuqori boʻlgan miqdorda narx belgilanganligi aniqlanishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga belgilangan narx iqtisodiy va texnologik omillar bilan tushuntirib boʻlmaydigan 10 foizdan ziyodga oshirilishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorida qiyoslanadigan narxlarning tegishli oʻsish surʼatlari bilan taqqoslash boʻyicha tovar narxining 10 foizga asossiz oshirilishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning fizik tavsiflarini (tovarning ogʻirligi yoki birligi soni, sifatini oʻzgartirish) sezilarli pasaytirish yoʻli bilan tovarga narxlarni oshirish yoki saqlab qolishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar narxi asossiz oʻzgartirilishidan dalolat beruvchi boshqa xatti-harakatlarda ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni nazarda tutmaydigan tovarga narx qoʻllash, agar u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatning cheklanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatchilarning bozordan siqib chiqarilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan boshqa oqibatlarga olib kelsa, monopol past narxni oʻrnatish belgisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Subyekt tovariga narx oʻzgarishi belgilarini va ushbu oʻzgarishlarga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar tannarxi, ishlab chiqarish xarajatlari va davr sarflari oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning tovarni sotishdan olgan daromadi yoki koʻrgan zarari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt va bozorning boshqa ishtirokchilari tovariga narxlarning oʻzgarishi dinamikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt va bozorning boshqa ishtirokchilari ishlab chiqarish, tovar realizatsiyasi va bozordagi ulushi hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ular boʻyicha subyektning ustun mavqeyi eʼtirof etilgan tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bogʻliq zarur xarajatlar va foydani aniqlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar birligini ishlab chiqarishga xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya, moddiy resurslar sarfining qoʻllaniladigan normalaridan va ularning yillik normalaridan kelib chiqib tasdiqlovchi hujjatlarda (shartnomalar, schyot-fakturalarda) va moddiy resurslarning fizik hajmida nazarda tutilgan narxlardan kelib chiqib aniqlanadigan tannarxga kiradigan moddiy sarf-xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, shu jumladan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan mehnat sharoiti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haq va ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning hisob siyosatida nazarda tutilgan usulni qoʻllagan holda aniqlanadigan amortizatsiya xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilgan mablagʻlarga xizmat koʻrsatish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning tovarini ishlab chiqarish va sotishga bevosita tegishli boʻlgan boshqa xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishini taʼminlovchi foyda darajasi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Foyda ular boʻyicha subyektning ustun mavqeyi eʼtirof etilgan tovarni ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromad bilan tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan asoslangan sarf-xarajatlar, shuningdek, amalda toʻlangan soliqlar oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Subyektni rivojlantirish uchun talab etiladigan zarur foyda miqdori ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarning xususiyatlarini, tovar bozorining oʻziga xosligini va subyektning faoliyat koʻrsatishi shart-sharoitlarini aks ettirishi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi aktivlarni yaratishga, mavjud aktivlarni kengaytirish, yangilash, rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga investitsiyalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklar darajasini (ishlab chiqarish yoki isteʼmolning mavsumiy xususiyati, iqlim omillariga yuqori bogʻliqlik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni hisobga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovar birligiga subyektning zarur xarajatlari va foydasini baholashda zarurat boʻlganda oʻxshash xarajatlar va bozorning boshqa qatnashchilari foydasining qiyosiy tahlili usuli qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tahlil qilishda tovar bozorida davlat tomonidan tartibga solishning mavjudligi, shuningdek, tegishli bozorda biror-bir tovarni ishlab chiqarish, sotish yoki xarid qilishga davlatning mutlaq huquqi mavjudligi eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tovarga monopol yuqori narxni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tovarga monopol yuqori narxni aniqlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarga oldin belgilangan narxni oshirish yoʻli bilan, agar bunda jamlangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan xarajatlar oʻzgarishsiz qolishi yoki ularning oʻzgarishi tovarning narxi oʻzgarishiga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotuvchilar yoki xaridorlar tarkibi oʻzgarishsiz qolishi yoxud tovarlarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi oʻzgarishi sezilarli emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari oʻzgarishsiz qolishi yoki ularning oʻzgarishi tovarning narxi darajasi oʻzgarishiga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga talab va (yoki) taklif oʻzgarishsiz qolishi yoki ularning oʻzgarishi tovarning narxi oʻzgarishiga mutanosib emasligi shartlari bajarilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarning oldin belgilangan narxini saqlab qolish yoki pasaytirmaslik yoʻli bilan, agar bunda jamlangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan xarajatlar jiddiy ravishda pasayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi tovarning narxini kamaytirish tomonga oʻzgartirish imkoniyatini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari tovarning narxi kamayish tomonga oʻzgarishi imkoniyatini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar boʻyicha talab va (yoki) taklifning oʻzgarishi tovar narxining kamayish tomonga oʻzgarishini belgilaydigan shartlar bajarilsa, subyekt tomonidan bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan xarajatlar va foydaning tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllangan narxdan oshadigan summasi belgilanishi holati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tovarga monopol past narxni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tovarga monopol past narxni aniqlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarga oldin belgilangan narxni pasaytirish yoʻli bilan, agar bunda jamlangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan xarajatlar oʻzgarishsiz qolishi yoki ularning oʻzgarishi tovarning narxi oʻzgarishiga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotuvchilar yoki xaridorlar tarkibi oʻzgarishsiz qolishi yoxud tovarlarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi oʻzgarishi sezilarli emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari oʻzgarishsiz qolishi yoki ularning oʻzgarishi tovarning narxi oʻzgarishiga mutanosib emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga talab va (yoki) taklif oʻzgarishsiz qolishi yoki ularning oʻzgarishi tovarning narxi oʻzgarishiga mutanosib emasligi shartlari bajarilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarning oldin belgilangan narxini saqlab turish yoki pasaytirmaslik yoʻli bilan, agar bunda jamlangan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan xarajatlar jiddiy ravishda oʻsganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi tovarning narxini koʻpaytirish tomonga oʻzgartirish imkoniyatini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari tovarning narxi koʻpayish tomonga oʻzgarishi imkoniyatini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar boʻyicha talab va (yoki) taklifning oʻzgarishi tovar narxining koʻpayishi tomonga oʻzgarishini belgilaydigan shartlar bajarilsa, subyekt tomonidan bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʻlgan xarajatlar va foydani qoplamaydigan qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllanadigan narxdan past belgilanishi holati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllangan narxdan past boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxning tovarni sotuvchi tomonidan belgilanishi tegishli tovar bozorida tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari bilan shaxslarning bir guruhiga kirmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar sonining qisqarishi munosabati bilan raqobatning cheklanishiga olib kelmasa yoki olib kelishi mumkin boʻlmagan taqdirda tovarning monopol past narxi eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Monopol yuqori va monopol past narxni qoʻllash aniqlanganda chora-tadbirlar koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Amalga oshirilgan tahlil yakunlari boʻyicha monopol yuqori yoki monopol past narx qoʻllanilishi belgilari aniqlanganda monopoliyaga qarshi organ oʻrganish yakunlangandan keyin uch kun mobaynida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Nizomga muvofiq raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan subyektga nisbatan qoʻzgʻatiladigan ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha koʻrsatma berish yoki huquqni buzish mavjud emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Monopol yuqori yoki monopol past narx aniqlanganda bunday narx qoʻllanilishi bilan yetkazilgan ziyon (boy berilgan foyda) xoʻjalik yurituvchi subyektlar — raqobatchilar yoki isteʼmolchilar (kontragentlar) tomonidan sud tartibida undirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Monopoliyaga qarshi organga maʼlumotlar taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi, ishonchsiz yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilishi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida sotiladigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida sotiladigan mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarni belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi 866-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi 229-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/229/2786-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy muhim dori vositalari va tibbiy buyumlar (maxsus tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turmushda isteʼmol qilinadigan siqilgan gaz va “Oʻztransgaz” AJ va/yoki uning hududiy boʻlinmalari orqali sotiladigan tabiiy gaz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholiga hamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha budjet tashkilotlari va avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaxobchalariga sotiladigan avtomobil benzini (Ai-80 va Ai-91 markalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha budjet tashkilotlariga, davlat buyurtmasi boʻyicha paxta xomashyosi va don yetishtiradigan fermer xoʻjaliklari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJga, maishiy chiqindilarni toʻplash va tashish boʻyicha davlat korxonalariga sotiladigan, shuningdek, boshqa isteʼmolchilarga chakana narxda sotiladigan dizel yonilgʻisi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi 229-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/229/2786-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Etil spirti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Don (xarid narxlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mineral oʻgʻitlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha aholiga, budjet tashkilotlariga va “Oʻzbekenergo” AJ korxonalariga, shu jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmalari orqali sotiladigan koʻmir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida maxsus himoya darajasiga ega boʻlgan qogʻozdan tayyorlanadigan mahsulotlar (qimmatli qogʻozlar, pasport, harakatlanish hujjati va shu kabilar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shahar yoʻlovchi tashish transportida yoʻlovchilarni tashish xizmatlari (yoʻnalishli va liniyali taksilardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Televizion, radio eshittirish dasturlarini uzatish, yoʻldosh aloqa orqali tele va radio dasturlarni qayta uzatish xizmatlari, radioaloqa xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu roʻyxatga quyidagi mezonlarga javob beradigan tovarlar (xizmatlar) kiritilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (xizmatlarning) isteʼmolchilar oʻrtasida xaridorgirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) aniq tashkilotlarga yuklangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida tovarlarni ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi oʻrnatilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (xizmatlar)ning narxi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga tegishli umumtaʼlim fanlari boʻyicha darslik va oʻquv-metodik majmualarni nashr etish xizmatlari (Xalq taʼlimi vazirligining maxsus tasdiqlanadigan roʻyxati boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat unitar korxonasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar.
(22 va 23-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 996-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/996/2288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlar, monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) hamda ularning qoʻllanilishi ustidan davlat nazorati tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Ushbu Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga narxlarni (tariflarni) shakllantirishda va deklaratsiya qilishda (belgilash, tasdiqlashda) qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga solish organi va oʻz vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan, monopolist korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi oʻrinlarda tovarlarga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni tartibga solish organi tomonidan narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi oʻrinlarda narxlarni (tariflarni) tasdiqlash deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga solish organi bilan kelishish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan tovarlarga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Xoʻjalik yurituvchi subyekt (shu jumladan, monopolist korxona, tabiiy monopoliya subyekti) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan, belgilangan) narxlarni (tariflarni) mustaqil pasaytirish huquqiga egadir. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopol past narxlar belgilash maqsadida narxlarni (tariflarni) pasayitirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni (tariflarni) pasaytirish bir vaqtning oʻzida barcha isteʼmolchilar uchun amalga oshiriladi, keynichalik narxlarni tartibga solish organi xabardor qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“II. Tovarlar narxlarini (tariflarini) davlat tomonidan tartibga solish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga solish organida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan tovarga tabiiy monopoliya subyekti tomonidan, shuningdek, narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga monopolist korxona tomonidan uning tegishli Davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan u sotilgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tovarlarga narxlar (tariflar), ustamalar, cheklangan rentabellik oshganda va tegishli koeffitsiyent oʻzgarganda taʼminlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. tovarlarni eksport qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (shu jumladan, monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari) ular boʻyicha hisob-kitoblarni shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha amalga oshiradilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IV. Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan monopol korxonalarning va tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash tartibi)”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-banddagi “tabiiy monopoliyalar subyektlari bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V. Narxlarni tartibga solish organi va oʻz vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash tartibi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“32. Narxlarni tartibga solish organi va oʻz vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni shakllantirish va belgilash tartibi ushbu Nizomning III va IV boʻlimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlari (tariflari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar narxlar (tariflar)ni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjat chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar unda boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlar (tariflar), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent oʻzgarganda narxlarni tartibga soluvchi organda tasdiqlashi (kelishib olishi) shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Tabiiy monopoliya subyekti, monopolist korxona tomonidan deklaratsiya qilinmasdan (tasdiqlanmasdan) narxlar (tariflar) qoʻllanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab davr uchun tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanmasdan qoʻllanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlangan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan koʻrsatib oʻtilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlarni tartibga solish organi tomonidan tasdiqlanmasdan (kelishilmasdan) narxlarni (tariflarni) qoʻllash holatlari aniqlanganda, agar ularni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan boʻlsa, asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan narxlarni tartibga solish organida tasdiqlash (kelishish) sanasida amal qilgan narx (tarif) bilan koʻrsatib oʻtilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“43. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritilgan shaxslar guruhi ushbu narxlar (tariflar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini amalga oshiradilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yil “__”________dagi ___-son buyrugʻiga asosan 20__ yil “__” _______dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida Reyestrga kiritilgan tovarlar (xizmatlar) turlari va nomi:
Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz 30 kun mobaynida koʻrsatib oʻtilgan ustun mavqeni egallab turgan tovar (xizmat)ga narxlar (tariflar)ni ________________________________________________________________________________________________da
(narxlarni boshqarish organi nomi)
deklaratsiya qilishingiz (yoki ilgari tasdiqlangan deklaratsiyani qayta rasmiylashtirishingiz), shuningdek ularning keyingi har bir oshishini deklaratsiya qilishingiz zarur*.
Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz yilning har choragida chorakning birinchi oyi 10-kunigacha ______________________________________________________________________________ga yuqorida koʻrsatilgan
Ushbu bildirishnoma oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda Sizga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.
__________________________ (rahbar)
___________________________ (imzoning yoyilmasi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu bildirishnoma narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinmaydigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga yuborilganda ushbu xatboshi chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu bildirishnoma narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga yuborilganda ushbu xatboshi chiqarib tashlanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son, 10.12.2018-y., 09/18/996/2288-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/229/2786-son; 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)