29.03.2018 yildagi PQ-3635-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.10.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qashqadaryo viloyatida davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining bir oy muddatda Qashqadaryo viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini, shuningdek, xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida davlat ulushi boʻlgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlarni budjet hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi soliq boʻyicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda — ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan, ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Qashqadaryo viloyati hokimligiga topshirish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi.
(3-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qashqadaryo viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda KSZ direksiyasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi KSZda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 25 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalarini tijorat banklari orqali ikki oy muddatda belgilangan tartibda ochilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyalari mablagʻlari import uskunalari va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar soʻndirish jadvaliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditni uzish kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qashqadaryo viloyati kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qashqadaryo viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Qashqadaryo viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo”AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Qashqadaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Qashqadaryo viloyati KSZlarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qashqadaryo viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, Qashqadaryo viloyati KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha ikki oy muddatda aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati KSZlari hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Qashqadaryo viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 15-iyul va 2019-yil 15-yanvarga qadar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi R.A. Gulyamov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Roʻziyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3635-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PK-3635-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkil etilayotgan KSZning nomi

Obyektning nomi

Hududi (ga)**

Bino-nnshootlar maydoni (kv.m)**

1.

Qarshi tumani KSZ

Qarshi tumani “Agroservis MTP” MCHJning bino va inshootlari (sobiq taʼmirlash ustaxonasi)*

1,9

2 449,5

2.

Qarshi shahar KSZ

Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi “Savdo bazasi” bino va inshootlari

0,9

4 059,5

3.

Qamashi tumani KSZ

“Qamashi paxta tozalash” AJnnng qurilishi tugallanmagan ip-yigiruv fabrikasi binosi*

2.6

2 200.0

4.

Kitob tumani KSZ

Kitob tumani “Agroservis MTP” MCHJga karashli bino va inshootlarning bir qismi*

3,0

645,1

5.

Muborak tumani KSZ

“Muborak tuman savdo” MCHJ omborxona bino va inshootlari

1,5

2 983,7

“Muborak ishchi taʼminot” MCHJning maʼmuriy va omborxona binolari*

2,3

2 369,3

6.

Chiroqchi tumani KSZ

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJning “Ayritom don qabul qilish” maskani bino va inshootlari*

7.0

6 134,0

“Chiroqchi paxta tozalash” AJga karashli hududning bir qismi*

3,0

Chiroqchi tumani hokimligi tasarrufidagi ishlab chiqarish maydoni (sobiq “Chiroqchi konserva” MCHJning hududi)

5.0

7.

Shahrisabz shahar KSZ

Shahrisabz shahar hokimligi balansidagi “Guliston” MMTP bino va inshootlari

2,6

447,0

Jami:

29,8

21 288,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bino-inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya. kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3635-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Chora-tadbirlar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdor/Quvvat

Xarajatlar miqdori*

(mln. soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Qarshi tumani KSZ

400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

dona

1

140,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=159 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qayta taʼmirlash

km

1,5

356,2

“Oʻztransgaz” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=50 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻi va zadvijkalarni qayta taʼmirlash

km

1,0

30,0

Qashqadaryo viloyati “Suvoqava” DUK mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qarshi tuman KSZ kirish yoʻllarini taʼmirlash

km

0,3

14,5

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

JAMI:

540,7

Qarshi shahar KSZ

400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

dona

1

140,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=114 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qayta taʼmirlash

km

1,0

85,0

“Oʻztransgaz” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=50 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻi va zadvijkalarni qayta taʼmirlash

km

1,6

50,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qarshi tuman KSZ kirish yoʻllarini taʼmirlash

km

0,3

14,5

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

JAMI:

289,5

Qamashi tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,5

2

265,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyat i hokimligi

Artizan qudugʻini qurish

dona

4

1000,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qamashi tumani Fazogir koʻchasi “Qamashi-Chirqungan” avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash

km

0,4

56,0

Avgomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

JAMI:

1 321,0

Kitob tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,6

1

170,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Artizan qudugʻini qurish

dona

1

300,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Kitob tuman KSZ kirish yoʻllarini taʼmirlash

km

1,5

12,0

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

JAMI:

482,0

Muborak tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,6

4

500,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=50 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

m

475,0

50,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Muborak tuman KSZ kirish yoʻllarini taʼmirlash

km

0,6

48,0

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=114 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,8

70,0

“Oʻztransgaz”AJ oʻz mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

JAMI:

668,0

Chiroqchi tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

5,0

1

370,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Artizan qudugʻini qurish

dona

1

300,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=114 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qayta taʼmirlash (“Chiroqchi paxta tozalash” AJga qarashli hududning bir qismida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida)

km

2,4

576,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=50 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻi va zadvijkalarni qayta taʼmirlash (“Chiroqchi paxta tozalash” AJga karashli hududning bir qismida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida)

km

1,0

350,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Chiroqchi tuman KSZ kirish yoʻllarini taʼmirlash

km

0,6

600,0

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,5

1

170,0

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=114 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmogʻini qayta taʼmirlash (sobiq “Chiroqchi konserva” MCHJning hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida)

km

7,0

980,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

d=50 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻi va zadvijkalarni qayta taʼmirlash (sobiq “Chiroqchi konserva” MCHJning hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida)

km

1,0

350,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Chiroqchi tuman KSZ kirish yoʻllarini taʼmirlash

km

3,0

600,0

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

JAMI:

4 296,0

Shahrisabz shahar KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish

km

dona

0,3

1

160,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Artizan qudugʻini qurish

dona

1

300,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Shahrisabz tuman KSZ kirish yoʻllarini taʼmirlash

km

2,0

15,5

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

JAMI:

475,5

HAMMASI

8 072,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3635/0976-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)