Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda, № 8, 191-modda; 1993, yil, № 1, 49-modda, № 4, 177-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil № 1, 20-modda, № 6, 240-modda; 1994-yil, № 5, 159-modda, № 11 - 12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda, 1996-yil, № 5- 6, 69-modda):
1) 6-moddaning 1-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“Bolalarga moʻljallangan assortimentdagi tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va oʻyinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar foydaga solinadigan soliqni 10 foizli stavka boʻyicha toʻlaydilar.
Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmida bolalarga moʻljallangan tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va oʻyinchoqlar kamida 20 foizni tashkil etadigan korxonalar foydaga solinadigan soliqni amaldagi stavkadan 30 foiz kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar”;
uchinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 91 va 92 bandlar bilan toʻldirilsin:
“91) “Toshkentuyjoyjamgʻarmabank” bilan shartnoma tuzgan korxonalar, oʻz xodimlari uchun uy-joy sotib olishga ishlatiladigan foyda boʻyicha;
92) “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tizimlarida amal qilayotgan, ustav fondida xorijiy investor ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan korxonalar, agar ular soliqning barcha summasini xalq isteʼmoli tovarlari, birinchi navbatda bolalarga moʻljallangan assortimentdagi tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga va kengaytirishga reinvestitsiya qilsa”;
3) 19-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41 va 42-bandlar bilan toʻldirilsin:
“41) “Toshkentuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq uy-joy qurilishida bajarilgan ishlar hajmi;
42) Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi tovarlari yetishtiruvchilarga yetkazib berilayotgan mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash materiallari”;
4) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “k” bandi bilan toʻldirilsin:
“k) ustav fondida chet el kapitalining ulushi kamida 500 ming AQSh dollari boʻlgan korxonalar mol-mulkiga”.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda, № 8, 191-modda; 1992-yil, № 1, 50-modda, № 4, 168-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda; 1994-yil, № 1, 14-modda, № 10, 254-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda) 3-moddasi 1-bandining “t” bandchasidagi “aksiyalar xarid etishga” degan soʻzlar “aksiyalar, “Toshkentuyjoyjamgʻarmabank”ning egasi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid etishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 13-modda, 1994-yil, № 11- 12, 285-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1995-yil, № 9, 193-modda):
1) 1-modda quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, tashkil etish va ularning faoliyat tartibi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi”;
2) 3-moddada:
1-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat taʼsis shartnomasi va ustav asosida ish yuritadi”;
3) II boʻlim chiqarib tashlansin;
4) 18-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga quyidagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, uning rejalarini va ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash;
jamiyatning ustavini oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish;
ijroiya organi va taftish komissiyasi aʼzolarini saylash, chaqirib olish hamda ularning faoliyat yuritishi tartibini tasdiqlash;
jamiyat, shu jumladan uning filiallari faoliyatining yillik natijalarini, shuningdek taftish komissiyasining hisobotlari va xulosalarini, daromadni (foydani) taqsimlash va zararni qoplash tartibini tasdiqlash;
filiallar va vakolatxonalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlash;
jamiyatni boshqarish organlarining mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
jamiyatning tartib-taomil qoidalarini va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlash, jamiyatning tashkiliy tuzilishini belgilash;
ustav fondini oʻzgartirish;
jamiyatni, uning filiallarini va vakolatxonalarini boshqarish organlari mansabdor shaxslarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini belgilash;
jamiyat faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash, tugatish balansini tasdiqlash;
qatnashchilar tomonidan qoʻshimcha badallar qoʻshish miqdori, shakli va tartibini belgilash;
qatnashchining ulushini jamiyat tomonidan sotib olish toʻgʻrisidagi masalani hal etish;
qatnashchini jamiyatdan chiqarib yuborish.
Jamiyatning ustavida umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, uning rejalarini va rejalarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash, jamiyat ustavini, ustav fondini oʻzgartirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar jamiyat qatnashchilarining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovoz bilan, qolgan masalalar yuzasidan esa oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Qatnashchini jamiyatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish chogʻida bu qatnashchi yoki uning vakili ovoz berishda ishtirok etmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda) 4-moddasining 1-bandi quyidagi mazmundagi “yu” bandchasi bilan toʻldirilsin:
“yu) isteʼmolchilar — oʻzlarining huquqlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan:
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11- 12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5- 6, 69-modda) 16-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond boʻlimlari), qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish boʻyicha davlat tomonidan vakolat berilgan organlar va boshqalar qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari hisoblanadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 130-modda) 28-moddasida:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi navbatda fuqarolarning mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish va mualliflik shartnomalari boʻyicha haq toʻlanishi xususidagi talablari, shuningdek agar tugatilayotgan yuridik shaxs fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun javobgar boʻlsa, ularning talablari tegishli vaqtbay toʻlovlarni kapitallashtirish yoʻli bilan qondiriladi”.
beshinchi qismidan “shuningdek bank kreditlariga doir talablar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Undirib olinayotgan summa birorta navbatdagi talablarni toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, bu talablar har bir undirib oluvchiga tegishli summaga mutanosib tarzda qondiriladi”;
oʻn ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5- 6, 69-modda):
1) 90-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“90-modda. Ov qilish yoki baliq tutish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini muhofaza etish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish yoki baliq tutish, shuningdek ov qilish yoki baliq tutishning boshqa qoidalarini muntazam ravishda buzish —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga, yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi”;
2) 166-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri toʻgʻrisida axborot boʻlmagan tovarlarni realizatsiya qilish, shuningdek realizatsiya qilish maqsadida sotib olish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3)178-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“178-modda. Monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarini va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Monopoliyaga qarshi qaratilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki ularga atayin notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismida “90” raqami “90-moddaning ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “178” raqami esa chiqarib tashlansin;
5) 257-moddaning birinchi qismi “(sanitariya-ekologiya ekspertizasi qismida)” degan soʻzlardan keyin “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 261-moddaning birinchi qismi “89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizik taʼsir koʻrsatish bundan mustasno)” degan soʻzlardan keyin “90-moddaning birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, “162-moddasida” degan soʻzlardan keyin esa “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 265-moddaning birinchi qismi “ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) Kodeks quyidagi mazmundagi 2681 va 2682-moddalar bilan toʻldirilsin.
2681-modda. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 178-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga quyidagilar haqlidirlar:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga.
2682-modda. Arxitektura va qurilish organlari
Arxitektura va qurilish organlariga ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
arxitektura va qurilish hududiy organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda):
birinchi qismining tavsif qismi “oʻq-dorilarni” degan soʻzlardan keyin “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining tavsif qismi “psixotrop moddalarni” degan soʻzlardan keyin “koʻp miqdorlarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatining respublikaga olib kirilayotgan, respublikadan olib chiqilayotgan va tranzit boʻlib oʻtayotgan karantindagi materiallarni tekshirish va koʻzdan kechirish, shuningdek hujjatlar berish bilan bogʻliq xarajatlari yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi”.
X. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxati (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda; 1994-yil, № 4, 109-modda, № 5, 143-modda, № 8 - 9, 244-modda, № 10, 258-modda) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish.
Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda badiiy (konsert) xizmat koʻrsatish.
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, yozib olish, koʻpaytirish va sotish”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
281-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 4-5-songa ilova; 2002-y., 1-son, 11-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)