31.08.1991 yildagi PF-240-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIGI EʼLON QILINIShI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi eʼlon qilinishi munosabati bilan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm etilgan quyidagi shaxslar jazodan ozod qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) I va II guruh nogironlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) voyaga yetmagan bolalari boʻlgan va homilador ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm etilgan ayollar jazodan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm etilgan voyaga yetmagan oʻgʻil bolalar jazodan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Farmonning 1 va 2-moddalarida aytib oʻtilgan shaxslar surgun va badargʻa kabi qoʻshimcha jazoni oʻtashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Farmonning 1, 2 va 3-moddalari taʼsiriga tushmagan hamda ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun, shuningdek ehtiyotsizlik natijasida sodir qilingan jinoyatlar uchun birinchi marta sudlangan shaxslarga oʻtalmagan jazo muddatining yarmi qisqartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tergovdagi va hali sudda koʻrilmagan quyidagi barcha ishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 1-moddasida sanab oʻtilgan shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 2-moddasida aytib oʻtilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan va qonunda 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo belgilanishi koʻrsatilgan jinoyatlar haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 3-moddasida sanab oʻtilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan va qonunda 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo belgilanishi koʻrsatilgan jinoyatlar haqidagi ishlar harakatdan yotqizilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Farmonning 1, 2, 3 va 5-moddalarida aytib oʻtilgan quyidagi shaxslarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) alohida xavfli davlat jinoyatlari uchun, shuningdek milliy va irqiy teng huquqlilikni buzganlik; davlat sirini oshkor qilganlik; banditizm; axloq tuzatish mehnat koloniyalari faoliyatini izdan chiqaruvchi xatti-harakatlar; kontrabanda; ommaviy tartibsizliklar; qalbaki pul va qimmatbaho qogʻozlarni yasaganlik yoki oʻtkazganlik; valyuta operatsiyalari qoidalarini buzganlik uchun hukm qilinganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alohida xavfli retsidivist deb tanilganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qasddan odam oʻldirganlik; qasddan ogʻir tan jarohati yetkazganlik; militsiya xodimi yoki xalq drujinachisining hayotiga tajovuz qilganlik; aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda nomusga tekkanlik; davlat, kooperativ yoki jamoat mulkiga tamagirlik qilganlik; davlat yoki jamoat mulkini alohida yirik miqdorlarda talon-toroj qilganlik; davlat yoki jamoat mulkini xonaga yoki mulk saqlanadigan joyga kirib oʻgʻirlaganlik; uyga kirib oʻgʻirlik qilganlik; aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda talonchilik; bosqinchilik; aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda tamagirlik (reket); aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda pora olganlik, pora berganlik, pora olish va berishda vositachilik qilganlik; ashaddiy bezorilik, oʻta ashaddiy bezorilik uchun, shuningdek Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksining 209-2, 209-3, 210-1-moddalarida; 213-moddasining 2-qismida va 216-2, 216-3, 216-4, 216-5-moddalarida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jazoga hukm qilinganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun bir necha bor sudlanganlarga hamda Farmon mazkur moddasining “a” va “v” bandlarida koʻrsatilgan jinoyatlar uchun sudlanganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avval afv etish yoki amnistiya tufayli jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir qilganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) alkogolizm, giyohvandlik yoki tanosil kasalligiga qarshi davolash kursini toʻliq oʻtmaganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) jazoni oʻtash davrida rejimni ashaddiy buzuvchilarga nisbatan amnistiya qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmon eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, faqat Oʻzbekiston SSR sudlari tomonidan sudlangan va respublika tergov organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga tadbiq qilinadi va uch oy ichida ijro etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 31-avgust,

PF-240-son