Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2001 yildagi 338-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 14.08.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish tajribasini hisobga olgan holda ularni oqilona joylashtirish va texnika bilan jihozlash, oʻtkazilayotgan tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2009-yilgacha boʻlgan davrda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va respublika hududida joylashtirishning aniq dasturi 1-3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda loyihalashtirilayotgan binolarning foydali maydonini maqbullashtirishni va ularni qurish xarajatlarini kamida 15 foizga qisqartirishni nazarda tutuvchi yangidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bazaviy loyihalariga tuzatishlar kiritishni hamda ularni ekspertizadan oʻtkazishni bir oy muddatda tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Rekonstruksiya qilish va toʻliq taʼmirlash negizida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tashkil etishga moʻljallangan qurilishi tugallanmagan obyektlar, alohida binolar hamda obyektlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi 2002-2003-yillar mobaynida moliya va moddiy-texnika resurslarini 5-ilovaga* muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan kasb-hunar-texnika bilim yurtlari va texnikumlarni rekonstruksiya qilishga hamda toʻliq taʼmirlashga jamlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-2003-yilgi davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda tejalgan stipendiyalar hisobiga boʻshaydigan budjet mablagʻlaridan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan kasb-hunar bilim yurtlari va texnikumlar binolarini rekonstruksiya qilish hamda toʻliq taʼmirlashda maqsadli foydalanishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralarning 6-ilovaga* muvofiq kasb-hunar kollejlarini oʻz mablagʻlari hamda jalb etilgan mablagʻlar hisobiga foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqarishni respublika korxonalarida mahalliylashtirish dasturi 7 va 8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6 — 8-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-texnik asbob-anjomlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish topshiriqlarining bajarilishini oʻz vaqtida taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirib borish yuzasidan javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika davlat budjetini shakllantirishda oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar sotib olish uchun zarur mablagʻlarning har yili maqsadli ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini rekonstruksiya qilish va qurish faqat tanlov (tender) asosida, keyinchalik oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilishda tender savdolarini oʻtkazish hamda qatʼiy belgilangan shartnomaviy narxlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishning belgilangan mexanizmiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Foydalanishga topshirilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan jihozlash uchun Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 9-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini respublikada ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan jihozlash uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mufassal chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda obyektlar qurilishi va qayta taʼmirlanishiga oid loyiha va tender hujjatlarining koʻrsatib oʻtilgan aniq Dasturga muvofiq oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va respublika hududida joylashtirishning aniq Dasturi belgilangan muddatlarda toʻliq bajarilishi uchun shaxsan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 23-sentabrdagi 406-son qarori, qarorning 5-bandi birinchi va uchinchi xatboshi, 6-bandi, 7-bandining birinchi xatboshi va 10-bandi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 102-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 20-son, 199-modda)