22.03.2018 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish, shuningdek, davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda shaffoflikni taʼminlash, xususiy tadbirkorlik uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartibotlarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyatida davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish va ijaraga berish mexanizmini eksperiment tariqasida joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish faqat “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlar shaklida tashkil etiladigan elektron savdolar orqali:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 10-maydan boshlab — xususiylashtiriladigan, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha, koʻchmas mulk davlat obyektlari, shuningdek, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan sotiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 1-iyuldan boshlab — davlat mulki ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini elektron savdolarga qoʻyish bilan bogʻliq barcha turdagi roʻyxatdan oʻtkazish va ruxsat berish tartibotlari ular elektron savdolarga qoʻyilgungacha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda turgan davlat mulki obyektlarini elektron savdoga qoʻyishda ular qayta baholanmaydi hamda elektron savdolarga qoʻyilgan sanada shakllangan narxlar boʻyicha savdoga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron savdolarni oʻtkazganlik uchun savdolar tashkilotchisi xizmatlariga haq toʻlash sotuvchi yoki ijaraga beruvchi tomonidan, tegishli ravishda sotiladigan davlat mulki obyekti qiymatining yoki ijaraga beriladigan davlat mulki uchun yillik ijara toʻlovining 1 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlaridagi davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlari tomonidan koʻchmas mulk obyektlari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida tashkil etiladigan onlayn-auksionlar orqali, shuningdek, ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishni hamda elektron hujjatlardan, elektron xabarlar va shaxsiy maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni taʼminlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchalarida sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun bir oy muddatda, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga hamda Toshkent viloyati hokimligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish tizimini, uning Toshkent viloyatidagi samaradorligini hisobga olgan holda, eksperiment yakunlariga koʻra butun respublika boʻyicha bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan 2018-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov va Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 209-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berish elektron savdolarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

I. Normativ-huquqiy bazani taʼminlash

1.

Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

2018-yil 20-aprel

Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Elektron savdolarni oʻtkazish boʻyicha dasturiy kompleksni joriy etish

2.

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasining dasturiy kompleksi bilan uygʻunlashtirilgan tegishli dasturiy modullarni yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yil 15-aprel

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Koʻchmas mulk davlat obyektlarini va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlari tomonidan davlat mulki boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlarini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotish yuzasidan onlayn-auksionlar oʻtkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish.

2018-yil 10-may

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi

4.

Davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar oʻtkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish.

2018-yil 1-iyun

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi

5.

Koʻchmas mulk davlat obyektlarini va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, Davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar oʻtkazish uchun dasturiy modullarni ularning axborot xavfsizligi talablariga va elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish.

Dasturiy modullarni ishlab chiqish yakunlari boʻyicha bir oy muddatda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

6.

Elektron savdolar oʻtkazish yuzasidan elektron xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK bilan shartnoma tuzish.

2018-yil 15-aprel

Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi

7.

Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan elektron savdolar natijalari asosida hamda ularning samaradorligi tahlilini hisobga olgan holda butun respublika boʻyicha davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi takliflar kiritish.

2018-yil 1-oktabr

Davlat raqobat qoʻmitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Davlat mulki obyektlarini elektron savdolarga qoʻyish

8.

Koʻchmas mulk obyektlarini, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha, shuningdek, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyish.

2018-yil 10-may

Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

9.

Ijaraga beriladigan davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyish.

2018-yil 1-iyul

Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

10.

Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlarda ishtirok etish imkoniyatlarini ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida yoritish.

2018-yil aprel — avgust

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent viloyati hokimligi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 12-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yozma ravishda murojaat qilgan taqdirda, agar qonunda yoki ijara shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz vazifalarini zarur tarzda bajarib kelgan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugagandan keyin, shartlar teng boʻlgan holatlarda ijara shartnomasini yangi muddatga tuzishda boshqa shaxslarga nisbatan ustunlik huquqiga ega boʻladi. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan eng koʻp muddatlar tugagach davlat mulki ijaraga umumiy asoslarda beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 152-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“152. Davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga yagona elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlar yoʻli bilan ham ijaraga berilishi mumkin. Davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan elektron savdolar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)