30.03.2018 yildagi PQ-3643-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash sohasidagi ishlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, mazkur yoʻnalishda davlat organlari va boshqa muassasalar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini hamda ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni tashkil etishda eng maqbul amaliyotlarni qoʻllash mexanizmlarini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi tizimli kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlarning texnik jihatdan tartibga solish, regulatorlik va nazorat qilish vazifalari tizimining eskirganligi tufayli milliy akkreditatsiya tizimi xorijiy bozorlardagi roʻy berayotgan oʻzgarishlarni hisobga olmayapti, bu esa talab yuqori boʻlgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va ularning raqobatbardoshligini taʼminlashga taʼsir qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish, eksportga yoʻnaltirilgan va raqobatbardosh tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish, mamlakat isteʼmol bozorini sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga koʻra akkreditatsiya qilish, shuningdek, muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar va metrologiya xizmatlarining belgilangan shartlar va talablarni bajarishini davriy baholashni amalga oshirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasida milliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi vazifalarini bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tuzilmasini va shtatlarini tasdiqlash.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng ilgʻor amaliyotlarga muvofiq milliy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha vazifalarni sifatli bajarish maqsadida shartnoma asosida mustaqil konsultantlar va ekspertlarni, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni ishga qabul qilish hamda ularga ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilish, ishchi kasblar boʻyicha malaka razryadlarini belgilashda eng kam maʼlumot darajasi qismida, istisno tariqasida, xorijiy oliy taʼlim muassasalarini bitirgan tegishli yoʻnalishdagi mutaxassislarga nisbatan Markazda qoʻllash uchun tavsiya xususiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz 2021-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, dasturiy mahsulot, ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazni uning faoliyatini samarali tashkil etishni yuqori professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda barcha ilgari berilgan amaldagi akkreditatsiya guvohnomalarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazib, qonun hujjatlariga muvofiq zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan unga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 1-uyda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3643-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 07/18/3643/0964-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)