Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻtgan davr mobaynida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasidagi ishlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, mazkur yoʻnalishda davlat organlari va boshqa muassasalar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari belgilandi.
Shu bilan birga, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini hamda ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni tashkil etishda eng maqbul amaliyotlarni qoʻllash mexanizmlarini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi tizimli kamchiliklar mavjud.
Vakolatli organlarning texnik jihatdan tartibga solish, regulatorlik va nazorat qilish vazifalari tizimining eskirganligi tufayli milliy akkreditatsiya tizimi xorijiy bozorlardagi roʻy berayotgan oʻzgarishlarni hisobga olmayapti, bu esa talab yuqori boʻlgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va ularning raqobatbardoshligini taʼminlashga taʼsir qilmoqda.
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish, eksportga yoʻnaltirilgan va raqobatbardosh tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish, mamlakat isteʼmol bozorini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga koʻra akkreditatsiya qilish, shuningdek, muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar va metrologiya xizmatlarining belgilangan shartlar va talablarni bajarishi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish;
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida milliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi vazifalarini bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Markaz muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organdir va u davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Markazning faoliyat sohasi tovarlar va xizmatlarni baholash va sertifikatlashni amalga oshiruvchi barcha davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan tatbiq etiladi;
koʻrsatilayotgan xizmatlardan, Markazning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlarida joylashtirishdan olingan daromadlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Markaz direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Markaz tuzilmasiga, zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
eng ilgʻor amaliyotlarga muvofiq milliy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha vazifalarni sifatli bajarish maqsadida shartnoma asosida mustaqil konsultantlar va ekspertlarni, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda ularga ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash.
Belgilab qoʻyilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilish, ishchi kasblar boʻyicha malaka razryadlarini belgilashda eng kam maʼlumot darajasi qismida, istisno tariqasida, xorijiy oliy taʼlim muassasalarini bitirgan tegishli yoʻnalishdagi mutaxassislarga nisbatan Markazda qoʻllash uchun tavsiya xususiyatiga ega.
6. Markaz 2021-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, dasturiy mahsulot, ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Markaz Ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda Markazni uning faoliyatini samarali tashkil etishni yuqori professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda barcha ilgari berilgan amaldagi akkreditatsiya guvohnomalarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazib, qonun hujjatlariga muvofiq zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turar joyi boʻyicha hisobga olishni hamda vaqtincha propiska qilish va turar joyi boʻyicha hisobga olish uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan unga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
12. Markaz Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 1-uyda joylashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-mart,
PQ-3643-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi PQ-3643-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 07/18/3643/0964-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)