29.03.2018 yildagi PQ-3630-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturining 2018-yil uchun moʻljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish prefernsiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturi amalga oshirish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini taʼminlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha belgilangan parametrlar ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlashning borishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini tayyorlash, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar — buyurtmachilarning takliflari asosida tasdiqlangan dasturning tegishli parametrlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, bajariladigan ish turlari va hajmlari hamda moliyalashtirish manbalariga kelishilgan holda aniqlik kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti Respublika komissiyasining Ishchi organi etib belgilansin hamda unga kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini ishlab chiqish, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi (Ramatov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqib, oʻn kun muddatda mahalliy hokimliklar va tegishli vazirlik (idora)lar tomonidan ishlab chiqilgan hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli roʻyxatlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish dasturi parametrlarini shakllantirishda “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun zaruriy markazlashgan kapital qoʻyilmalar limiti koʻzda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha obyektlari, yoʻl-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlarini jalb qilish uchun loyihaning moliyaviy-iqtisodiy hisobotini (loyihaoldi hujjatini) oʻn besh kun muddatda tayyorlab, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy hisobotlari (loyihaoldi hujjatlari) asosida “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari va grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimliklari bir oy muddatda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan har bir tuman (shahar) va qishloq boʻyicha maxsus shtablarni shakllantirib, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻysin, shuningdek, har bir obyekt kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va monitoring natijalarini har oy yakuni bilan Respublika komissiyasiga taqdim etib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlari bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK, tarkibida qurilish materiallari va jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud boʻlgan xoʻjalik birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini yetkazib berish uchun joylarda savdo shoxobchalari — korxonalarning firma doʻkonlari va filiallarini kompleks tarzda tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning natijalariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud uy-joylar, bino-inshootlar, infratuzilma obyektlari, yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini oʻrgansinlar hamda shu asosda ularda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshootlar va qurilmalarning buzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tuman hokimliklarining yer zaxira fondlariga olinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi “Obod qishloq” dasturi doirasida tuman markazidan qishloqlargacha boʻlgan yoʻllarni, qishloqlarning markaziy koʻchalarini va asfalt bilan qoplangan yoʻllarni taʼmirlash, qishloqlarning asfalt qoplamasiz ichki yoʻllarini qum-shagʻal qorishma yotqizish va piyodalar yoʻlaklariga beton qoplama yotqizishni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari asosida amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud koʻp xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, podyezd, zina maydonlari, tom, yertoʻla, trotuar, bolalar maydonchalari) taʼmirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish boʻyicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, ishlarni shu asosda amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlarini biriktirib, ular tomonidan koʻp xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini taʼmirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini joylashtirish hamda atrof-hududini obodonlashtirish boʻyicha loyihalar ishlab chiqilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy “Toza hudud” DUKlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yigʻish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yigʻish, olib ketish va utilizatsiya qilish ishlari tashkil qilsin hamda mazkur ishlarni bajaradigan korxonalarni zaruriy transport vositalari, texnika va mashina-mexanizmlar bilan taʼminlash yuzasidan choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xoʻjalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida yangi ish oʻrinlari yaratish va aholining ish bilan bandligi oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, boʻsh turgan bino-inshootlarda ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish va taʼmirlash, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalarini barpo etish hamda ularning tarmoqlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3630-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturining 2018-yil uchun moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

dona

T/r

Hududlar nomi

Tumanlar
soni

MFY va OFYlar soni

Xonadon soni

Aholi soni (ming kishi)


JAMI

174

368

333,740

1,719,978


1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

15

29

24,119

142,607

2.

Andijon viloyati

14

28

18,114

101,533

3.

Buxoro viloyati

11

22

18,020

93,705

4.

Jizzax viloyati

12

24

18,709

121,796

5.

Qashqadaryo viloyati

13

26

43,635

229,973

6.

Navoiy viloyati

9

17

11,796

69,462

7.

Namangan viloyati

11

22

18,551

100,882

8.

Samarqand viloyati

16

32

17,565

104,113

9.

Sirdaryo viloyati

8

16

11,756

62,312

10.

Surxondaryo viloyati

14

28

20,645

117,612

11.

Toshkent viloyati

15

30

20,027

103,719

12.

Fargʻona viloyati

15

30

27,013

131,423

13.

Xorazm viloyati

10

20

17,123

97,603

14.

Toshkent shahri

11

44

66,667

243,238

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mln.soʻm

T/r

Hududlar nomi

Uy-joylarni taʼmirlash va obodonlashtirish

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash

Tozalov inshootlari (oqova suv xandaqlari)

Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash

Gaz taʼminotini yaxshilash

Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash

Ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish (taʼmirlash)

Bozor infratuzilma obyektlari qurish (taʼmirlash)

Aholiga transport xizmat koʻrsatish hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish

soni

taxminiy qiymati

km

taxminiy qiymati

dona

taxminiy qiymati

km

taxminiy qiymati

gaz baloni, dona

tarmoq, km

taxminiy qiymati

km

taxminiy qiymati

dona

taxminiy qiymati

dona

taxminiy qiymati

avtobuslar xarid qilish (dona)

bekatlarni tashkil etish (dona)

taxminiy qiymati


JAMI

127,143

951,825,2

1,535

234,192

17,072

94,017

1,847

121,598

44,868

263

35,519

2,083

548,165

736

695,275

2,756

398,701

571

252

159,581


#####

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

13,394

100,271

111

13,431

955

3,763

204

8,407

4,584

49

1,035

111

22,112

66

35,155

172

27,072

40

23

12,740

2.

Andijon viloyati

9,292

69,562

114

28,936

779

2,849

82

5,723

4,501

8

338

187

51,040

37

15,385

202

25,069

77

19

19,712

3.

Buxoro viloyati

8,564

64,112

100

21,873

438

1,534

95

6,064

1,568

21

1,682

62

9,020

43

33,930

325

38,893

81

17

21,046

4.

Jizzax viloyati

7,709

57,711

124

17,771

472

5,534

260

25,513

1,385

6

3,485

140

58,904

64

43,755

348

22,121

23

18

6,188

5.

Qashqadaryo viloyati

14,059

105,249

199

35,200

93

10,955

202

9,432

2,057

0

1,533

111

21,367

46

50,300

148

5,354

51

21

13,556

6.

Navoiy viloyati

5,408

40,486

101

20,466

48

96

137

2,873

470

60

374

158

50,541

42

58,666

58

37,370

16

15

4,196

7.

Namangan viloyati

9,501

71,127

85

18,086

625

4,520

82

5,744

3,552

0

3,171

107

22,667

46

25,717

397

34,740

83

18

21,748

8.

Samarqand viloyati

9,855

73,777

93

10,028

2,391

5,978

146

6,441

4,500

17

1,497

162

75,689

49

106,976

173

39,250

81

24

21,436

9.

Sirdaryo viloyati

6,523

48,833

85

8,928

8,803

1,084

69

6,649

7,946

9

1,439

187

24,695

33

79,136

144

16,377

27

19

8,612

10.

Surxondaryo viloyati

9,389

70,288

154

20,798

10

4,735

200

18,382

3,732

6

1,256

154

34,595

57

76,352

128

30,031

6

16

5,286

11.

Toshkent viloyati

14,243

106,626

99

11,613

515

4,659

135

11,115

1,874

18

6,125

225

55,664

38

26,105

108

12,860

25

18

8,175

12.

Fargʻona viloyati

10,768

80,615

78

9,841

1,845

6,140

74

5,759

4,440

0

3,881

108

7,076

92

42,003

268

45,271

40

23

10,810

13.

Xorazm viloyati

6,965

52,142

115

15,198

19

29,580

56

5,422

4,259

26

9,541

175

65,135

56

29,766

184

24,894

21

21

6,076

14.

Toshkent shahri

1,473

11,027

80

2,024

78

12,590

108

4,075

0

43

163

196

49,661

67

72,030

101

39,399

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mln.soʻm

T/r

Hududlar nomi

Jami yoʻnaltiriladigan mablagʻlar

Shu jumladan, manbalar kesimida

Mahalliy budjet va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan

Markazlashgan mablagʻlar hisobidan

Xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning kredit va grant mablagʻlari

shundan

Tarmoq korxonalarining mablagʻlari

shundan

“Mahalla” jamgʻarmasi va boshqa jamgʻarma tashkilotlari hisobidan

Bozor infratuzilmasi obyektlari uchun tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, homiylik, hashar va tijorat banklari kredit mablagʻlari

Ichki va xoʻjaliklararo yoʻllarni taʼmirlash

Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish (taʼmirlash)

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash

Oʻzbekenergo mablagʻlari *,
XMI mablagʻlari ** hisobidan

Oʻztransgaz AJ mablagʻlari

JAMI

3,040,785

870,387

549,917

779,424

326,821

302,690

149,093

147,944

123,404

24,184

94,182

598,932

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

122,614

36,508

25,736

36,476

13,639

5,000

17,317

9,437

8,407

1,035

1,885

12,572

2.

Andijon viloyati

204,035

63,503

41,312

58,553

22,197

7,420

28,936

6,061

5,723

338

9,538

25,069

3.

Buxoro viloyati

143,236

30,438

21,466

30,425

2,480

18,220

9,725

6,679

6,064

615

26,834

27,394

4.

Jizzax viloyati

340,358

53,574

37,669

53,390

29,452

15,053

8,885

28,624

25,513

3,112

9,837

157,264

5.

Qashqadaryo viloyati

222,965

63,003

42,293

59,944

23,584

25,344

11,016

13,062

11,473

1,589

0

44,663

6.

Navoiy viloyati

242,327

72,691

45,720

64,801

24,209

31,320

8,973

3,537

2,828

199

0

55,578

7.

Namangan viloyati

127,429

32,384

22,072

31,284

11,334

10,907

9,043

8,915

5,744

3,171

11,055

21,720

8.

Samarqand viloyati

322,051

94,235

65,656

93,057

37,844

50,199

5,014

7,938

6,441

1,497

411

60,754

9.

Sirdaryo viloyati

101,792

32,322

18,402

26,082

9,466

9,926

6,690

8,088

6,649

1,439

2,670

14,228

10.

Surxondaryo viloyati

252,188

62,648

49,617

70,325

34,595

35,730

0

19,297

18,192

1,256

2,361

47,939

11.

Toshkent viloyati

166,196

77,330

24,154

34,234

28,354

0

5,880

14,797

11,115

3,682

0

15,681

12.

Fargʻona viloyati

143,769

45,082

10,870

15,406

2,255

5,349

7,803

7,803

5,759

2,044

0

64,608

13.

Xorazm viloyati

208,597

69,142

48,783

69,142

37,752

16,193

15,198

9,468

5,422

4,046

0

12,062

14.

Toshkent shahri

443,228

137,528

96,168

136,304

49,661

72,030

14,614

4,238

4,075

163

29,591

39,399

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2661-son qarorida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** XMI tomonidan past kuchlanishli tarmoqlar va transformator modernizatsiyasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish preferensiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Metall prokati (tonna)

Sement (tonna)

Shagʻal (m.kub)

Qum karyeri (m.kub)

Eshik (dona)

Deraza va oyna (dona)

Lok-boʻyoq mahsulotlari (tonna)

Gips karton m.kv.)

Gʻisht (ming dona)

Yogʻoch materiallar (m.kub)

Shifer (ming dona)

Temir-beton mahsulotlari (dona)


JAMI

8,461

105,981

888,145

387,454

54,387

89,075

11,054

399,531

79,541

57,249

68,848

654,382


1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

156

2,387

24,676

18,983

1,328

1,808

822

21,719

3,480

1,734

55

2,866

2.

Andijon viloyati

328

2,878

14,056

12,524

1,523

1,809

1,766

10,021

5,271

975

82

2,483

3.

Buxoro viloyati

448

1,852

15,463

6,038

1,229

1,873

28

13,760

3,625

1,140

3,303

1,040

4.

Jizzax viloyati

47

1,044

186,500

16,108

1,440

4,956

28

10,474

1,108

487

124

2,409

5.

Qashqadaryo viloyati

265

8,070

6,825

5,971

2,754

4,234

823

6,786

1,474

288

16,248

6.

Navoiy viloyati

584

41,533

68,918

89,517

31,580

42,924

332

2,176

18,170

11,743

52,020

12,208

7.

Namangan viloyati

172

1,239

19,278

1,499

621

931

63

29,607

3,467

1,125

32

1,110

8.

Samarqand viloyati

218

2,078

68,286

83,049

907

8,834

13

26,403

3,925

1,185

54

3,259

9.

Sirdaryo viloyati

3,008

17,440

321,056

17,480

1,288

1,992

125

5,120

6,288

3,280

111

4,752

10.

Surxondaryo viloyati

1,604

10,761

61,616

83,309

6,931

10,483

267

103,622

21,109

9,695

7,166

581,870

11.

Toshkent viloyati

788

4,964

5,677

7,855

2,090

2,690

197

11,783

232

1,491

46

12.

Fargʻona viloyati

149

904

65,700

7,371

905

1,659

5,489

20,159

1,033

2,065

414

8,435

13.

Xorazm viloyati

643

10,587

28,740

36,820

1,181

1,765

567

18,310

4,131

2,639

2,702

1,664

14.

Toshkent shahri

52

245

1,355

930

610

3,117

534

126,377

916

18,216

2,450

16,039

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan obyektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan taʼminlash maqsadida, asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini roʻyxati ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018-yil 1-maydan boshlab, aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish preferensiyalari asosida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni tashkil etish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman sektori rahbari, shtab boshligʻi

2.

Lavozimiga koʻra

Viloyat hokimligidan biriktirilgan vakil, shtab boshligʻining oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Mahalla fuqarolar yigʻini raisi, shtab boshligʻining oʻrinbosari

4.

Lavozimiga koʻra

Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi (vakili)

5.

Lavozimiga koʻra

Tuman moliya boʻlimi mudiri (vakili)

6.

Lavozimiga koʻra

Tuman davlat soliq inspeksiyasi masʼul xodimi (vakili)

7.

Lavozimiga koʻra

Tuman investitsiya boʻlimi boshligʻi (vakili)

8.

Lavozimiga koʻra

Markaziy bank viloyat boshqarmasi vakili

9.

Lavozimiga koʻra

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili

10.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ittifoqi tuman boʻlimi boshligʻi

11.

Lavozimiga koʻra

Tuman mehnat boʻlimi boshligʻi

12.

Lavozimiga koʻra

Tuman ekologiya boʻlimi boshligʻi (vakili)

13.

Lavozimiga koʻra

Viloyat savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi boshligʻi

14.

Lavozimiga koʻra

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari (vakili)

15.

Lavozimiga koʻra

Tuman gaz korxonasi rahbari (vakili)

16.

Lavozimiga koʻra

Tuman suvoqova korxonasi boshligʻi (vakili)

17.

Lavozimiga koʻra

Tuman yer resurslari va kadastri boʻlimi boshligʻi

18.

Lavozimiga koʻra

Tuman bosh arxitektori

19.

Lavozimiga koʻra

Masʼul loyiha tashkiloti rahbari

20.

Lavozimiga koʻra

Tuman yoʻl qurilish tashkiloti rahbari

21.

Lavozimiga koʻra

Tuman yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi (vakili)

22.

Lavozimiga koʻra

Tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri (vakili)

23.

Lavozimiga koʻra

Viloyat oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi vakili

24.

Lavozimiga koʻra

Tuman dehqon bozori direktori (vakili)

25.

Lavozimiga koʻra

Viloyat madaniyat boshqarmasi vakili

26.

Lavozimiga koʻra

Tijorat banklaring tuman (shahar) filiallari rahbarlari

26.

Lavozimiga koʻra

Dastur asosida biriktirilgan masʼul korxona va tashkilotlar rahbarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisi

2.

T.Xudaybergenov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

D.Kuchkarov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

S.Xolmurodov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

5.

B.Xoʻjayev

Iqtisodiyot vaziri

6.

M.Saliyev

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

7.

A.Axmedxadjayev

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

8.

Sh.Xamrayev

Suv xoʻjaligi vaziri

9.

B.Zakirov

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi

10.

A.Abdullayev

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi

11.

A.Abduvaliyev

Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

12.

B.Qoʻchqorov

Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi

13.

A.Xaydarov

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

S.Bekenov

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

15.

U.Mustafoyev

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

16.

A.Mustafoyev

“Oʻztransgaz” AJ raisi

17.

B.Zaripov

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi

18.

Sh.Javlonov

“Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi

19.

I.Axmedov

“Qishloq qurilish loyiha” MCHJ bosh direktori

20.

J.Mirzamaxmudov

Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri

21.

I.Maxkamov

Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri

22.

M.Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

23.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini jalb qilish huquqiga ega.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3630/0980-son)