Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2022 14.03.2018 yildagi 200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2022
Hujjat 16.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq hamda tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq 2018-yil 1-apreldan fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi oʻrniga tegishli shtat birliklarini tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalari tuzilmasiga oʻtkazgan hamda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis (keyingi oʻrinlarda mutaxassis deb ataladi) lavozimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar mutaxassisning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi boʻlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash va tibbiy madaniyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish boʻyicha samarali choralarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 7-razryad qilib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 200-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisining (keyingi oʻrinlarda mutaxassis deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mutaxassis oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mutaxassis oʻz vazifa va funksiyalarini davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, tuman (shahar) hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining tuman (shahar) boʻlimlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda FHDY organlari deb ataladi), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan faol hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mutaxassisning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar mutaxassisning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi boʻlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash va tibbiy madaniyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish boʻyicha samarali choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mutaxassis oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashadi, shu jumladan, ularga qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlarini tushuntiradi, ularni roʻyobga chiqarish yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlar va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qiluvchi ayollarning manzilli roʻyxatini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, oilalar va bolalarga koʻrsatilishi zarur boʻlgan ijtimoiy, tibbiy, huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlaydi, ularning koʻrsatilishini taʼminlash choralarini koʻradi, shu jumladan ushbu toifadagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yuzasidan davlat organlari va muassasalariga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalardagi qizlarning taʼlim olishi, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, zarur tibbiy va psixologik yordam olishi uchun tizimli chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻrlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda profilaktik tushuntirish ishlarini olib boradi, bunday holatlar aniqlanganda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elga ishlash yoki oʻqish uchun ketgan va u erdan qaytib kelgan xotin-qizlarga, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarga ijtimoiy hayotga moslashishlari uchun har tomonlama koʻmak beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini kengashi hamda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda ularni hayotga tatbiq etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish choralarini koʻradi, ularga davlat xizmatlaridan foydalanish, kredit va boshqa resurslarni jalb qilish masalalarida tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar, ayniqsa, taʼlim muassasalari bitiruvchilari, nogironligi boʻlgan shaxslar va kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlarning bandiligini taʼminlashga qaratilgan tashabbuslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi, tadbirkorlik, shu jumladan hunarmandchilik va kasanachilik faoliyatini tashkil etishda xotin-qizlar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga ularning qiziqishlariga mos keladigan kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari haqida, shu jumladan ularga qabul qilish tartibi va sirtqi taʼlim olish shartlari haqida tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan ushbu maqsadda kredit resurslarini ajratishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi kafilligini berish yuzasidan fuqarolar yigʻiniga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, bandlikka koʻmaklashish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va tijorat banklari filiallari bilan hamkorlikda tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar ishtirokida xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkalari, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi boʻlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy tarbiya va huquqiy targʻibot ishlarini tashkil etish choralarini koʻradi, ular oʻrtasida milliy maʼnaviyatimizga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlikka moyilligi boʻlgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borishda ichki ishlar organlari xodimlari va jamoatchilik tuzilmalari vakillari bilan doimiy ravishda hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridagi ozodlikdan mahrum etilgan xotin-qizlar tomonidan sodir etgan jinoyatlarni profilaktika inspektorlari bilan birgalikda tahlil qilib boradi va ularni xotin-qizlar qoʻmitalari hamda fuqarolar yigʻinlari kafilligi asosida afv etish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus oʻquv-tarbiya, ijtimoiy moslashish va reabilitatsiya qilish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishini tashkil etishda ishtirok etadi, ularni turar joy va ish bilan taʼminlash, kasbga yoʻnaltirish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan xotin-qizlarni tibbiy koʻrikdan, shu jumladan tekin va anonim tarzda oʻtkazish, ularni davolash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa majburiy davolash choralari koʻrilishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish kabi holatlarning sabablarini chuqur oʻrganadi, natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashi, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli sabablarga koʻra (vafot etish, ajralish, chet elga oʻqish yoki ishlash maqsadida ketish, mavsumiy yoki boshqa ishlar yuzasidan respublikaning boshqa hududlariga uzoq muddatga ketish va h.k.) yolgʻiz yashayotgan ayollar va bolalarning muammolarini oʻrganadi, ularda oilaviy muhitni toʻgʻri tashkil etish yuzasidan tavsiyalar beradi, vasiylik yoki homiylikka, xususan toʻliq davlat taʼminotiga, farzandlikka, oila tarbiyasiga (patronat) olishni talab etadigan holatlar yuzasidan darhol vasiylik va homiylik organlariga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oilalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash va tibbiy madaniyatini oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila — jamiyatning asosiy boʻgʻini”, “Oila jamiyat va davlat himoyasida” degan konstitutsiyaviy prinsiplarni aholining kundalik hayot tarziga singdirish, oilaviy munosabatlar insonlar oʻrtasidagi eng muqaddas vosita ekanligini targʻib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida fuqarolar yigʻini huzurida tashkil etilgan “Ota-onalar universitetlari” faoliyatiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyaga oid masalalar yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni taʼminlashda “Oila — mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va targʻib etish, ularni jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalarida oʻsmir qizlar va fertil yoshidagi ayollar uchun tashkil etiladigan “ayollar maslahatxonalari” bilan doimiy hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish boʻyicha samarali choralar koʻrish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlari bilan nikohni qayd etish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi, oila qurish yoshiga yetgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan oila va nikoh munosabatlariga masʼuliyat bilan yondashish yuzasidan tushuntirishlar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy, diniy urf-odatlar va marosimlarning ixcham va zamonaviy, keng aholi manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishida fuqarolar yigʻini kengashiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila va nikoh munosabatlarining faqat qonuniy asoslarda yoʻlga qoʻyish boʻyicha tushuntirishlar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarashtiruv komissiyalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi boshqa tuzilmalar bilan birgalikda oilaviy nizolarni erta aniqlash va oldini olish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlari bilan ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyati yuzasidan doimiy hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlari va sudlar tomonidan nikohdan ajrashishga doir masalalar koʻrib chiqilishida oilalarni saqlab qolish yuzasidan choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning oila aʼzolari, shu jumladan ota-onalar va farzandlar bilan munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish boʻyicha psixologik madaniyatini oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sogʻlomlashtirish va nizoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy ishlar olib boradi, oila aʼzolari va qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi oilaviy munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erta nikoh va erta homiladorlik, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh hamda kutilmagan homiladorlik holatlarining oldini olish, tugʻruqlar orasidagi intergenetik intervalni saqlash boʻyicha xotin-qizlar, ota-onalar oʻrtasida tushuntirishlar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mutaxassis oʻz zimmasiga qonun hujjatlari bilan yuklangan boshqa vazifa va funksiyalarni ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis zimmasiga mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifa va funksiyalarni yuklash, shu jumladan uni oʻz vazifalari va funksiyalari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mutaxassisning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mutaxassis oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlaridan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar bilan bogʻliq zarur hujjatlar, statistik va boshqa maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni, shu jumladan FHDY organlari va sudlardan oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududda doimiy istiqomat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida koʻrilayotgan nikohni va nikohdan ajrashishni qayd etish bilan bogʻliq ishlar yuzasidan maʼlumotlar soʻrab olish, qonunga asosan tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan axborotlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini kengashida ishtirok etish, oʻz faoliyatini samarali tashkil etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga berilgan huquqlar va imkoniyatlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan xotin-qizlarni “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoniga taqdim etish uchun nomzod etib koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari bilan munosabatlarda xotin-qizlar manfaatlarini ifoda etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan faol hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritish, ularning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq oʻz malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mutaxassis oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni toʻliq va sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish, vazmin boʻlish, zarur hollarda taktik usullardan foydalangan holda harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida oʻziga maʼlum boʻlgan axborotlarning qatʼiy sir saqlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va majburiyatlarni olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mutaxassisning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mutaxassis lavozimi oilalar soni 2000 gacha boʻlgan fuqarolar yigʻinida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq boʻlgan fuqarolar yigʻinlarida esa 2 tadan joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mutaxassis fuqarolar yigʻini binosida joylashadi, lavozimi boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashining tarkibiga kiradi va fuqarolar yigʻini bilan yaqin hamkorlikda oʻz faoliyatini amalga oshiradi. Bunda, mutaxassisga ish haqi lavozim maoshiga fuqarolar yigʻini maslahatchisi lavozimiga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar miqdori va shartlari (alohida sharoitlar uchun ustama, ragʻbatlantirish koeffitsenti, mukofot va moddiy yordam) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mutaxassis fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tavsiyasiga asosan tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mutaxassis lavozimiga, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlgan, kamida besh yil tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududida doimiy yashayotgan, oilasi, turmush-tarzi, xulq-odobiga koʻra ijobiy tavsiflanadigan xotin-qizlar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar mutaxassis lavozimiga tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mutaxassis faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mutaxassis oʻz faoliyati samaradorligi yuzasidan tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasi oldida hisobdor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mutaxassis faoliyatining samaradorligi har yili oʻtgan yil natijalariga koʻra tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining tuman (shahar) boʻlimi, ichki ishlar va FHDY organlari, bandlikka koʻmaklashish markazlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mutaxassis faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy koʻrsatkichlar dinamikasini tahlil qilish orqali baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan taʼminlanmagan mehnat yoshidagi xotin-qizlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shugʻullanishga jalb etilgan xotin-qizlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrashishlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrashishdan saqlab qolingan oilalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17 (16) yoshga toʻlmasdan turmushga chiqqan, shundan farzandli boʻlgan qizlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar, shuningdek oʻz joniga qasd qilish holatlari soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash jarayonida har bir koʻrsatkich oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar bilan solishtirgan holda, shu jumladan har bir koʻrsatkichning alohida turlari, xotin-qizlarning tegishli yosh kontengenti kesimida tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Baholash natijalariga koʻra mutaxassisga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-martdagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 12-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlaridan “Fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/200/0906-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2022-y., 09/22/10/0006-son)