29.03.2018 yildagi PQ-3636-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Surxondaryo viloyatida davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining bir oy muddatda Surxondaryo viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini, shuningdek, xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida davlat ulushi boʻlgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlarni budjet hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi soliq boʻyicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda — ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan, ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimligiga topshirish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli qarori bilan tashkil etilgan Surxondaryo viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surxondaryo viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda KSZ direksiyasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi KSZda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalarini tijorat banklari orqali ikki oy muddatda belgilangan tartibda ochilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit liniyalari mablagʻlari import uskunalar va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar soʻndirish jadvaliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditini uzish kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Surxondaryo viloyati kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Surxondaryo viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Surxondaryo viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo”AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Surxondaryo viloyati KSZlarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Surxondaryo viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, Surxondaryo viloyati KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ikki oy muddatda ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati KSZlari hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Surxondaryo viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018-yil 15-iyul va 2019-yil 15-yanvarga qadar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi R.A. Gulyamov va Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3636-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3636-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkil etilayotgan KSZning nomi

Obyektning nomi

Hududi (ga)**

Bino-inshootlar maydoni (kv.m)**

1.

Oltinsoy tumani KSZ

“Shoʻrchi paxta tozalash” AJning bino va inshootlari*

12,1

23 758,41

2.

Angor tumani KSZ

“Angor paxta tozalash” AJning bino va inshootlari*

18,5

18418,0

3.

Muzrabot tumani KSZ

“Muzrabot tumani yoʻllardan foydalanish korxonasi” UKga karashli bino va inshootlarning bir qismi

1,5

756,5

4.

Denov tumani KSZ

Denov tumani hokimligi balansidagi “Surxonoziqovqatsanoati” AJning tozalash inshooti binolari

1,1

2 015,0

5.

Akademik M. Mirzayev nomli bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi bino va inshootlarining bir qismi

0,5

1 500,0

6.

Jarqoʻrgʻon tumani

KSZ

“Termiz neft bazasi” MCHJ Jarqoʻrgʻon filiali hududining bir qismi*

2,9

405,0

7.

Sariosiyo tumani KSZ

“Termiz neft bazasi” MCHJ Denov filiali bino va inshootlarining bir qismi*

3,2

1 541,7

8.

Termiz tumani KSZ

Termiz tumani hokimligi balansidagi xoʻjalik va ishlab chiqarish bino va inshootlari (sobiq “Uchqizil moddiy texnika taʼminoti bazasi” MCHJ)

2,0

5 100,0

9.

Termiz shahar KSZ

Termiz shahar hokimligi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “Oʻzmaxsustrans” DUK)

1,4

610,6

10.

Uzun tumani KSZ

“Uzun paxta tozalash” AJning bino va inshootlari*

11,9

14 769,4

Jami:

55,1

68 874,61

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bino-inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3636-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Chora-tadbirlar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdor/

Quvvat

Xarajatlar miqdori*

(mln. soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Oltinsoy tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish, 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish va mavjud K-42 transformatorini kapital taʼmirlash

km

dona

dona

1,0

1

1

290,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,06

11,1

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

301,1

Angor tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish

km

dona

4,0

1

440,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

440,0

Muzrabot tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish

km

dona

8,0

1

910,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

1,5

120,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

1 030,0

Denov tumani KSʼ3

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish, 250 kVA quvvatli transformatorni rekonstruksiya qilish va 250 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish

km

dona

0,3

2

264,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

Elektr tarmogʻining 6 kV kuchlanishli kabel liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli SHK transformatorni oʻrnatish

km

dona

0,15

1

137,0

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

401,0

Jarqoʻrgʻon tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish

km

dona

3,0

1

360,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

360,0

Sariosiyo tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 400 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish

km

dona

0,8

1

410,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

1,2

100,0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

510,0

Termiz tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish

km

dona

1,5

1

240,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

240,0

Termiz shahar KSZ

Elektr tarmogʻining 6 kV kuchlanishli kabel liniyasini qurish, 250 kVA, 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish va mavjud K-42 transformatorini kapital taʼmirlash

km

dona

dona

dona

0,2

1

1

1

370,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

d=200 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmogʻini qurish

km

0,1

30,2

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

400,2

Uzun tumani KSZ

Elektr tarmogʻining 10 kV kuchlanishli havo liniyasini qurish va 250 kVA quvvatli transformatorni oʻrnatish

km

dona

2,5

1

300,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Uzun tumani-Bobur qishlogʻi” avtomobil yoʻlining 4H-1584 qismidan KSZga kirish yoʻlini taʼmirlash

km

0,2

15,0

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

JAMI:

315,0

HAMMASI:

3 997,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3636/0975-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)