Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2431-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son “Tibbiyot va taʼlim muassasalarini moliyalashtirish mexanizmni hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hamda 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-fevral,
4-2018-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 27-fevraldagi 4-2018-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 18-band “toʻlov miqdori” degan soʻzlardan keyin “(oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdori bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 24-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, stipendiya abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berilgan oyning birinchi sanasidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.”.
3. 27-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursning birinchi semestri davomida talabalar safidan chetlashtirilganda ular tomonidan amalga oshirilgan toʻlovning 50 foizi qaytarib berilmaydi.”.
4. 28-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursda talabalar safidan chetlashtirilganda qaytariladigan toʻlov miqdori oʻquv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli oʻquv yiliga tasdiqlangan oʻqitishning oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorining oʻn ikkidan bir qismiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi va kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi.”.
5. 30-bandning ikkinchi xatboshisi “va mazkur davrda oʻrnatilgan tartibda stipendiya toʻlanadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 34-bandning birinchi xatboshisi “Oʻqitishning kontrakt shaklidan” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Har yili oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar boʻyicha kalendar yilga daromadlar va xarajatlar smetasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi hamda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.”.
8. 46-bandda “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” degan soʻzlar “Kasb-hunar taʼlimi markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Har yili oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar boʻyicha kalendar yilga daromadlar va xarajatlar smetasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi hamda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.”.
10. 61-bandda “Nazorat-taftish” degan soʻzlar “Davlat moliyaviy nazorati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 27-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 8-fevral
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 12-fevral
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R. KURBANOV
2018-yil 12-fevral
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2018-yil 13-fevral
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
2018-yil 9-fevral
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
2018-yil 9-fevral
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2018-yil 14-fevral
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2018-yil 15-fevral
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUVALIYEV
2018-yil 16-fevral
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2018-yil 20-fevral
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
2018-yil 19-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/2431-2/0944-son)