16.03.2018 yildagi PQ-3610-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol boʻyicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5368-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Oʻzbekneftgaz” AJning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunyodkor” stadionini barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga (keyingi oʻrinlarda “Bunyodkor” stadioni deb yuritiladi) futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda futbol boʻyicha milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida joylarda ularni tanlab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshiruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga ishga qabul qilinadigan futbol boʻyicha trenerlar nomzodlarini Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan majburiy kelishish tartibini joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Futbol boʻyicha trener va hakamlarni tayyorlash respublika maktabini tugatib, futbol boʻyicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifasini Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatish hamda boʻshagan mablagʻlarni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi rahbarlari vazifasini fuqarolar yigʻinlari raislari oʻrinbosarlari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilar zimmasiga yuklash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolar yigʻinlarining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol va boshqa sport turlarini ommalashtirish, sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, mahallalarda istiqomat qiluvchilar orasidan istiqbolli va iqtidorli bolalar va yoshlarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini tashkil etish masalalarida tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)larining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda futbol maydonlari va boshqa sport inshootlarini obodonlashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalariga koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarorlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari, Toshkent viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlarini moliyalashtirish manbasi etib belgilagan holda, sud tomonidan davlat daromadiga oʻtkazilgan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish maskani negizida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Boʻstonliq tumanida oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini tanqidiy oʻrgansin va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning negizida 14 ta hududiy bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalari va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasini tashkil qilish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga oʻtkazish hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha boshqa davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini hududlarda sport turlarini rivojlantirish zarurati va ustuvorligini inobatga olgan holda, boshqa olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning oʻyin turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qayta ixtisoslashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalariga, shuningdek, qayta ixtisoslashtirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga beriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturini tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlaridagi futbol boʻlimlarini qisqartirish va boʻshayotgan oʻquvchi qabul qilish kvotalarini olimpiya va milliy sport turlariga, shu jumladan sportning oʻyin turlariga yoʻnaltirishni;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasini “Bunyodkor” stadioniga joylashtirishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MCHJ “Bunyodkor” stadionidan foydalanuvchi tashkilot hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MCHJni (keyingi oʻrinlarda — Direksiya), shuningdek, “Bunyodkor” stadionini saqlash va undan foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari “Oʻzbekneftgaz” AJ va Direksiya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ bir oy muddatda “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MCHJning taʼsis hujjatlariga Direksiya Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida faoliyat yuritishini nazarda tutgan holda tegishli oʻzgartishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Moliya vazirligining quyidagi mablagʻlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar respublika Kalendar rejasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining bolalar va oʻsmirlar futbolini rivojlantirish uchun ajratiladigan mablagʻlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar va xayriya qiluvchilarning mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlarni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyatini va unga yuklatilgan vazifalarni moliyalashtirish manbalari etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublari — barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublari — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq futbol boʻyicha sport obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublari tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda soligʻini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublarining faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan homiylik va xayriya yordami shaklidagi mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning oʻn foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha mashgʻulot va yigʻinlarni oʻtkazish vaqtida futbolchilar va boshqa mutaxassislar (trener, hakam, instruktor), shu jumladan xorijiy mutaxassislarning sport oziq-ovqatlari bilan ovqatlanishini, shuningdek, ularni mukofotlash (ragʻbatlantirish)ni tashkil etishga sarflanadigan mablagʻlar jismoniy shaxslarning daromadlari hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga koʻra xorijdan jalb etiladigan mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarining rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga koʻra xorijdan jalb etiladigan mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va muddatining uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga koʻra oʻrnatilgan toʻlovlarni undirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasiga chet el mutaxassislarini jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni, shuningdek, koʻrsatilgan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Bunyodkor” stadionining Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Adliya vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmalarining rahbariyati va maʼmuriy tarkibi (apparati)ning namunaviy tuzilmasini yangilash, shuningdek, ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Israilov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi U.M. Axmatjanov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3610-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirning nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Futbol sohasida isteʼdodli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya) faoliyati samaradorligini oshirish va oʻquv-mashgʻulotlar jarayonini sifatli tashkil qilish

1.

Mahallada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi faoliyat natijasiga koʻra, fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari –yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish

2018-yil

may

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(U. Axmatdjanov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

2.

Har bir hududda futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyalarini, shuningdek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida “Bunyodkor” stadioniga joylashtiriladigan Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasini tashkil qilish

2018-yil

iyul

ijrochilar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Xalq taʼlimi vazirligi

(U. Inoyatov), “Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultanov), Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

3.

Futbol boʻlinmalari boʻlgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga ishga qabul qilinadigan futbol boʻyicha trenerlar nomzodlarini Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan majburiy kelishish tartibini ishlab chiqish va joriy etish

2018-yil

iyul

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

4.

Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda ayollar futboli, plyaj futboli va futzal (mini-futbol) boʻyicha tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish

2018-yil

iyul

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Oʻzbekiston davlat

jismoniy tarbiya va sport universiteti, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

5.

Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda futbol boʻyicha seleksionerlarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish

2018-yil

sentabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

6.

Futbol boʻyicha sport taʼlim muassasalarida oʻquv-mashgʻulot jarayonini tashkil qilishning samaradorligini monitoring qilish tizimini joriy etish

2018-yil

oktabr

ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), Oʻzbekiston

davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

7.

Futbol boʻyicha seleksionerlarni moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish

2018-yil

noyabr

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

8.

Futbol boʻyicha professional futbol klublari va milliy terma jamoalar uchun zaxirani samarali tayyorlashni taʼminlash maqsadida ilmiy-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash

2019-yil

fevral

ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

9.

Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida sport taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida futbol musobaqalarini tizimli tashkil qilish

taqvim rejaga muvofiq

mahalliy budjet,

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

10

Mashhur mahalliy va xorijiy futbolchilar, trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun futbol boʻyicha festivallar va master-klasslar oʻtkazish

taqvim rejaga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov)

11.

Iqtidorli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida umum taʼlim maktablari oʻquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida futbol musobaqalarini tashkil etish

taqvim rejaga muvofiq

mahalliy budjet, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov),
Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

12.

Yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi oʻrtasida tanlab olish (seleksiya)ni amalga oshirish maqsadida “Charm toʻp” turnirlari va boshqa musobaqalarni tizimli asosda oʻtkazish

taqvim rejaga muvofiq

mahalliy budjet, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

13.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish sohasida fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarning ishini samarali tashkil qilish

doimiy

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), Yoshlar ittifoqi
(K. Kuranbayev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), vazirlik
va idoralar

II. Trenerlar, hakamlar va futbol sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

14.

Futbol boʻyicha hududiy texnik direktorlar lavozimlariga xorijiy mutaxassislarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish

2018-yil

iyul

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

15.

Futbol boʻyicha hududiy texnik direktorlar lavozimlarini toʻldirish uchun xorijiy mutaxassislardan nomzodlarni tanlab olishni tashkil etish

har yili

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

16.

Oʻzbekiston Respublikasida futbol boʻyicha trenerlik taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish

2018-yil

mart

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov), Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

17.

Malakali trener kadrlarni tayyorlash maqsadida futbol boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan shaxslar uchun joylarda trenerlik kurslarini oʻtkazish

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

18.

Osiyo futbol konfederatsiyasining “V” va “A” diplomlari dasturi boʻyicha xalqaro trenerlik kurslarini oʻtkazish

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

19.

FIFA va AFC instruktorlarini jalb qilgan holda Osiyo futbol konfederatsiyasining “PRO” dasturi boʻyicha xalqaro trenerlik kurslarini oʻtkazish

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

20.

FIFA va AFC instruktorlarini jalb qilgan holda Osiyo futbol konfederatsiyasining boshqa dasturlari boʻyicha (ayollar futboli, futzal (mini futbol), plyaj futboli, darvozabonlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha trenerlar) xalqaro trenerlik kurslarini oʻtkazish.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari talabnomalariga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

21.

FIFA, UEFA va OFK mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik taʼlimi boʻyicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslarni oʻtkazish

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining
ish rejalari doirasida

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov)

22.

Futbolning turli yoʻnalishlari (futzal (mini futbol) va plyaj futboli) boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun FIFAning ixtisoslashtirilgan seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish

har yili

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

23.

Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish

reja-jadvalga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi

hamda homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov)

24.

Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol boʻyicha faoliyat yuritayotgan trenerlar va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish

reja-jadvalga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi

hamda homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov)

25.

Oʻzbekiston Respublikasida futbol boʻyicha hakamlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish

2018-yil
mart

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

26.

Hakamlarni tayyorlash boʻyicha instruktorlar uchun FIFAning ixtisoslashtirilgan kurslarini tashkil etish va oʻtkazish

har yili

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

27.

Har yili futbolchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol boʻyicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish

reja-jadvalga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi

hamda homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov)

28.

FIFA, UEFA va AFCning trenerlar tayyorlash boʻyicha yetakchi xorijiy markazlarida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillarining stajirovkasini tashkil etish

reja-jadvalga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi

hamda homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov)

III. 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi saralash turnirlarida ishtirok etish uchun futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash

29.

Istiqbolli futbolchilarni jalb qilgan holda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangilangan tarkibini shakllantirish va tasdiqlash

2018-yil

dekabr

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(U. Axmatdjanov)

30.

Futbol boʻyicha milliy terma jamoaning jahondagi yetakchi futbol jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini tizimli asosda tashkil etish

2018 2022-yillar davomida

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

31.

Futbol infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etish

2018 2022-yillar davomida

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

32.

Futbol boʻyicha milliy terma jamoa futbolchilari uchun chet tillarni oʻrganish kurslarini tashkil etish

reja-jadvalga muvofiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov)

IV. Futbolni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish

33.

Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini ishlab chiqish

2018-yil

may

ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(Sh. Israilov),

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

“Bunyodkor” stadionini barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining balansiga oʻtkazishni taʼminlash

2018-yil

may

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

(A. Abdullayev),

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov), Toshkent

shahar hokimligi (R. Usmanov), “Oʻzbekneftgaz” AJ (A. Sultanov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

(A. Ramatov), vazirlik
va idoralar

35.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida futbol boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish

2019-yil

iyun

ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Toshkent viloyat hokimligi (G. Ibragimov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi

(U. Axmatdjanov)

37.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida sunʼiy qoplamali zamonaviy futbol stadioni qurish

2020-yil
may

mahalliy budjet,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(K. Sariyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

38.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida zamonaviy futbol stadioni qurish

2021-yil

mart

mahalliy budjet,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(E. Turdimov), Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

39.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida zamonaviy futbol stadioni qurish

2022-yil

fevral

mahalliy budjet,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Sirdaryo viloyat hokimligi (G. Mirzayev), Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

40.

Futzal (mini-futbol) boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish uchun asbob-uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy sport zallari tarmogʻini qurish

2022-yil

dekabr

mahalliy budjet,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi

hamda homiylar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov)

41.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati ishtirokchilari — professional futbol klublari stadionlarini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilish

2022-yil

dekabr

mahalliy budjet,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

42.

Har bir hududda plyaj futboli bilan shugʻullanish uchun qumli maydonchalarni qurish

2022-yil

dekabr

mahalliy budjet,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston futbol
assotsiatsiyasi (A. Ramatov)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 07/18/3610/0912-son, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)