22.03.2018 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, shuningdek, davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda shaffoflikni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartibotlarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyatida davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish va ijaraga berish mexanizmini eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish faqat “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasida onlayn-auksionlar shaklida tashkil etiladigan elektron savdolar orqali:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 10-maydan boshlab — xususiylashtiriladigan ko‘chmas mulki davlat obyektlari, shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilish sharti bilan sotiladi;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 1-iyuldan boshlab — davlat mulki ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini elektron savdolarga qo‘yish bilan bog‘liq barcha turdagi ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat berish tartibotlari ular elektron savdolarga qo‘yilgungacha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarda turgan davlat mulki obyektlarini elektron savdoga qo‘yishda ular qayta baholanmaydi hamda elektron savdolarga qo‘yilgan sanada shakllangan narxlar bo‘yicha savdoga qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron savdolarni o‘tkazganlik uchun savdolar tashkilotchisi xizmatlariga haq to‘lash sotuvchi yoki ijaraga beruvchi tomonidan, tegishli ravishda sotiladigan davlat mulki obyekti qiymatining yoki ijaraga beriladigan davlat mulki uchun yillik ijara to‘lovining 1 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlaridagi davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlari “E-auksion” elektron savdo platformasida tashkil etiladigan onlayn-auksionlar orqali, shuningdek, ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishni hamda elektron hujjatlardan, elektron xabarlar va shaxsiy ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchalarida sotilishi mumkin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun bir oy muddatda, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga hamda Toshkent viloyati hokimligiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish tizimini, uning Toshkent viloyatidagi samaradorligini hisobga olgan holda, eksperiment yakunlariga ko‘ra butun respublika bo‘yicha bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan 2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov va Toshkent viloyati hokimi G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 209-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berish elektron savdolarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Normativ-huquqiy bazani ta’minlash

1.

Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

2018-yil 20-aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Elektron savdolarni o‘tkazish bo‘yicha dasturiy kompleksni joriy etish

2.

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasining dasturiy kompleksi bilan uyg‘unlashtirilgan tegishli dasturiy modullarni yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yil 15-aprel

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Ko‘chmas mulk davlat obyektlarini va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlari tomonidan davlat mulki bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlarini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish.

2018-yil 10-may

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi

4.

Davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish.

2018-yil 1-iyun

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi

5.

Ko‘chmas mulk davlat obyektlarini va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, Davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun dasturiy modullarni ularning axborot xavfsizligi talablariga va elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish.

Dasturiy modullarni ishlab chiqish yakunlari bo‘yicha bir oy muddatda

Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

6.

Elektron savdolar o‘tkazish yuzasidan elektron xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK bilan shartnoma tuzish.

2018-yil 15-aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi

7.

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan elektron savdolar natijalari asosida hamda ularning samaradorligi tahlilini hisobga olgan holda butun respublika bo‘yicha davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi takliflar kiritish.

2018-yil 1-oktabr

Davlat raqobat qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Davlat mulki obyektlarini elektron savdolarga qo‘yish

8.

Ko‘chmas mulk obyektlarini, shu jumladan “nol” xarid qiymati bo‘yicha, shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yish.

2018-yil 10-may

Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

9.

Ijaraga beriladigan davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yish.

2018-yil 1-iyul

Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

10.

Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlarda ishtirok etish imkoniyatlarini ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida yoritish.

2018-yil aprel — avgust

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent viloyati hokimligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)