Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
11-87-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87, 20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Alohida hollarda xavfsizlikni taʼminlash choralari qonun hujjatlariga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
sud binosi — sudyalar, sud apparati xodimlarini doimiy asosda joylashtirish uchun moʻljallangan bino yoki unga biriktirilgan hudud;
sudga tashrif buyuruvchi shaxs — sud binosi yoki uning hududiga vaqtincha (sud majlisi ishtirokchisi sifatida, oʻz ixtiyori yoki xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan) kelgan har qanday jismoniy shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti ular sud protsessida ishtirok etuvchi shaxs boʻlmasalar sud majlisi zaliga kiritilmaydi.
5. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi.
2-bob. Sudlar xavfsizligini taʼminlash
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. Sud binolarini qoʻriqlashga qabul qilish
6. Sudlar xavfsizligini taʼminlash sud binolarini qoʻriqlashdan iborat. Sud binolarini qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-yanvardagi 16-son “Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ichki ishlar organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) sudlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida sud binolarining qoʻriqlanishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlarini qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnoma asosida jalb etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Sud binolarini qoʻriqlashni taʼminlash
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari qoʻriqlash boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy qoʻriqlash boshqarmalari deb yuritiladi) Departament bilan tuzilgan qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosida sud binolarini qoʻriqlash ishini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sud binolarini qoʻriqlash ishini tashkil etish uchun hududiy qoʻriqlash boshqarmalari qoʻriqlashni amalga oshirish uchun shaxsiy tarkib (bundan buyon matnda qoʻriqlash xizmati xodimlari deb yuritiladi) ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan sud binolarini qoʻriqlash kecha-kunduz amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qoʻriqlash xizmati xodimlari qoʻriqlanayotgan sud binosini oʻziga xosligini, signalizatsiya va yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari joylashgan joylarni va ulardan foydalanishni bilishi hamda ularni soz holatda ekanligini muntazam tekshirib, aniqlangan barcha kamchiliklar boʻyicha darhol sud raisiga xabar berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Sud binolarida ichki va kirib-chiqish tartibini taʼminlash
1-§. Sud binosidagi ichki tartib qoidalar
12. Sud binosida ish tartibi:
ish vaqti — soat 09:00 dan 18:00 gacha;
tushlik vaqti — soat 13:00 dan 14:00 gacha;
dam olish kunlari — shanba, yakshanba;
dam olish va bayram kunlari sud xodimlarining ish vaqti hamda masʼul xodimlarning navbatchiligi sud raisi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi hamda buyruq nusxasi nazorat oʻtkazish punktiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 56, 47-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-1, 25.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 10/18/2981-1/1577-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi, mazkur Yoʻriqnomaning 141-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 56, 47-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-1, 25.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 10/18/2981-1/1577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
141. Advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasining protsessual kodekslariga qatʼiy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 20-martdagi 11-24 qq, 26 qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2981-2/2946-son)
15. Sud binosiga oʻqotar qurol, portlovchi, zaharli, radioaktiv hamda boshqa kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar, qoʻllanilishi (foydalanilishi) atrofdagilar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa buyum va vositalarni olib kirish taqiqlanadi, bundan konvoy va feldyeger maxsus pochta xizmati xodimlari hamda sudyaning oʻqotar quroli mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar oʻzlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud maʼmuriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda qoldirib kirishi hamda sud binosidan chiqishida oʻzi bilan olib ketishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 56, 47-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-1, 25.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 10/18/2981-1/1577-son)
17. Sud binosining nazorat oʻtkazish punktida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida xizmat olib borayotgan qoʻriqlash xizmati xodimlari sudga tashrif buyuruvchilar va ularning buyumlarini metallodetektorlardan foydalangan holda tekshirishi mumkin.
18. Moddiy tovar boyliklarini (mebel, kompyuter va h.k.) olib kirish va olib chiqish sudning masʼul xodimi tomonidan imzolangan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Maxsus ruxsatnoma bilan moddiy tovar boyliklarini olib kirish va olib chiqish ruxsatnoma yozib berilgan kunda bir marotaba amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga sudning masʼul xodimlari tomonidan rasmiylashtirib berilgan bir martalik ruxsatnoma asosida kirib chiqishlari mumkin, bundan mazkur Yoʻriqnomaning 20, 21, 24, 25-bandlarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
20. Sud majlisi oʻtkaziladigan vaqtda sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va sud majlisiga chaqirilgan shaxslarning roʻyxati koʻrsatilgan ruxsatnoma (bundan buyon matnda roʻyxat deb yuritiladi) asosida sud binosiga kiritiladi.
Roʻyxat sudya tomonidan tasdiqlanadi va qoʻriqlash xizmati xodimlariga sud majlisi boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
Sud xodimi sud majlisi boshlanishidan oldin, sud majlisiga chaqirtirilgan shaxslarni roʻyxat asosida sud binosiga olib kiradi.
21. Sudga chaqiruv qogʻozi bilan chaqirilgan shaxslar chaqiruv qogʻozi asosida sud binosiga kiritiladi.
22. Sudning chaqiruv qogʻozi boʻlmagan yoki roʻyxatga kiritilmagan shaxslar sud binosiga bir martalik ruxsatnoma asosida kiritiladi.
23. Bir martalik ruxsatnoma, roʻyxat hamda sudga chaqiruv qogʻozi sudga tashrif buyuruvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatilganda haqiqiy hisoblanadi.
Sudga tashrif buyuruvchi shaxs sud binosidan chiqayotgan vaqtda bir martalik ruxsatnomani qabul qilgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlatib, qoʻriqlash xizmati xodimiga topshiradi.
24. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar ochiq sud majlisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kirishlari mumkin.
25. Quyidagi shaxslar sud binosiga nazorat oʻtkazish punkti orqali xizmat guvohnomasini ochiq holda koʻrsatgan holda kirish huquqiga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimlari;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 20-martdagi 11-24 qq, 26 qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2981-2/2946-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining masʼul xodimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining masʼul xodimlari;
(25-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 56, 47-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-1, 25.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 10/18/2981-1/1577-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
vazirliklar va davlat qoʻmitalarining rahbarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va hududiy boʻlimlarning masʼul xodimlari;
sudyalar va sud xodimlari;
feldyeger xizmatining maxsus aloqa xodimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Sud binosiga quyidagi shaxslar kiritilmaydi:
katta hajmli sumka, chemodan, quti, tugun va hayvonlar bilan kirish istagini bildirgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
qoʻl yukini koʻrikdan oʻtkazish yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishdan bosh tortgan shaxslar;
spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalar taʼsirida boʻlgan shaxslar.
4-bob. Sud protsessi xavfsizligini taʼminlash
27. Sud protsessi xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Sud protsessini oʻtkazishda toʻsqinliklar vujudga kelishi ehtimolini tasdiqlovchi asoslar mavjud boʻlganida raislik qiluvchi yoki sud raisi sud majlisi oʻtkazilishiga kamida uch kun qolganda, sud protsessi xavfsizligini taʼminlash uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlariga yozma xabarnoma joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari sudning yozma xabarnomasini olganidan soʻng, xabarnomada koʻrsatilgan muddatlarda sud protsessi xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish uchun xodimlar ajratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Sud protsessi xavfsizligini taʼminlash uchun ichki ishlar organi xodimlari tomonidan quyidagi choralar amalga oshiriladi:
raislik qiluvchi yoki sud raisi bilan kelishuvga binoan sud majlisi xonasi va maslahatxona xavfsizligi taʼminlanadi;
sud majlisidan oldin sud majlisi xonalari va maslahatxonaning ularda egasiz ashyolar, yonuvchi, portlovchi, zaharlovchi va boshqa xavfli buyumlarni aniqlash yuzasidan tekshiriladi;
tashqi koʻrinishi yoki yurish-turishidan shubha tugʻdiruvchi shaxslar tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Sud majlisi vaqtida xavfsizlikni taʼminlash uchun jalb etilgan ichki ishlar organi xodimlari doimiy ravishda sud majlisi zalida boʻladi. Sud majlisi zalini tark etish faqatgina raislik qiluvchining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
32. Ichki ishlar organi xodimlari sud protsessi xavfsizligini taʼminlash maqsadida raislik qiluvchining farmoyishiga asosan sud majlisida tartibni buzgan shaxslarni sud majlisi zalidan chiqarib yuboradi.
33. Sud protsessida xavfsizlikni taʼminlashda ichki ishlar organi xodimlari raislik qiluvchi yoki sud raisining sud majlisi vaqtida va sud binosida tartibni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan farmoyishiga boʻysunishi va sud majlisida jamoat tartibini taʼminlashi shart.
34. Zarur hollarda, ichki ishlar organi xodimlari raislik qiluvchi yoki sud raisining farmoyishiga asosan sud devonxonasidan sud majlisi oʻtkaziladigan joyga yoki sudya xonasiga sud ishlari va ashyoviy dalillar yetkazib berilishida ularning qoʻriqlanishi va saqlanishini taʼminlaydi.
35. Ichki ishlar organi xodimlari sud majlisi yakunida qilingan ishlar, sud raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan kelib tushgan koʻrsatmalar, shuningdek sud zalidagi barcha hodisalar va koʻrilgan choralar haqida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimiga yozma hisobot taqdim etadi. Ichki ishlar organi xodimlarining sud majlisi yakunlanganligi haqidagi yozma hisoboti sud raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Sud protsessi ishtirokchilarini himoya qilish
1-§. Xavfsizlik choralarini qoʻllash asoslari va tartibi
36. Sud protsessi ishtirokchilari, ularning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlarining (bundan buyon matnda qoʻriqlanayotgan shaxslar deb yuritiladi) hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilinishini taʼminlovchi barcha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi yozma topshirigʻi asosida ichki ishlar organlari tomonidan ularning xavfsizligi taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Sudning yozma topshirigʻida qoʻriqlanayotgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilayotgan aniq xavfsizlik choralari va ularni amalga oshirish vaqtlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Bunda ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan qoʻriqlanayotgan shaxslarga doir ishidagi mavjud maʼlumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi zarur.
38. Qoʻriqlanayotgan shaxslarni xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi sudning yozma topshirigʻi tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimiga, nusxasi qoʻriqlanayotgan shaxsga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Ichki ishlar organlari sudning yozma topshirigʻini olishi bilan darhol qoʻriqlanayotgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralarini koʻrishlari shart.
40. Ichki ishlar organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻriqlanayotgan shaxslarni xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qabul qilingan qarorlari qoʻriqlanayotgan shaxslar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi shart.
41. Qoʻriqlanayotgan shaxslarga tahdid solayotgan xavf bartaraf etilganda yoki xavfsizlik choralarini bekor qilish uchun boshqa asoslar vujudga kelganda sud tomonidan ichki ishlar organlariga bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi. Ushbu xabarnoma tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimiga, nusxalari esa qoʻriqlanayotgan shaxslarga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Qoʻllaniladigan xavfsizlik choralari
42. Qoʻriqlanayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish maqsadida quyidagi xavfsizlik choralari qoʻllanilishi mumkin:
qoʻriqlanayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni cheklash — qoʻriqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan ularning shaxsi, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari, yashash joyi va ular haqidagi boshqa maʼlumotlarni berishga vaqtinchalik cheklov qoʻyish;
qonunda belgilangan tartibda yopiq sud majlisini oʻtkazish;
shaxsni, uy-joy va mol-mulkni himoya qilish.
Qoʻriqlanayotgan shaxslarni hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkiga yetkazilishi kutilayotgan zararning xavflilik darajasidan kelib chiqib, boshqa oʻziga xos xavfsizlik choralari qoʻllanilishi mumkin.
43. Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqotar qurol beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
6-bob. Yakuniy qoida
44. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.